Aqliy ishlash. Ko‘p ishlash. Qay biri ustun?

Aqliy ishlash. Ko‘p ishlash. Qay biri ustun

Rost yoki yolg‘onligini aniq bilmayman, ammo Stiv Jobs quyidagi ma’noga ega gapni aytgan ekan: “…Pulim tugab qolganda boshqalarga o‘xshab ish izlashga shoshib yugurib ketmadim. Uning o‘rniga o‘tirib o‘yladim…”

Ko‘p ishlash har doim ham yaxshi natija olib kelavermaydi. Aqlli ishlashning afzalliklari ko‘proq.

Aqlli ishlashning ustunliklari

Ko‘p ishlaydigan kishi emas, aqlini ishlatib faoliyat olib boradigan kishi muvaffaqiyatga osonroq erishadi. Fikr yuritmasdan hartalab tinimsiz harakat qilgan, aslida maqsadga erishish uchun qaysi yo‘ldan borish qulayligi haqida o‘ylab ko‘rmasdan kuchini duch kelgan yo‘nalishga baravar tarqatayotgan kishi chetdan kuzating. Ikkinchi bir tomondan, harakatga tushishdan avval yaxshi reja tuzib olgan, harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilgan va bir necha kunda natija olgan kishi faoliyatini ko‘ring.
Siz ko‘p ishlaydigan emas, aqlli ishlaydigan bo‘lishingiz kerak. Aql ishlatib harakat qilgan kishi quyidagi ustunliklarga ega bo‘ladi:

Masalani hal qilishning osonroq yo‘lini izlab topadi. Muqobil yo‘nalishlar haqida o‘ylaydi;

Ko‘p kuch, vaqt va pulni tejab qoladi. Resurslarni maqsadli sarflaydi. Ishini tez va osonlik bilan tugatadi;

Ishidan bezib qolmaydi. Yo‘qotishlar kam bo‘ladi va ish davomida salbiy ta’sir sezilmaydi;

O‘rganadi. Bir marta ishni aqlli tugatgan kishida keyingi ishlarni ham huddi shunday yakunlash odati shakllanadi;

Yangilik yaratadi. Masalani hal qilishning innovatsion usullarini kashf etadi. Kelajakda avlod uchun tajriba qoldiradi;

Erishgan natijasi nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. Nafaqat ko‘p natijaga, balki yaxshiroq, sifatliroq natijaga ega bo‘ladi;

Bo‘sh vaqti ko‘proq bo‘ladi, yangi g‘oyalarga fursat topishi osonlashadi;

Baxtli yashaydi. Hayotidan, ishidan, natijalaridan ko‘ngli to‘ladi, kejakka nisbatan ishonchi ortadi.

Qaysidir ishni boshlashingizdan avval quyidagi savollarga o‘zingiz uchun javob topishga harakat qiling:

O‘zi bu narsa menga kerakmi, yo‘qmi?

Ishimdan qancha foyda, qancha zarar olaman?

Bu ishni qanday qilib osonroq bajarish mumkin?

Yechimning yana qanday shakllari bor?

O‘xshamay qolsa vaziyatdan chiqib ketishning nechta usuli bor?

Ish bitgandan keyin aks ta’sir bo‘lmaydimi?

Ko‘p emas, aqlli ishlashni o‘rganing.

Manba: Azamat.uz


Не знаю точно, правда это или ложь, но Стив Джобс сделал следующее заявление: «Когда у меня закончились деньги, я не спешил искать работу, как все. Я сидел и думал…»

Слишком много работы не всегда работает. Есть много преимуществ в умной работе.

Преимущества умной работы

Легче добиться успеха, когда вы используете свой ум, чем когда вы усердно работаете. Наблюдайте со стороны за человеком, который постоянно работает, не думая, который на самом деле равномерно распределяет свою энергию в том направлении, в котором он стоит, не думая о том, каким путем идти для достижения цели. С другой стороны, посмотрите на деятельность того, кто составил хороший план, прежде чем действовать, предвидел результат своих действий и добился результатов за несколько дней.
Нужно быть умным, а не трудолюбивым. Человек, который действует мудро, имеет следующие преимущества:

Находит более простой способ решения проблемы. Думает об альтернативах;

Это экономит много энергии, времени и денег. Целевые ресурсы. Заканчивает работу быстро и легко;

Ему не будет скучно на своей работе. Потери минимальны и никаких негативных последствий при эксплуатации не ощущается;

Учится. Как только человек закончил работу с умом, у него есть привычка заканчивать следующую работу таким же образом;

Создает инновации. Находит инновационные способы решения проблемы. Он оставляет опыт для будущих поколений;

Результат будет относительно лучше. Не только более высокие результаты, но и более качественные результаты;

Появится больше свободного времени, будет легче находить возможности для новых идей;

Он живет счастливо. Он доволен своей жизнью, своей работой, своими результатами, растет его уверенность в завтрашнем дне.

Прежде чем начать, попробуйте ответить себе на следующие вопросы:

Нужно мне это или нет?

Какую пользу я получаю от своей работы, сколько теряю?

Как это можно сделать проще?

Какие другие формы решения существуют?

Если нет, то сколько способов вы можете выбраться из этого?

Не будет ли побочных эффектов, когда вы закончите?

Не так много, научитесь работать с умом.

Источник: Азамат.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: