Wordda ishlashni osonlashtiruvchi maslahatlar

Wordda ishlashni osonlashtiruvchi maslahatlar
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Microsoft word dasturida ishlashni osonlashtiruvchi bir necha amallar bilan tanishing.

Shift + Alt + D – bugungi sanani qo’yish
Shift + Alt + T – hozirgi vaqtni qo’yish

Agar siz matn terayotganingizda CAPS LOCK bosilib qoldi. Siz taxminan 5-6ta so’z yozvordingiz. Bosh harflarni kichik harflarga o’tkazish uchun(va aksincha) Shift + F3ni bosasiz.

Strelka bilan matn uzra kursorni harakatlantirmoqdasiz. Ishni tezroq amalga oshirish uchun CTRLdan foydalanasiz.
Matnni har joyidan belgilab olish uchun ham CTRL va sichqonchadan foydalanasiz.

So’zlar va qatorlar orasidagi masofa ko’ngildagidek bo’lmasa, «Разметка страницы» menyusidan «Расстановка переносов»/Авто amallarini bajarasiz.

Oldingi amalni takrorlash uchun F4 ni bosasiz.

Agar harfning ustiga urg’u qo’ymoqchi bo’lsangiz, harfni belgilab ALT+769 ni bosasiz. 7,6,9ni bir vaqtdamas, ketma ket o’ng tomondagi raqamlar bo’limidan bosasiz.

Yuqoridagi lentaga o’zingizga kerakli funksiyalarni joylashtirmoqchi bo’lsangiz yoki keraksizlarini olib tashlamoqchi bo’lsangiz «Файл» — «Параметры» — «Настроить ленту» amallaridan foydalanasiz.

Matn bo’ylab tezroq o’tmoqchi bo’lsangiz:

    Ctrl + Alt + Page Down — keyingi varaq;

    Ctrl + Alt + Page Up — oldingi varaq;

    Ctrl + Home — dokumentning eng boshiga o’tasiz;

    Ctrl + End — o’zingiz toping:)

Dokumentni saqlamoqchi bo’lsangiz odatda «Документы» papkasiga tushadi. Ushbu joyni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz «Файл» — «Параметры» — «Сохранение» bo’limidan «Расположение локальных файлов по умолчанию» da o’z papkangiz manzilini qo’yasiz.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: