Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

❓Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

✅ JAVOB: hozircha aniq emas.

2018 yildan boshlab O‘zbekistonda yaxshi an’ana yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, keyingi yildagi bayram kunlari arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha dam olish kunlari beriladigan va bu oldindan hammaga e’lon qilinadigan bo‘ldi.

Aholi shunga qarab, o‘z rejalarini tartibga solishi, sayohatga chiqishni yoki boshqa ishlarini rejalashtirishi mumkin edi.

Birinchi yilni hisobga olmaganda, keyingi yillarda ushbu dam olish sanalari vaqtliroq e’lon qilinayotgan edi. Ammo o‘tgan yili salkam Yangi yilning tagida — 21 dekabr kuni ma’lum qilindi.

Mana bugun ham 21 dekabr. Ammo haligacha dam olish kunlari haqida gap-so‘z yo‘q. Hattoki jamoatchilik muhokamasiga bu haqda biror hujjat qo‘yilganini ham topa olmadim.

Demak, bu yil dam olish kunlari o‘tgan yilgidan ham kechroq chiqsa kerak.

O‘zi bu tizimdan asosiy maqsadlardan biri ichki turizmni rivojlantirish edi. Ammo qachon dam olish kunlari bo‘lishi Yangi yilga sanoqli kunlar qolganda e’lon qilinsa, aholi deyarli hech narsani rejalashtira olmaydi. Hech qayoqqa sayohatga ham bormaydi, chunki bayramga yaqin qolganda birorta bilet qolmagan bo‘ladi.

Yoki kelgusi yilda qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydimi?

Hozircha ma’lum bo‘lgani, joriy yil 31 dekabr — shanba kuni 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kuni bo‘ladi. 1 yanvar esa shundoq ham yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayramlar dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, keyingi ish kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Ammo hali yangi Mehnat kodeksi rasman kuchga kirmadi. Demak, hozircha bu qoidani 1 yanvarga aloqasi yo‘q.

Qaysi yildagi dam olish kunlari qachon e’lon qilingani haqida ma’lumot:

2018 yilniki — 28 dekabrda;
2019 yilniki — 13 noyabrda;
2020 yilniki — 15 noyabrda;
2021 yilniki — 3 dekabrda;
2022 yilniki — 21 dekabrda;
2023 yilniki — ????

© Xushnudbek Xudoyberdiyev

Mavzuga doir:
Maktablarda yangi yil bayram tadbirlari o‘tkaziladimi?

Yangi yil tabriklari, 2023-yil uchun eng sara bayram tabriklari

Yangi yil haqida qiziqarli faktlar… 


❓Сколько дней отдыхают узбекистанцы в новогодние праздники?

✅ ОТВЕТ: пока не ясно.

С 2018 года в Узбекистане зародилась добрая традиция. По его словам, в преддверии праздников следующего года для удобства населения будут предоставлены дополнительные выходные дни, о чем будет объявлено всем заранее.

Жители могли соответствующим образом скорректировать свои планы, поездки или другие виды деятельности.

За исключением первого года, даты этих праздников объявлялись ранее в последующие годы. Но в прошлом году его объявили 21 декабря, как раз под Новый год.

Сегодня 21 декабря. Но о выходных пока ни слова. Я даже не смог найти документ об этом, выставленный на всеобщее обсуждение.

Таким образом, выходные в этом году будут позже, чем в прошлом году.

Одной из основных целей этой системы было развитие внутреннего туризма. Но когда праздники объявляют буквально за несколько дней до Нового года, жители почти ничего не планируют. Он даже не едет в поездку, потому что до праздника билетов не осталось.

Или в следующем году дополнительных выходных не будет?

Пока известно, что 31 декабря этого года — суббота будет выходным днем ​​для тех, кто работает по 6-дневной рабочей неделе. 1 января также приходится на воскресенье.

Согласно новому Трудовому кодексу, если выходной день приходится на праздничный день, следующий за ним рабочий день объявляется выходным. Но новый Трудовой кодекс еще официально не вступил в силу. Так что пока это правило не имеет никакого отношения к 1 января.

Информация о том, когда в каком году объявляются праздники:

2018 г. — 28 декабря;
2019 г. — 13 ноября;
2020 г. — 15 ноября;
2021 г. — 3 декабря;
2022 г. — 21 декабря;
2023 — ????

© Хушнудбек Худойбердиев

Предмет:
Проводятся ли новогодние праздники в школах?

Поздравления с Новым годом, лучшие поздравления с праздником 2023

Интересные факты о Новом году…

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: