Juma , 19 Aprel 2019
Bosh sahifa » Psixologik testlar » Siz o’zingizga qanday munosabatda bo’lasiz? (psixologik test)

Siz o’zingizga qanday munosabatda bo’lasiz? (psixologik test)

Berilgan 10 ta savolga javob belgilab siz o’zingizga qanday munosabatda ekaningizni aniqlang. Balki, siz o’zingizdan norozidirsiz?

Ushbu maqolada “Siz o’zingizga qanday munosabatda bo’lasiz so’rovnomasi” taqdim etilmoqda. Ushbu psixologik test tarkibidagi savollarga uzoq o’ylamay, xayolingizga kelgan birinchi javobni belgilang. Birorta savol javobsiz qolmasin. Barcha so’rovlarga javob berib bo’lgach “Yakunlash” tugmasini bosganingizda javoblaringiz asosida yiqqan ballaringiz ko’rsatiladi. Quyida ballar izohi berilgan. Yiqqan balingiz qaysi raqamlar oralig’iga to’g’ri kelsa, shu izohni ko’rib chiqing. Haqiqatan ham, izohda keltirilgan tavsif o’zingizga bo’lgan munosabatingizni to’g’ri ochib berdimi?Bu haqda o’ylab ko’ring.

Siz o’zingizga qanday munosabatda bo’lasiz so’rovnomasi

1. Sizni, nimanidir gapirmaslik yoki qilmaslik haqidagi fikr qanchalik bezovta qiladi?

 
 
 

2. Agar siz ajoyib va hozirjavob, bilimdon odam bilan muloqotda bo’lsangiz, unda siz;

 
 
 

3. Quyidagi fikrlardan, o’zingizga yaqin bittasini tanlab oling;

 
 
 

4. Sizga hajviy rasmingizni yoki sizga yozilgan parodiyani ko’rsatishdi. Siz;

 
 
 

5. Siz doimo shoshilasiz, sizga vaqt yetishmaydi yoki qiladigan vazifani bajarishga kirishasiz.

 
 
 

6. Siz dugonalaringizga tanish qizingizga sovg’a qilish uchun atir (duhiy) tanlayapsiz. Qanaqasini harid qilasiz?

 
 
 

7. Siz o’zingizni, hayotdagiga qaraganda mutlaqo boshqacha his qiladigan vaziyatlarda tasavvur qilishni yoqtirasizmi?

 
 
 

8. Agar sizni hamkasblaringiz (ayniqsa yoshlari) sizga qaraganda ko’proq muvaffaqiyatlarga erishishsa, bu sizning nafsoniyatingizga tegadimi?

 
 
 

9. Kimnidir rad etish, sizga qoniqish hissini beradimi?

 
 
 

10. Ko’zingizni yuming va o’zingizni uch xil rangni ketma-ketlikda tasavvur qilishga urinib ko’ring.

 
 
 

Ballar izohi
50-38 ballar – Siz o’zingizdan rozisiz va o’zingizsiz. Sizning boshqalardan ustunlik qilishingiz katta, o’z «men» ingizni ta’kidlashni, o’z «men» ingizni alohida ajratib ko’rsatishni yoqtirasiz, biroq o’zingiz boshqalarni tanqid qilishga moyilsiz. Sizning ballaringiz qanchalik ko’p bo’lsa, sizga «o’zingizni yoqtirasiz, lekin boshqalarni yoqtirmaysiz» – degan ta’rif ko’proq mos keladi. Biroq, sizning bitta kamchiligingiz bor – o’zingizga haddan tashqari jiddiy yondoshasiz, hech qanday tanqidiy ma’lumotni qabul qilmaysiz. Hatto, agar test natijalar sizga yoqmasa ham, siz ulardan «hammasi yolg’on, noto’g’ri» – deb o’zingizni himoya qilasiz. Afsus.
37-24 ballar – Siz o’zingiz bilan kelishib yashaysiz, o’zingizni bilasiz va o’zingizga ishonishingiz mumkin. Shaxsiy harakter sifatida ham, odamlar bilan bo’ladigan munosabatlarda ham qiyin vaziyatlardan chiqa olish yo’llarini topa olishdek qimmatli malakaga egasiz. Sizning o’zingiz va atrofdagilaringizga nisbatan bo’lgan munosabatlaringiz formulasini «o’zidan rozi, boshqalardan rozi» iborasi bilan ifodalash mumkin. Sizning o’z-o’zingizni baholashingiz sog’lom va normal. Siz o’zingiz uchun dalda va kuch-quvvat manbai bo’la olasiz. Eng muhimi, bularga boshqalarning hisobidan erishmaysiz.
23-10 ballar – Ehtimol, siz o’zingizdan norozi bo’lsangiz kerak, sizning o’z intellektingiz, qobiliyatingiz, tashqi ko’rinishingiz, yoshingiz, jinsingiz va boshqalardan qoniqmaslik shubhalanish qiynaydi. To’xtang! Kim sizga o’zini yaxshi ko’rmasligini aytdi. Hech kim o’zini yomon ko’rmaydi. Kim sizni o’zini o’ylaydigan odam doimo o’zidan norozi bo’lishi kerakligiga ishontirdi? Albatta, hech kim sizdan o’zingizdan rozi bo’lishingizni, o’zingizdan qoniqishingizni talab qilmaydi, biroq siz o’zingizni o’zingiz qabul qilishingiz, o’zingizni o’zingiz hurmat qilishingiz kerak.

Muallif Baxtiyor Roziq

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt mehmonlari, sizning e'tiboringiz men uchun juda muhim. Qanday ishlayotganimni bilish men uchun juda qiziq. Iltimos, ushbu maqolaga o'z munosabatingizni bildiring. Qo'shimcha fikrlaringiz bo'lsa baham ko'ring.

2 ta fikr

  1. Test natijalari juda ajoyib, lekin hammasi ham mening «men»imga xos natija emas.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan