2025 yil 1-sentabrga qadar Barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatiladi

2025 yil 1-sentabrga qadar Barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatiladi

⚡️2025 yil 1 sentabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur»da nazarda tutilgan.

Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar «Xavfsiz maktab» loyihasi kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida joriy etiladi.

2025 yil 1 sentabrga qadar «Xavfsiz maktab» loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

———————————————————

Tushunishimizcha bu shunday tizim bo‘ladiki, davomat inson omilisiz yuritiladi. Buning uchun maktablarda maxsus qurilma o‘rnatiladi va u o‘quvchining kimligini yuz-ko‘ziga qarab aniqlik kiritib, o‘zi avtomatik tarzda ro‘yxatga oladi. Bu esa o‘quvchilar davomati haqida ma’lumotlar to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.


⚡️До 1 сентября 2025 года во всех школах будут установлены камеры наблюдения и внедрена система биометрической идентификации.

В целях обеспечения безопасности территории общеобразовательных общеобразовательных учреждений, постоянного контроля посещаемости учащихся будет внедрена система «Безопасная школа». Это предусмотрено в «Национальной программе развития народного образования на 2022-2026 годы».

Первоначально в рамках проекта «Безопасная школа» будут определены источники финансирования, связанные с установкой камер наблюдения и систем биометрической идентификации.

К 1 января 2024 года проект «Безопасная школа» будет реализован не менее чем в 130 общеобразовательных учреждениях.

До 1 сентября 2025 года проект «Безопасная школа» будет поэтапно внедряться во всех общеобразовательных учреждениях.

————————————————— — ——-

Насколько мы понимаем, это будет такая система, что посещаемость будет вестись без человеческого фактора. Для этого в школах устанавливается специальное устройство, которое автоматически регистрирует личность ученика, глядя на его лицо. Это гарантирует, что информация о посещаемости студентов поддерживается правильно.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: