Nemis tilini o‘rgatuvchi platforma ishga tushdi

Nemis tilini o‘rgatuvchi platforma ishga tushdi

Nemis tili dunyodagi eng ko‘p ishlatiladigan tillardan biri bo‘lib, barcha tillar orasida o‘ninchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, u eng keng tarqalgan va jahonda 130 millionga yaqin odam nemis tilini ona tili sifatida biladi.

Nemis tili birinchi navbatda Yevropa Ittifoqida keng tarqalgan va Germaniya, Avstriya, Belgiya, Lixtenshteyn va Luksemburgda rasmiy til hisoblanadi. Shuningdek, Shveysariyada ham nemis tili rasmiy til maqomiga ega. Bundan tashqari, 42 mamlakatda 7,5 million kishi nemis tilida so‘zlashuvchi ozchilikka tegishli.
Nemis tili O‘zbekistonda ham o‘ziga xos o‘rin va nufuzga ega. Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarda madaniyat, san’at, fan, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va sport sohalaridagi hamkorliklar ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand universitetining Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyottingen shaharlaridagi universitetlar bilan hamkorligi samarali rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida nemis millatiga mansub 25 mingga yaqin kishi yashaydi.
Nemis tilining nufuzini hisobga olgan holda hamda aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalarining ijrosini ta’minlash maqsadida, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan nemis tilini o‘rgatuvchi media-kontent, masofaviy ta’lim platformasi  — https://de.lpa.gov.uz/  ishga tushirildi.
Mazkur portalning maqsadi Respublika bo‘yicha nemis tili ta’limining yagona axborot-metodik ta’minotini yaratish hamda uni tashkil etishning masofaviy shakllarini ishlab chiqishdan iboratdir. Nemis tili bo‘yicha axborot-ta’lim portallarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yagona metodik ta’minotni amalga oshirish bilan bir qatorda, turli resurslar integratsiyasi asosida bilimlarni uzluksiz oshirish imkoniyatini yaratadi.
Platformadan foydalanish juda oson. Nemis tilini oson, mustaqil va bepul o‘rganishni istovchilar https://de.lpa.gov.uz/ ga kirib, yangi so‘zlar qismida kurs bo‘yicha yangi so‘zlar bilan tanishishlari mumkin. Bundan tashqari, ba’zi bir mavzularda krossvordlar ham berilgan bo‘lib, ular yechilgandan keyin ham o‘rganuvchiga ma’lum miqdordagi to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot beradi. Mavzularni o‘zlashtirishda har bir mavzu bo‘yicha mashq va test savollari ishlab chiqilgan.
Menyudagi natijalar bo‘limidan esa o‘rganuvchi to‘plagan natijalarini ko‘rish mumkin. Mazkur tizim o‘rganuvchining kompyuter imkoniyatlarini o‘zlashtirishi, undan samarali foydalanishi orqali uning pedagog bilan individual ishlash jarayonini muvofiqlashtiruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi. Xususan, o‘qituvchilar bilim va malakasini kompyuterlashtirilgan holda nazorat qilish, talab qilinadigan bilimlar majmuasining sifatini aniqlash muammosini hal qilish imkoniyatini beradi.
Xurshid MAMATQULOV,
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bo‘lim boshlig‘i,
pedagogika fanlari doktori.


Немецкий язык является одним из самых распространенных языков в мире, занимая десятое место среди всех языков. Он также является наиболее распространенным, и около 130 миллионов человек говорят на немецком как на родном языке.

На немецком в основном говорят в Европейском Союзе, и он является официальным языком в Германии, Австрии, Бельгии, Лихтенштейне и Люксембурге. Немецкий также является официальным языком в Швейцарии. Кроме того, 7,5 млн человек в 42 странах принадлежат к немецкоязычному меньшинству.
Немецкий язык имеет свое место и престиж в Узбекистане. Сегодня большое значение в двусторонних отношениях имеет сотрудничество в сферах культуры, искусства, науки, народного образования, здравоохранения и спорта. Эффективно развивается сотрудничество Национального университета Узбекистана и Самаркандского университета с университетами имени Гумбольдта и городов Бамберг и Геттинген. В Республике Узбекистан проживает около 25 тысяч человек немецкой национальности.
С учетом престижа немецкого языка и создания необходимых условий для популяризации изучения иностранных языков среди населения и их совершенного овладения, координация внедрения международно признанных программ и учебников по обучению иностранным языкам на всех этапах образования, современной подготовки учителей В целях обеспечения реализации задач по развитию педагогических навыков Агентство популяризации изучения иностранных языков запустило медиа-контент, платформу дистанционного обучения немецкого языка — https:/ /de.lpa.gov.uz/ удален.
Целью данного портала является создание единого информационно-методического обеспечения немецкого языкового образования в республике и развитие дистанционных форм его организации. Разработка и внедрение информационно-образовательных порталов по немецкому языку наряду с реализацией единого методического обеспечения создает возможность постоянного совершенствования знаний на основе интеграции различных ресурсов.
Платформа очень проста в использовании. Желающие выучить немецкий язык легко, самостоятельно и бесплатно могут зайти на https://de.lpa.gov.uz/ и ознакомиться с новыми словами для курса в разделе новые слова. Кроме того, в некоторых темах даны и кроссворды, которые после решения сообщат обучающемуся о некотором количестве правильных или неправильных ответов. Практические и тестовые вопросы для каждой темы были разработаны для освоения темы.
Вы можете увидеть результаты, собранные учащимся, в разделе результатов в меню. Данная система используется также как средство координации процесса индивидуальной работы с педагогом за счет овладения обучающимся возможностями компьютера и эффективного его использования. В частности, компьютеризированный контроль знаний и навыков учителей,дает возможность решить задачу определения качества требуемого набора знаний.
Хуршид МАМАТКУЛОВ,
начальник отдела Агентства популяризации изучения иностранных языков,
доктор педагогических наук.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: