“Temir daftar”dagi oilalar farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi

“Temir daftar”dagi oilalar farzandlarining kontrakti to‘lab beriladi

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6260-son, 13.07.2021 y.) qabul qilindi.
💰 Farmonga ko‘ra, 2021 yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.
➡️ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi.
🏦 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
🏚 Ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi.
🎓 2021 yil 1 sentyabrdan respublikadagi OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi.
☑️ Davlat organlari va tashkilotlarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etiladi.
✅ Oylik ustamalar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi.


Принят Указ Президента «О дополнительных мерах по всесторонней поддержке молодежи и дальнейшему повышению ее социальной активности» (ПФ-6260, 13.07.2021).
💰 Согласно указу, в августе 2021 года будет оказана единовременная материальная помощь в размере 500 тысяч сумов на каждого ребенка в возрасте до 18 лет из семей, включенных в «Железную книгу».
➡️ Детям семей, включенных в «Железную книгу», обучающихся в государственных вузах, будет возмещена полная сумма контракта за первый учебный год в 2021/2022 учебном году.
🏦 Детям из семей, включенных в «Железную книгу» и «Женскую книгу», а также молодым людям, включенным в «Молодежную книгу», будет предоставлено до 33 млн сумов беззалоговых кредитов на строительство дополнительного жилья в своих домах при вступлении в брак.
🏚 По ипотечной программе дополнительно 2000 молодых семей получат субсидию на приобретение жилья в счет первоначального взноса и выплаты процентов.
🎓 С 1 сентября 2021 года студентам, обучающимся на платной основе в высших учебных заведениях страны, будут предоставляться образовательные кредиты по базовой процентной ставке ЦБ и погашением в течение 7 лет с седьмого месяца.
☑️ Будет введен порядок доплаты к заработной плате молодых специалистов, окончивших зарубежные вузы, входящих в список 500 престижных международных рейтинговых агентств, работающих в государственных органах и организациях, или имеющих ученую степень (PhD и другие приравненные к ним степени). ).
✅ С 1 октября 2021 года будут ежемесячно выплачиваться надбавки к заработной плате молодого специалиста на основании договора с Агентством развития государственной службы, работодателем и молодым специалистом на срок до 3 лет.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: