Yangi tartib bo‘yicha talabalar qancha miqdorda stipendiya oladi?

Yangi tartib bo‘yicha talabalar qancha miqdorda stipendiya oladi

2021 yil 1 fevraldan boshlab, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilishi xabar qilingandi. Qonunchilikka muvofiq, to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan va ish haqlari oshirilganida kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilish kerak edi.

Ammo pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilida amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarning stipendiyalari miqdorida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini hisobladi.

Unga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydigan talabalarning bazaviy stipendiyasi 10 foizga oshirilib, 42 ming 800 so‘m qo‘shiladi, ya’ni 470 ming 800 so‘m etib belgilanadi (avval 428 ming so‘m edi).

Agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan holda, ya’ni 564 ming 960 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi (avval 513 ming 600 so‘m edi).

Stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorlari esa avvalgidek saqlanib qoladi.

Umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1 fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt puli to‘lagan.

Bunday vaziyatda oshirilgan stipendiya olish uchun ular kontraktiga qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni fevraldan boshlab 7 oy uchun 42 ming 800 so‘mdan hisoblaganda jami 299 ming 600 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak. Ana shunda ular o‘quv yili oxirigacha oshirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 so‘mni olishi mumkin bo‘ladi.

Agar stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foiz ustama oladi. Mana shu 20 foiz qo‘shimcha rag‘batlantirish 1 fevraldan oshiriladigan stipendiya miqdoridan hisoblanadi. Boshqacha aytganda, talaba sessiyani “5”ga yopsa, stipendiyasiga qo‘shimcha 94 ming 160 so‘m rag‘batlantirish oladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shart emas, faqat sessiyani «5» bahoga yopsa kifoya.

Yangi tartib bo‘yicha stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorlari ham o‘zgarishsiz qoladi.

Unga ko‘ra, agar stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda 94 ming 160 so‘m (ilgari 85 ming 600 so‘m edi) stipendiya oladi. Demak, 10 foiz ko‘tariladi. Buning uchun esa u hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilishi shart emas.

Qolgan hollarda stipendiyasiz kontraktni tanlaganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, hozirgidek qoladi.

Kun.uz muxbirining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, hozirda OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan 80 foiz talabalar stipendiyasiz to‘lov-kontrakt shaklida ta’lim oladi.


Сообщается, что с 1 февраля 2021 года оклады и стипендии работников бюджетных организаций увеличатся в 1,1 раза. По закону контрактные цены были привязаны к минимальной заработной плате, и при повышении заработной платы требовалось увеличение контракта.

Однако, учитывая снижение платежеспособности населения в условиях пандемии, текущие выплаты в текущем учебном году в целях создания льгот и социальной поддержки для семей, дети которых обучаются на контрактной основе в государственных высших учебных заведениях. суммы не изменились.

Юрист и блогер Хушнудбек Худойбердиев подсчитал, как изменится размер стипендии для студентов, обучающихся на основе государственных грантов и платы за обучение.

По его словам, базовая стипендия для студентов, обучающихся по государственным грантам, будет увеличена на 10% до 42,8 тыс. сумов, или 470,8 тыс. сумов (ранее было 428 тыс. сумов).

Если студент, обучающийся по государственному гранту, в конце семестра получает оценку «отлично» (5) по всем предметам (рейтинг 86 баллов и выше), то он получает базовую стипендию в размере 20%, т.е. 564 тыс. 960 Будет назначена стипендия в размере 513 600 сумов.

Стоимость обучения для студентов, выбравших стипендиальный контракт, останется прежней.

По общему правилу, если студент выбирает стипендиальный контракт, он дополнительно оплачивает 5 миллионов 136 тысяч сумов к договору с учетом базовой ежемесячной стипендии в размере 428 тысяч сумов. В результате они получат стипендию в размере 428 000 сумов на 12 месяцев. То есть он возвращает свои деньги. Теперь, хотя базовый размер стипендии будет увеличен с 1 февраля, по логике вещей, стипендия не будет увеличена для студентов, выбравших договор о выплате стипендии. Потому что они оплатили контракт на 428 тысяч сумов.

В этом случае им придется доплачивать за повышенную стипендию. Иными словами, начиная с февраля ему придется заплатить всего 299 600 сумов за 7 месяцев, из 42 800 сумов. Тогда они смогут получать повышенную стипендию в размере 470 800 сумов до конца учебного года.

Если студент, выбравший стипендиальный контракт, закроет все предметы в семестре с оценкой «5», он/она получит 20% надбавку от базовой стипендии. Этот 20% бонус включен в стипендию с 1 февраля. Другими словами, если студент закроет сессию с оценкой «5», он получит дополнительно 94 160 сумов. Доплаты нет, просто закройте сеанс на «5».

По новым правилам сумма контракта останется прежней для студентов, выбравших контракт без стипендии.По его словам, если студент выберет контракт без стипендии и закроет все предметы в семестре с оценкой «5», он получит стипендию в размере 94 160 сумов (ранее 85 600 сумов). Это 10-процентное увеличение. Ему не нужно доплачивать за это.

В остальных случаях для тех, кто выбирает контракт без стипендии, ничего не изменится, все останется по-прежнему.

По данным пресс-службы Министерства высшего и среднего специального образования, 80% студентов, обучающихся в настоящее время в вузе на платной основе, обучаются на контрактной основе без стипендии.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: