DTM: Test natijalarini e’lon qilishdagi xatolik tuzatildi

DTM: Test natijalarini e’lon qilishdagi xatolik tuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda test natijalari xato hisoblangan yoki test sinovlarida nohaqlikka yo‘l qo‘yilgan degan mazmundagi postlar va videomurojaatlar e’lon qilinmoqda.

Mazkur holat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘rganib chiqildi. Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, 11-sentabr kuni e’lon qilingan test sinovlari natijalarini e’lon qilishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Xatolik ijtimoiy tarmoqlarda yozilgani kabi test natijalarini hisoblashda emas, ularni e’lon qilishda kuzatilgan.

Test natijalaridagi texnik xatolik Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hamda Qo‘qon shahrida 10-sentabr kuni 1-smenada o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan ayrim abituriyentlarda yuzaga kelgan. Mazkur holat aniqlanishi bilan xatolikni tuzatish ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirda mazkur texnik xatolik tuzatilib, test natijalari xato e’lon qilingan abituriyentlarning natijalari yangilandi.

Mazkur abituriyentlarlar shaxsiy kabinetlari orqali yangilangan test natijalarini qayta ko‘rishlari mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentligi yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun abituriyentlardan va ularning ota-onalaridan uzr so‘raydi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi test sinovlarini shaffof va adolatli o‘tishiga hissa qo‘shayotgan blogerlar va ommaviy axborot vositalariga yana bir bor minnatdorchilik bildiradi.


В социальных сетях были размещены сообщения и видеоролики, в которых утверждалось, что результаты тестов были неверными или что тесты были несправедливыми.

Дело расследовал Государственный испытательный центр. В таком случае сообщаем вам, что произошла техническая ошибка при оглашении результатов тестов, которые были объявлены 11 сентября. Ошибка была не в подсчете результатов теста, о чем сообщили в соцсетях, а в их публикации.

Технические ошибки в результатах тестирования допущены в Навоийской и Кашкадарьинской областях, а также в г. Коканде у некоторых абитуриентов, принимавших участие в тестировании, которое проводилось 10 сентября в 1 смену. Как только эта ситуация была выявлена, были начаты работы по исправлению ошибок.

В настоящее время эта техническая ошибка исправлена, а результаты абитуриентов, результаты тестов которых были признаны неверными, обновлены.

Эти абитуриенты могут просматривать обновленные результаты тестирования через свои личные кабинеты.

Государственный центр тестирования приносит извинения абитуриентам и их родителям за допущенную ошибку.

Государственный центр тестирования еще раз благодарит блогеров и представителей СМИ, которые способствовали тому, чтобы тесты были прозрачными и честными.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: