To‘g‘ri qaror qabul qilish haqida

To‘g‘ri qaror qabul qilish haqida

To‘g‘ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi.

Lotereya oʼynamay turib, Xudodan yutuq soʼragan odam toʼgʼrisidagi latifani barchamiz eshitganmiz. Bugun koʼpchilikning hayoti ham ana shu latifada tasvirlangan syujetga oʼxshab qolgan. Ertani yaratish uchun bugun qanday yashayapmiz, degan savolga oʼzimizcha javob izlab koʼraylik.

Tadqiqotlarga koʼra, bizning taqdirimizda quyidagi uch muhim yoʼnalishdagi qarorlarning oʼrni juda yuqori ekan:
– diqqat-eʼtiborni nimaga qaratishga oid qarorlar;
– hayotingizda muhim ahamiyatga ega narsalarga oid qarorlar;
– xohish-ehtiyojlar uchun qilingan qarorlar.

Biroq, aksariyat odamlar bu tizimni oʼrnatishda idrokka suyanmaganliklari evaziga muntazam muvafaqqiyatsizlikka duchor boʼlaveradilar. Bizdagi qaror qabul qilish tizimiga odatda ota-onamiz, tengdoshlarimiz, oʼqituvchilarimiz, media, reklama yoki umuman ayrim hollarda mentalitet katta taʼsir
oʼtkazadi.

Koʼrinib turibdiki, qaror qabul qilish ham mahorat hisoblanadi. Qaror qoʼrquv yoki majburiyat mevasi boʼlishi kerak emas. U tafakkur, ilm va ishonch mevasi. Muvaffaqiyatli hayot ortida aslida kimningdir jurʼatli qarorlari yotganini unutmang!

📘»Biz g‘alaba qozonamiz» kitobidan.

Mavzuga doir:
Psixologik test: Siz qaror qabul qilishda qanchalik irodalisiz?

Yomon qarorlar qabul qilish: buni oldini olish mumkinmi?

Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o‘rganish mumkin?

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: