Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022 yil 2 iyuldagi majlis bayoniga asosan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun to‘lov-kontrakt asosida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bu o‘rinlarga umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar da’vogarlik qilishi mumkin.
Buning uchun oliy ta’limga ega bo‘lmagan, maqsadli qabul parametrlardagi joylarga da’vogar o‘qituvchilar ilovadagi OTM yo‘nalishlariga barcha abituriyentlar qatori 20 iyulga qadar tegishli tartibda Davlat test markazi portalida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Oliy ta’limga ega bo‘lmagan da’vogar o‘qituvchilar o‘rnatilgan tartibda kirish imtihonlarida ishtirok etadi va asosiy kvotaga kira olmagan taqdirda maqsadli qabul parametrlari doirasida ballar ketma-ketligida o‘qishga tavsiya qilinadi.
👉Xalq ta’limi Info
Учителя, работающие в системе народного образования, но не имеющие высшего образования, имеют возможность получить высшее образование. Об этом сообщает Министерство народного образования.
Согласно протоколу заседания Государственной комиссии по координации процессов приема в государственные высшие учебные заведения Республики Узбекистан от 2 июля 2022 года заочная форма обучения преподавателей без высшего образования на основе платно-контрактной 1000 индивидуальные параметры приема цели были проверены в форме lim.
На эти должности могут претендовать учителя, работающие в общеобразовательных учреждениях, не имеющие высшего педагогического образования и имеющие не менее 5 лет педагогического стажа.
Для этого преподаватели, не имеющие высшего образования и претендующие на места в целевых параметрах приема, должны зарегистрироваться на портале Государственного тестового центра в установленном порядке до 20 июля вместе со всеми поступающими на курсы ОТМ в приложении. .
Преподаватели-абитуриенты, не имеющие высшего образования, участвуют во вступительных испытаниях в установленном порядке и в случае непрохождения в основную квоту рекомендуются к обучению в последовательности баллов в пределах целевых параметров приема.
👉Информация о государственном образовании
1000 talik kvota o‘rta maxsus ma’lumotga ega o‘qituvchilar uchun ajratilgan maqsadli qabul natijasi qachon chiqadi
Assalomu alaykum.1000 kvota bo‘yicha mandat qachon aniq bo‘ladi?
O‘qituvchilarga ajratilgan 1000talik kvotani javobi qachon chiqadi
Assalomu alaykum 1000 kvota bo’yicha mandat qachon aniq boʻldi
Ассалом алайкум 1000квота учун мандан качон чикади.Кайси каналлар оркали билиб олсак булади.
Assalomu alaykum.Men ham 1000 talik kvotani javobi qachon chiqishini bilmoqchiydim.
Salom.Men ham 1000 talik kvotani javobi qachon chiqishini bilmoqchiydim.
Assalomu alaykum 1000 kvota asosida o’qishga qabul qilingan qachon eʼlon qilinadi
Qachon aniq boʻlarkin 1000ta kvota
Assalomu alaykum 1000 kvotaning javobi qachon chiqadi
Качон аник буларкин мандад
1000 talik kvota qachon chiqadi
Men ham kutyapman qachon aniqlanadi mandat.
Kim javob bera oladi qachon chiqarkin mandat
1000-talik maqsadli qabul bòyicha natija qachon aniq bòladi