Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish
2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Ko’pchilikni talabalarning ham to’lov-kontraktlari nima bo’lishi o’ylantirayotgan edi.
AOKADA Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida o’tkazilayotgan brifing chog’ida bu masalaga oydinlik kiritildi:
“Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi”
, – dedi mutasaddi xodim.