Beshta fandan test bo‘lishi qayerda tasdiqlangan?

Beshta fandan test bo‘lishi qayerda tasdiqlangan

Ko‘pchilik abituriyentlar «joriy yilda beshta fandan test bo‘lishining asosi bormi, qayerda tasdiqlangan?» deb savol berishmoqda.

Xushnudbek Xudoyberdiyev Bunga javoban huquqiy asoslarini keltirib o‘tdi.

Birinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 14 maydagi PQ-4319-sonli qarorida 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, 1-bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, 2-bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritish belgilangan edi. Ya’ni aslida o‘tgan yili 5 ta fandan test olinishi kerak edi.

Ammo pandemiya munosabati bilan abituriyentlarga yengilliklar berildi va ushbu Prezident qaroriga o‘zgarish kiritildi. Aniqrog‘i 12.06.2020 yildagi Prezidentning yana boshqa qarori bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, 5ta fandan test olinishi joriy yildan, ya’ni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi.

❗️Bu degani hozir ham o‘z kuchida turgan Prezident qaroriga ko‘ra, joriy yilda 5 ta fandan test olinishi kerak.

Ikkinchidan, Davlat qabul komissiyasining 2021 yil 7 martdagi 10-son bayoniga asosan, test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangandi. O‘sha majmuada 5 ta fandan test topshirilishi ko‘rsatilgan (rasmga qarang).

Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘lishiga oid mana shu 2 ta katta huquqiy asos mavjud.


Большинство абитуриентов спрашивают: «А есть ли резон сдавать в этом году зачет по пяти предметам, где он утвержден?» они спрашивают.

В ответ Хушнудбек Худойбердиев привел правовую основу.

Во-первых, Постановлением Президента Шавката Мирзиёева № PQ-4319 от 14 мая 2019 года набор предметов, подлежащих тестированию, был разделен на два раздела с даты зачисления в 2020/2021 учебном году (узбекский, русский или каракалпакский языки), математика и история. Узбекистана. На самом деле, в прошлом году нужно было протестировать 5 предметов.

Однако из-за пандемии заявителям были предоставлены льготы, а решение президента было изменено. Точнее, согласно другой поправке, внесенной Указом Президента от 12.06.2020, тестирование по 5 предметам планируется начать в этом году, то есть в 2021/2022 учебном году.

❗️Это значит, что по решению Президента, которое до сих пор в силе, в этом году будет проходить тестирование 5 предметов.

Во-вторых, согласно заключению Государственной приемной комиссии № 10 от 7 марта 2021 года утвержден набор предметов, подлежащих тестированию. В комплект входят тесты по 5 предметам (см. рисунок).

Есть два основных правовых основания для тестирования 5 предметов в этом году.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: