Birinchi qo‘ng‘iroq — “Bilimlar kuni” haqida

Birinchi qo‘ng‘iroq - “Bilimlar kuni” haqida

“Birinchi qo‘ng‘iroq”- bolaning maktabga ilk qadam qo‘yishi va uning bilim olishga kirishishini bildiradigan rasmiy marosimdir. Bu marosimga ota-ona va bolaning o‘zi oldindan tayyorgarlik ko‘radi. Ilk bor maktabga borilgan kunda hayajonli holat-bayram kayfiyati paydo bo‘ladi. Shu kuni maktablarda birinchi sinf o‘quvchilari uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” (“Salom, maktab”) bayramini uyushtirish an’anaga aylangan. 1-sentyabr kuni mamlakatimizda eng ulug‘ bayram – Mustaqillik bayrami nishonlanadi. Bu kun ayniqsa ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Chunki 1-sentyabr mamlakatimizda “Bilimlar kuni” sifatida ham bayram qilinadi. Hozirgi vaqtga kelib 1 sentyabr Mustaqillik bayrami bo‘lganligi sabab, “Bilimlar kuni” 2 sentyabrda nishonlanadi. Bu bayram quvonchi va hayajoni, maktabga ilk bor qadam qo‘yuvchilar kayfiyatida juda yaqqol seziladi. Chunki 1-sinf o‘quvchilari “Birinchi qo‘ng‘iroq” marosimining asosiy qahramoni bo‘lishadi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” ning ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi yangi o‘quv yilining borishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu marosim ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan “Birinchi qo‘ng‘iroq kunida”  maktab bayramona bezatilishi, vatanni sevishga, mohiyatni qadrlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etuvchi turli shiorlar osilishi, radiokarnaylar orqali kuy-qo‘shiqlar yangrab turishi, o‘quvchilarning toza, ozoda maktab formasidagi kiyimlarda maktabga kelishiga e’tibor berilishi lozim. Maktab direktori qisqacha kirish so‘zi bilan bayramning tantanali qismini ochadi. So‘ngra, xalq maorifi a’lochisi, keksa pedagog, maktab o‘quvchilarining chiqishlari bo‘ladi. Nihoyat, boshlanayotgan o‘quv yilida maktabni bitiruvchi sinfning a’lochi o‘quvchisi bolalarni “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan tabriklab, 1-sinf o‘quvchilariga tantanali ravishda “Bilim kaliti”ni topshiradi. 1-sinf o‘quvchilaridan biri ramziy qo‘ng‘iroqni chaladi. Birinchi qo‘ng‘iroqning chalinishi ramziy ma’noga ega bo‘lib, u 1-sinf o‘quvchilari hayotida yangi davr boshlanganligini bildiradi. Qo‘ng‘iroqdan so‘ng bitiruvchi sinf o‘quvchilari 1-sinf o‘quvchilarini o‘zlari o‘qigan sinf xonasiga olib borib, partalarga o‘tqizib qo‘yadi. Maktablarda o‘tkaziladigan bunday marosim o‘quvchilar uchun o‘ziga xos bayram hisoblanadi. Bunday bayramlar juda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu bayram 1-sinf o‘quvchilarida maktabga mehr, ilm-fanga qiziqish tuyg‘usini shakllantiradi.

Ma’lumot: O‘zbek xalqi bayramlari. “Sharq”. T.2002.


«Первый звонок» — официальная церемония, знаменующая первый шаг ребенка в школу и начало обучения. Родители и дети готовятся к этому обряду заранее. В день первого посещения школы появляется праздничное настроение. В этот день в школах стало традицией устраивать праздник «Первый звонок» («Здравствуй, школа») для первоклассников. 1 сентября в нашей стране отмечается самый большой праздник – День Независимости. Этот день — самый радостный праздник, особенно для родителей, учителей и учеников. Ведь 1 сентября в нашей стране тоже отмечается как «День знаний». В настоящее время 1 сентября является Днем Независимости, поэтому «День знаний» отмечается 2 сентября. Радость и волнение этого праздника отчетливо чувствуется в настроении тех, кто впервые идет в школу. Потому что главными героями церемонии «Первый звонок» станут первоклассники. «Первый звонок» проходит в приподнятом настроении и оказывает большое влияние на ход нового учебного года. Эта церемония играет важную роль в повышении интереса к учебе, особенно у учащихся, впервые поступающих в школу. Поэтому в «День первого звонка» школа празднично украшена, вывешиваются различные лозунги, призывающие любить Родину, ценить суть, быть добрым, через радиодинамики звучат песни, ученики чисты, внимание следует платят за то, чтобы приходить в школу в опрятной школьной форме. Директор школы открывает праздничную часть праздника кратким вступлением. После этого состоятся выступления знатока народного образования, старого педагога и школьников. Наконец, в начале учебного года отличник выпускного класса поздравляет ребят с праздником «Первого звонка» и торжественно вручает «Ключ знаний» учащимся 1 класса. Один из учеников 1-го класса звонит в символический колокольчик. Звон первого звонка имеет символическое значение, он означает начало нового периода в жизни первоклассников. После звонка учащиеся выпускного класса отводят первоклассников в класс, где они учились, и сажают их за парты. Такая церемония, проводимая в школах, является особым праздником для школьников. Такие праздники имеют большое воспитательное значение. Этот праздник формирует у первоклассников чувство любви к школе и интерес к науке.

Информация: Праздники узбекского народа. «Восток». Т. 2002.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Marina

    Alloh rozi bolsin barcha ustoz va muallimlardan. Ishlariga omad! Charchamang. :smile:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: