Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga (bog‘chalarga) qabul qilish tartibi

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar
🔄 Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1. Ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yo‘llanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDYo organiga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.
2. So‘rovnoma to‘ldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.
3. Tegishli tashkilot va guruhda bo‘sh o‘rin bo‘lganda – yo‘llanma shakllantiriladi, bo‘sh o‘rin bo‘lmaganda – so‘rovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
🔘 Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:
● I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
● ko‘p bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
● kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
● ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
❌ Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yo‘llanma shakllangandan so‘ng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yo‘llanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
🗓 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
1 ish kunida
✅ Xizmat narxi:
Bepul
📋 Huquqiy asos: Hukumat (https://lex.uz/docs/5429899) qarori (https://lex.uz/docs/5429899) (319-son, 20.05.2021 y.)


🙎‍♂️ Пользователи сервиса:
Физические лица
🔄 Заказ услуги:

1. Родители, опекуны (усыновители, попечители и попечители), близкие родственники детей (дедушки, бабушки, совершеннолетние брат или сестра) или третьи лица (заявители) в центры государственных услуг за направлением обращаются лично или регистрируются на Единой интерактивной портал госуслуг.
Они могут обратиться в ЗАГС для комплексного использования государственных услуг одновременно с регистрацией своего рождения.
2. Анкета заполняется и автоматически отправляется в Информационную систему управления дошкольным образованием.
3. При наличии вакансии в соответствующей организации и группе — формируется направление, при отсутствии вакансии — обследование включается в общий или льготный список соответственно и формируется извещение.
🔘 Контингент детей для включения в льготный список:
● Дети людей с I и II группами инвалидности;
● дети из многодетных семей;
● дети-сироты или дети, оставшиеся без попечения родителей;
● Дети одиноких женщин, нуждающиеся в социальной защите, внесены в «Женскую книгу»;
● дети военнослужащих-контрактников и сотрудников правоохранительных органов;
● дети учащихся и учителей;
● дети, братья и сестры которых являются приемными детьми;
● перевод выздоровевших детей из многопрофильных специализированных дошкольных учреждений в общеобразовательные дошкольные учреждения.
❌ Если заявитель не оформит прием детей в организацию в течение 15 рабочих дней после формирования направления, то направление будет считаться недействительным.
🗓 Срок службы:
1 рабочий день
✅ Стоимость услуги:
Бесплатно
📋 Правовая основа: Постановление Правительства (https://lex.uz/docs/5429899) (https://lex.uz/docs/5429899) (№319 от 20.05.2021)

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: