Eng yaxshi kadrlar maktablarni tark etyaptimi?

Eng yaxshi kadrlar maktablarni tark etyaptimi?

2017-2018 yillarda xalq ta’limiga juda katta e’tibor berish boshlangandi. Ijobiy islohotlar birin-ketin amalga oshirildi. O‘qituvchilar oylik maoshi ham aynan shu davrda oshirildi. Majburiy mehnatga qarshi qattiq kurash olib borildi. Shu sababli erkak o‘qituvchilar ham maktablarga qayta boshladi.

Chunki, ertangi kunga ishonch bor edi. Ko‘pchilik endi o‘qituvchilar maqomi yuqori bo‘lishiga ishonardi. Lekin, sekin-asta yana islohotlar sustlashgandek bo‘ldi. Bilmadim, balki meni o‘zimga shunday tuyilgandir.

Ammo, o‘zim yaqindan tanigan salohiyatli, o‘quvchilarga hozirgi talab darajasida bilim beroladigan kadrlar birin-ketin maktablardan keta boshladi. Ular ortiq maktabda ishlashni istashmayapti. Hatto ayrimlari o‘qituvchilikni tanlab xato qilganligini ham aytdi.

Bu fikrni bir kishi aytganda ishonmasligim mumkin edi. Afsuski, ularning soni juda ko‘p. Demak, biz ta’limga yetarli e’tibor bermay qo‘yibmiz. «Ta’limda hamma narsa bo‘lishi mumkin, u tajriba quyonchasi» degan tushuncha shakllanib qoldi odamlarda. Faqat quruq va’da beradigan bo‘lib qoldik. Aniq rejamiz ham yo‘q. Mana bu yilda mana shunday natijaga erishamiz deb aytolmaymiz xatto.

Juda ko‘p aytilayotgan taklif, va’dalar so‘zlarda qolib ketyapti. Negadir xalq ta’limining kelajagida yorug‘lik ko‘rmayapman. Dengizda maqsadsiz suzib yurgan kemadek, goh u tomonga, goh bu tomonga suzamiz. Go‘yoki borar joyi yo‘qdek tassavur qilyapman ta’limni.

Ishqilib aytayotgan fikrlarim noto‘g‘ri bo‘lib chiqsin. Agar rostdan ham eng yaxshi kadrlar maktablarni tark etishni boshlagan bo‘lsa, bu bizning eng katta yo‘qotishlarimizdan biri bo‘ladi.

❕Agar siz ham yuqoridagi kabi holatlarga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, uni izohlarda yozib qoldiring. Bu umumiy xulosa uchun juda ham zarur…

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Ta’lim sifatini oshirish strategiyasida kadrlar siyosati

Nima uchun maktablarga mustaqillik kerak?

Maktablar uchun jadvalshunos lavozimi kerak shekilli

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: