Magistraturada mutaxassislik fanidan 55% to‘plashga oid qoida haqida

Magistraturada mutaxassislik fanidan 55% to‘plashga oid qoida haqida
Telegramda o'qish

Magistraturaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi Nizomning 25-bandida magistraturaga mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi, degan qoida belgilangan.

Ushbu masala bo’yicha huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev qisqa tushuntirish berib o‘tdi:

Magistraturaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi Nizomning 25-bandida magistraturaga mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi, degan qoida belgilangan.

Joriy yilda test sinovlari bir kunda quyidagi fanlardan olindi:

mutaxassislik fani — 30 ta savol (2,3 ball);
ilmiy-pedagogik layoqati — 10 ta savol (3,1 ball);
chet tili — 25 ta savol (2 ball).

❓Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan masala shundaki, 55%lik cheklov faqat mutaxassislik fanidan berilgan 30 ta savolni (69 ball) o‘z ichiga oladimi yoki ilmiy-pedagogik layoqat bo‘yicha berilgan 10 ta IQ test (31 ball) ham qo‘shib hisoblanadimi?

❗️JAVOB: Ikkalasi qo‘shib hisoblanadi.

Izoh: Nizomning 14-bandida mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fandan baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etishi belgilangan. Shunga ko‘ra, joriy yilda mutaxassislik hamda ilmiy-pedagogik layoqat bo‘yicha berilgan jami 40 ta savol umumiy 100 ballni tashkil qiladi (pastdagi suratda chizilgan qizil maydonga qarang).

Shunga ko‘ra, 55%lik cheklov ikkala fandan berilgan 40 ta savolga, ya’ni umumiy 100 ballga taalluqli bo‘ladi.

Bu nima degani?

Aytaylik, abituriyent mutaxassislik fandan berilgan 30 ta savolning 15 tasiga to‘g‘ri javob berdi va 34,5 ball (50%) to‘pladi. Ko‘rib turganingizdek, bu 55% dan kam.

Lekin o‘z navbatida ilmiy-pedagogik layoqat bo‘yicha berilgan 10 ta savoldan 8 tasiga to‘g‘ri javob berdi va 24,8 ball (80%) to‘pladi.

Ikkalasini qo‘shsa (34,5 + 24,8) jami 59,3 ball bo‘ladi.

Bunday vaziyatda abituriyent agar kvota doirasida boshqa raqiblaridan yaxshiroq ball to‘play olgan bo‘lsa, unda talabalikka tavsiya etiladi. Chunki u mutaxassislik bo‘yicha umumiy 59,3% ball to‘plagan, bu 55%dan kam emas.

Xullas, ushbu savolning javobi shunday. O‘zingiz to‘plagan balldan kelib chiqib, xulosa qilib olavering.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: