Bolani insho yozishga qanday o‘rgatish mumkin

Bolani insho yozishga qanday o‘rgatish mumkin

Insholar yozish qobiliyati nafaqat maktabda yaxshi baholar olish, balki shaxsning umumiy ijodiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Biroq, ona tili va adabiyoti darslarida bolaga yaxshi insho yozish qoidalarini o‘rgatishning imkoni yo‘q. Ushbu ko‘nikmani shakllantirish uchun ota-onalar va o‘qituvchilar o‘ziga xos usulda yo‘l tutishlari kerak.

Darslarda bolalarga mavzuni ajratish, reja tuzish, kompozitsiyaga amal qilish va hokazolar haqida so‘zlanishi mumkin. Biroq, o‘qituvchilar eng asosiy narsa – badiiy qimmatga ega matnni qanday hosil qilish haqida hech narsa aytmaydilar. Bunday ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan uslublar esa mutlaqo samarasizdir. Masalan, bir tadqiqotda aytilishicha, inshoni tekshirish vaqtida o‘qituvchi unda qoldiradigan tuzatishlar va qaydlar vazifasini bajarmaydi va o‘quvchilar shunchaki ularga ahamiyat bermaydi.
Biroq, bu ota-onalar va o‘qituvchilar umuman kuchsiz degani emas. Yozuvchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga turli omillar ta’sir qiladi va ularni yodda tutgan holda bolaga o‘zining ijodiy usulini topishda yordam berishingiz mumkin.

1. Qiziqish


Bu insholarni yozish bilan birga, faoliyatning istalgan boshqa turida ham muvaffaqiyatga erishishning kalitidir. Agar odam qilayotgan ishiga qiziqish bildirsa, ko‘nikma o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladi. Bunda gap manfaatli qiziqish haqida borayotgani yo‘q. Faoliyat jarayonining o‘zi shaxs tomonidan ahamiyatli va qiziqarli sifatida baholanishi kerak.
Xususan, bu bolada ijod, o‘z fikrini bayon etish, intellektual mehnat asosiy o‘rinlarni egallaydigan ma’lum qadriyatlar tizimini tarbiyalashni nazarda tutadi.
Insho — shunchaki fikrlar bayoni emas. U ijodiy faollik natijasidir.
Bolada yozuvchilik san’atiga nisbatan ehtirom tarbiyalanishi zarur, buyuk adiblar u uchun hurmatga loyiq namunaga aylanishi kerak. Eng asosiysi – bola ular nima uchun hurmat qozonganini tushunib yetishi lozim. Ya’ni, u adabiyotning estetik qadrini, til go‘zalligini anglashi zarur.
Masalan, tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, o‘quvchiga bitta uzun gap bir nechta qisqalariga nisbatan chiroyliroq eshitilishini ko‘rsatish muhim. Unga gaplarni birlashtirish, bunga qanday vositalar orqali erishish mumkinligini o‘rgatish kerak. Tilning boshqa badiiy jihatlari ham huddi shunga bog‘liq.

2. Adabiyotga nisbatan hurmat


Buning uchun bola, albatta, mutolaa qilishi kerak. Biroq, bu uni maktab dasturini to‘liq o‘zlashtirishga majburlash degani emas – ko‘pincha bunday usul aks ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik odam qancha ko‘p o‘qisa, shuncha yaxshi yoza oladi, deya xato fikr yuritadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Hattoki so‘zlar lug‘atini boytishi nuqtai nazaridan ham: yangi so‘zlar faol nutqdan o‘rin olishi uchun ularni doim ishlatish kerak. Faol nutqni boyitish uchun yangi so‘zlarni taqdim etish va ularni inshoda qo‘llash vazifasidan iborat usul samaraliroq bo‘ladi.
Adabiyot “yuklangan vazifa” bo‘lgani uchun o‘qilishi kerak emas. Maktab dasturi mumtoz adiblar asarlarini sifat emas, balki son jihatidan o‘rganishga qaratilgan.
Odamda asarga nisbatan qiziqish va uning badiiy qadri tushunchasi paydo bo‘lishi uchun tashqaridan bosim o‘tkazilmasligi kerak.
Yakka tartibdagi yondashuv ancha samaraliroq bo‘ladi: bolaga qaysi janr yoqishini aniqlash va shu yo‘nalishga urg‘u berish. Masalan, unga fantastika yoqsa-da, darslarda esa u hech qiziqmaydigan Abdulla Qodiriy o‘tilayotgan bo‘lsa, uning qiziqishlaridan kelib chiqib adabiyot olamini ochib berish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi, misol uchun, bolaga Gibson yoki Lem kabi ilmiy fantastika mumtoz asarlarini taklif qilish, ushbu kitoblarda ko‘tarilgan muammolarni muhokama qilish, unga mustaqil fikrini bildirish va qiziqarli mavzularda muloqot qilish imkonini berish.

3. Fikrlashga rag‘batlantirish


Albatta, bu maktab dasturini unutish kerak degani emas: unga nisbatan ham o‘qituvchilik usullari yordamida ma’lum qiziqish uyg‘otish mumkin. Bizning maktabda hamma adabiyot darsini juda yaxshi ko‘rardi, chunki o‘qituvchimiz darslarni har doim darsliklarga murojaat qilmay o‘tardi. U birgina asarning o‘zisha deyarli butun chorakni bag‘ishlashi mumkin edi. Lekin, asarni shu qadar puxta o‘rgatardiki, muhokama jarayoniga barcha jalb etilardi. U tanqidiy “standartlarga” qarama-qarshi bo‘lgan o‘z nuqtai-nazarini aytib, bizni muhokamaga undardi.
Insho yozishda standart qadamlar mavjud:
•mavzuni tanlash;
•reja tuzish;
•mavzu taqdimoti ko‘rsatilgan kirishni yozish;
•inshoning asosiy qismini yozish;
•xulosali yakuniy qism.
Bu istalgan insho ustida ishlashning mantiqli tuzilishi bo‘lib, u aslida to‘g‘ri va ketma-ket fikrlashni aks ettiradi. Uni o‘rganish kerak, ammo uni asos qilib olish shart emas. Bolani quruq abzatslarni qaytarishga majburlash, ijodiy energiyasini jilovlash, begona qoidalar bo‘yicha o‘ynashga majburlash orqali unda qiziqish uyg‘otish qiyin kechadi.
Aksincha, bola o‘zini qiziqtiradigan mavzuda cheklovlarsiz o‘z fikrini bildirish erkinligi va so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, bu ish samaraliroq kechadi. Inshoni yozish jarayonida esa, Siz uni tuzatishingiz yoki matnni yaxshiroq tuzish bo‘yicha maslahatlar berishingiz mumkin. Bola tuzilishni o‘zlashtiradi, ammo buni shaxsiy tajribasida o‘rganadi.

4. Kattalarga taqlid


Tadqiqotlarda qayd etilishicha, amalda keng tarqalgan usul – o‘quvchini qog‘oz bilan yolg‘iz qoldirib, so‘ngra tayyor natijaga tuzatishlar kiritishga qaraganda insho yozish jarayonining to‘liq monitoring qilinishi, o‘quvchiga real vaqt rejimida ko‘mak berish yaxshiroq samara beradi.
Siz bolangizni huddi kattalardek fikrlash va so‘zlashga o‘rgatmoqchisiz.  Ishoning, uning o‘zi ham shuni o‘rganishni istaydi.
Lekin, bunga erishish uchun Sizning fikrlashingiz doim uning fikrlashiga tutashgan bo‘lishi kerak.
Ko‘pincha odamlar avval o‘zlarini ma’lum obrazga o‘xshatib, keyingina uning sifatlariga ega bo‘ladilar. Xususan, badiiy maktabni a’lo baholarga bitirgan odam “Men iste’dodli rassomman” deb o‘ylaydi. Va, ancha yillik tajribadan so‘ng, keyingchalik uning suratlari yoshligida o‘zini loyiq deb topgan maqomga mos kela boshlaydi.
Har bir bola katta bo‘lishni istaydi. Agar unga katta bo‘lish – noodatiy fikrlash va fikrlarini chiroyli bayon etishni bilish ekanligini uqtira olsangiz, bola muvofiq ravishda o‘sib boradi. Buning uchun insholar dastavval Siz bilan birga yozilishi kerak.

5. Doimiy amaliyot


Umuman olganda, fikrlarini tushunarli ravishda bayon etishga o‘rganish uchun mana shu bandning o‘zi ham yetarli. Agar odam nimanidir muntazam ravishda bajarsa, vaqt o‘tgani sayin uning ishi takomillashib boraveradi. Hattoki, yozishni umuman istamasa-da, ammo uy vazifasini bajarish ustidan qat’iy nazorat va doimiy amaliyot natijasida bola insholarni yoza olishi va yaxshi baholar olishi mumkin.
Biroq, bunday yondashuvdan qanday ma’no va qurbonlik kutiladi? Maktabda kimyo fanidan uch baho olgan aksariyat odamlar hayotlarida biron martta ham o‘zlarini bolalikdagi bekorchiliklari uchun koyimagan bo‘lsalar kerak. Chunki, ularga kimyoning baribir keragi bo‘lmasdi.
Maktabdagi baho hayotdagi muvaffaqiyat ko‘rsatkichi emas. Hech qachon bolaga buning aksini aytmang, yo‘qsa u kelajakda shaxsiy ijodiy energiyasini topa olmay, sun’iy, boshqalar tomonidan yaratilgan maqsadlarga intiladi.


Умение писать сочинения важно не только для получения хороших оценок в школе, но и для общего творческого развития личности. Однако научить ребенка хорошей грамматике на уроках родного языка и литературы невозможно. Чтобы развить этот навык, родители и учителя должны использовать уникальный подход.

Уроки могут научить детей распределению тем, планированию, композиции и многому другому. Однако главное, что учителя ничего не говорят о том, как создать текст с художественной ценностью. Спонтанные методы развития таких навыков малоэффективны. Например, одно исследование показало, что при рецензировании эссе преподаватель не выступает в роли корректора или оставленной в нем пометки, а учащиеся просто не обращают на них внимания.
Однако это вовсе не означает, что родители и учителя слабы. Различные факторы влияют на развитие навыков письма, и их учет может помочь вашему ребенку найти свой собственный творческий путь.

1. Интерес

Наряду с написанием рефератов, это залог успеха в любом другом виде деятельности. Если человеку интересно то, что он делает, навык придет сам собой. Это не касается личных интересов. Сам процесс должен рассматриваться человеком как важный и интересный.
В частности, это формирование у ребенка определенной системы ценностей, в которой центральную роль играют творчество, самовыражение, умственный труд.
Эссе – это не просто изложение идей. Это результат творческой деятельности.
Ребенка нужно приучать уважать писательское искусство, а великие писатели должны стать для него образцом для подражания. Самое главное, ребенок должен понимать, почему его уважают. То есть он должен понимать эстетическую ценность литературы, красоту языка.
Например, исследования показывают, что важно показать читателю, что одно длинное предложение звучит лучше, чем несколько коротких. Его нужно научить, как складывать вещи и как это делать. Другие художественные аспекты языка аналогичны.

2. Уважение к литературе

Для этого ребенок должен действительно читать. Однако это не означает принуждения его к полному освоению школьной программы — зачастую такой подход дает обратный эффект. Многие люди ошибочно думают, что чем больше они читают, тем лучше могут писать. Это совершенно неправильно. Даже в плане обогащения словарного запаса: новые слова должны использоваться всегда, чтобы они занимали место в активной речи. Задание на введение новых слов и использование их в сочинении более эффективно для обогащения активной речи.
Литературу не следует читать, потому что это «задача». Школьная программа – это не качество произведений писателей-классиков,скорее, это численное исследование.
Не должно быть внешнего давления на человека для развития интереса к произведению и понимания его художественной ценности.
Гораздо эффективнее индивидуальный подход: определить, какой жанр нравится ребенку и сделать акцент на этом направлении. Например, если преподается Абдулла Кадири, который любит научную фантастику, но не интересуется преподаванием, лучше всего было бы раскрыть мир литературы, исходя из его интересов, таких как Гибсон или Лем, например, предлагая классические произведения научной фантастики. , обсуждая поднятые в этих книгах вопросы, что позволяет ему высказать свое независимое мнение и пообщаться на интересные темы.

3. Поощряйте мышление

Конечно, это не означает, что школьную программу следует забыть: ее можно использовать и для того, чтобы пробудить некоторый интерес к методике обучения. Все в нашей школе любили уроки литературы, потому что наша учительница всегда брала уроки, не обращаясь к учебникам. Он мог посвятить себе почти четверть одного произведения. Однако он так хорошо преподавал работу, что все были вовлечены в обсуждение. Он поощрял нас к обсуждению его взглядов, которые противоречили критическим «стандартам».
Существуют стандартные этапы написания эссе:
• выбор темы;
• планирование;
• написать введение с тематическим изложением;
• написать основную часть эссе;
• Заключительные замечания.
Это логическая структура для работы над любым эссе, и она на самом деле отражает прямое и последовательное мышление. Его стоит изучить, но не обязательно на его основе. Трудно вызвать интерес у ребенка, заставляя его возвращать сухие абзацы, обуздывать его творческую энергию, заставлять играть по чужим правилам.
Наоборот, более эффективно, когда у ребенка есть свобода выражать свое мнение по интересующей теме без ограничений. В процессе написания эссе вы можете поправить его или дать советы, как лучше составить текст. Ребенок усваивает структуру, но усваивает ее через личный опыт.

4. Подражание взрослым

Исследования показывают, что наиболее распространенным методом на практике является полное наблюдение за процессом написания эссе и оказание поддержки студенту в режиме реального времени, а не оставлять студента одного на бумаге, а затем вносить коррективы в готовый результат.
Вы хотите научить своего ребенка думать и говорить как взрослый. Поверь мне, он тоже хочет это знать.
Но для этого ваше мышление всегда должно быть связано с его мышлением.
Часто люди сначала подражают определенному образу, а затем приобретают его качества. В частности, человек, окончивший художественную школу на «отлично», думает: «Я талантливый художник». И, после многолетнего опыта,позже его картины стали соответствовать тому статусу, который он считал достойным в юности.
Каждый ребенок хочет вырасти. Если вы сможете убедить его, что взросление – это необычный образ мышления и красивое выражение своих мыслей, ребенок будет расти соответственно. Для этого эссе нужно сначала написать вместе с вами.

5. Регулярная практика

В общем, этого абзаца достаточно, чтобы научиться ясно излагать свои мысли. Если человек делает что-то регулярно, его работа со временем улучшится. Даже если он совсем не хочет писать, но в результате строгого контроля за выполнением домашних заданий и постоянной практики ребенок способен писать рефераты и получать хорошие оценки.
Но в чем смысл и жертва такого подхода? Большинство людей, получивших в школе три оценки по химии, никогда не винили себя за детскую безделье. Потому что им и так не нужна была химия.
Школьные оценки не являются мерилом успеха в жизни. Никогда не говорите ребенку обратное, иначе он не сможет в будущем найти свою личную творческую энергию и будет преследовать искусственные, созданные другими цели.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. robiya

    Zor

  2. O‘tkirbek

    Alloh yagonadur

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: