Endi o‘quvchilar maktabga istalgan kiyimda kelishlari mumkinmi?

Endi o‘quvchilar maktabga istalgan kiyimda kelishlari mumkinmi?

Savol: Yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingach ota-onalar uchun ochilgan telegram guruhida ayrim ota-onalar endi bollarimiz o‘zlari istagan kiyimda maktabga borsa bo‘laveradimi deb savol beryapti. Yo‘q, hozircha qora shim, oq ko‘ylakda kelsin desak hamma ota-onalar hukumat qarori chiqibdiku nega yolg‘on gapiryapsiz deb bizga e’tiroz bildirishyapti. Ota-onalarni talabi to‘g‘rimi?

Javob: Ota-onalarning bu talabi mutlaqo noto‘g‘ri. Yagona maktab formasini joriy etish talabi 2025 yilga qadar uzaytirilgan bo‘lsada o‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab Ustavida belgilangan ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda kiyinib kelishlari shart.

❗️Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»ga ko‘ra o‘quvchilarga ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan formadan tashqari qiyofada, jumladan, o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, ochiq, tor va tanani shaffof ko‘rsatuvchi kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlangan.

Shuningdek o‘quvchilar toza va orasta kiyinishi, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutishlari lozim. Qisqa qilib aytganda barcha o‘quvchilar ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shart.

❕Ushbu qoidalarga rioya qilmagan o‘quvchilarga nisbatan quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi:

👉o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;

👉qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;

👉ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish,  “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish;

👉farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalarning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish;

👉o‘quvchilarning ota-onasiga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Maktab formasi butunlay bekor qilindimi?

Maktab formasiga qattiq amal qiladigan mamlakatlar haqida…

Yagona maktab formasi rasman bekor qilindi


Вопрос: В Telegram-группе, открытой для родителей после официальной отмены требования о введении единой школьной формы, некоторые родители спрашивают, могут ли их дети теперь ходить в школу в той одежде, которую они хотят. Нет, пока что, если мы попросим его прийти в черных штанах и белой рубашке, все родители нам возражают, говоря, что это решение правительства и почему вы лжете. Правомерно ли требование родителей?

Ответ: Это требование родителей совершенно неверно. Хотя требование о введении единой школьной формы продлено до 2025 года, учащиеся должны приходить в учебное заведение с соблюдением внутреннего порядка и правил этикета, установленных в школьном уставе.

❗️Согласно «Правилам внутреннего распорядка и этикета общеобразовательных средних общеобразовательных учреждений», утвержденным приказом Министерства народного просвещения от 28 июля 2022 года, обучающиеся обязаны носить форменную одежду, отличную от указанной в Уставе образовательного учреждения, в том числе, мальчикам не разрешается носить шорты, футболки, тапочки, а девочкам не разрешается носить короткую, открытую, обтягивающую и прозрачную одежду, а также носить различные украшения на шее и пальцах.

Также студенты должны одеваться чисто и опрятно, содержать волосы в чистоте и порядке. Одним словом, все учащиеся должны соблюдать правила внутреннего распорядка и этикета учебных заведений.

❕К учащимся, которые не соблюдают данные правила, применяются следующие санкции:

👉 написать выговор в бумажном или электронном дневнике ученика;

👉 при повторном наблюдении случаев нарушения правила брать обучающегося на внутренний контроль учебного заведения и разбираться с ним в индивидуальном порядке;

👉приглашение родителей (лиц, их заменяющих) в учреждение, обсуждение в рамках общественного совета сотрудничества «Семья-соседство-образовательное учреждение»;

👉 направление информации на рабочие места родителей, безответственно подходящих к воспитанию своих детей или на собрание граждан микрорайона;

👉 применение прикрепленным к учреждению инспектором-психологом соответствующих мер административной ответственности в отношении родителей обучающихся.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Школьную форму полностью отменили?

О странах, строго придерживающихся школьной формы…

Единая школьная форма официально отменена

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: