Albert Eynshteyn haqida qiziqarli faktlar

Albert Eynshteyn haqida qiziqarli faktlar
Telegramda o'qish

E’tiboringizga Albert Eynshteyn haqida qiziqarli faktlarni havoladagi etamiz.

  1. Nutq

Eynshteyn judayam sekin gapirgan, agar uning biografiyasiga nazar solsak, uning 3 yoshgacha tili chiqmagan. Stanford iqtisodchisi Dr Tomas Sovel tili kech chiqqan bemorlar uchun “Eynshteyn sindromi” atamasini qoʻllagan.

 

  1. Pianino

Eynshteynning onasi Paulina pianinochi edi va oʻgʻlining ham musiqaga muhabbat qoʻyishini xohladi, shuning uchun unga pianino darslarini boshladi. Avvaliga Eynshteyn pianino chalishni yoqtirmagan. Eynshteyn 13 yoshida Motsartning musiqasini eshitib, pianino haqidagi fikrini tezda oʻzgartirgan. Uning pianinoga boʻlgan qiziqishi umrining oxirigacha uni tark etmagan.

 

  1. Eynshteyn prezident lavozimida ishlaganmi?

1952 yil 9 noyabrda Isroil prezidenti vafot etadi va Eynshteyndan bu lavozimni qabul qilishini soʻrashadi. Oʻsha paytda u 73 yoshda edi, ammo u bu taklifni yozma ravishda rad etadi.

 

  1. Kapitan Eynshteyn

Eynshteyn suzishni bilmasada uni yoqtirardi. U bu faoliyat bilan umri davomida sevimli mashgʻulot sifatida shugʻullanib kelgan.

 

  1. Eynshteyn umuman paypoq kiymagan

U paypoq kiyishi umuman yoqtirmagan, chunki paypoq uning ogʻriqli nuqtasi edi.

 

  1. U birinchi xotiniga ajrashish uchun Nobel mukofotining pulini toʻlagan

Eynshteyn Nobel mukofoti sifatida berilgan barcha pullarni birinchi xotini Mileva Mariichga beradi, shuning uchun u ajrashishga rozi boʻladi. Mukofot puli 32 250 AQSH dollardan iborat boʻlib, bu oʻsha paytda oʻrtacha professorning yillik ish haqidan oʻn baravar koʻp edi.

 

  1. Eynshteyn bolaligida matematika fanidan umuman xato qilmagan

Maktab davrida u juda ham aʼlochi oʻquvchi boʻlgan, u yechgan misol va masalalarni yuqori sinfdagilar ham yecha olmas edi.

 

  1. Eynshteyn xotirasi juda ham sust edi

Uning xotirasi haqiqatdan ham juda yomon edi. Ayniqsa, sana, yillarni va hattoki oʻzining telefon raqamini ham eslay olmasdi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: