Taʼlim statistikasini yuritish boʻyicha Koreya tajribasi oʻrganilmoqda

Taʼlim statistikasini yuritish boʻyicha Koreya tajribasi oʻrganilmoqda

Kecha, 7-oktyabr kuni Taʼlim inspeksiyasi mutasaddilari hamda Koreya taʼlim taraqqiyoti instituti (KEDI) vakillari oʻrtasida onlayn muloqot oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston taʼlim tizimida statistik maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda sohaga zamonaviy AKT joriy etish boʻyicha Koreya taʼlim taraqqiyoti instituti (KEDI) bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, taʼlim statistikalari yuritish boʻyicha Janubiy Koreya Respublikasidan oʻrganish mumkin boʻlgan bir qator yutuqli jihatlar mavjud.
Xususan, joriy yilning 7-may kuni KEDI vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda koreyaliklar tomonidan taʼlim tizimining barcha bosqichlarini umumlashtiruvchi yagona statistik maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha hamkorlik qilish taklifi ilgari surilgandi. Mazkur loyiha orqali Oʻzbekistonda taʼlim koʻrsatkichlari va statistik salohiyatini oshirish koʻzda tutilgan. 2020 – 2022-yillarda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyihada Koreya vakillari tomonidan Oʻzbekistondagi tegishli vazirlik va tashkilotlari bilan hamkorlikda turli jarayonlar jumladan safarlar, intervyular, xalqaro seminarlar kabi tadbirlar tashkillashtiriladi. Bundan tashqari, KEDI vakillari mamlakatimizda taʼlim statistikasini oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek kelgusida takomillashtirish va faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tegishli vazirlik va tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritadi.
Ayni uchrashuv ham Oʻzbekiston taʼlim tizimida statistik maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha muhokamasiga bagʻishlandi.
Tadbirda ishtirok etgan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev koreyalik hamkorlarga koronavirus pandemiyasi boʻlishiga qaramay, Oʻzbekistonda taʼlim sifati va statistikasini yuritish boʻyicha salohiyatni oshirishga qaratilgan loyiha taklifi uchun minnatdorchilik bildirar ekan, bunda xorijlik hamkorlarning oʻrni muhimligini taʼkidladi.
– Koreya tajribasi Oʻzbekiston uchun taʼlim sifatini oshirish hamda sohada statistik maʼlumotlarni yuritishda biz uchun eng maʼqul namunalardan biridir. 2018-yil mart oyida Janubiy Koreya Respublikasiga safarimiz davomida koʻplab taʼlim tashkilotlari, vazirliklar, soha vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ham bunga bir necha bor amin boʻlganmiz.
Sir emaski, karantin cheklovlari, epidemiologik vaziyat sababli hamkorlikdagi rejalarimiz biroz kechikmoqda. Tashkiliy tadbirlar esa onlayn formatida amalga oshirilishiga toʻgʻri kelyapti. Vaziyatni toʻgʻri baholab, bu borada bizga har tomonlama koʻmak berib kelayotganligingizni qadrlaymiz.
Koreya taʼlim statistikasi holati va tizimi boshqaruviga doir qimmatli maʼlumotlar bilan tanishish biz uchun muhim. Bugungi muhokamalar kelgusida hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarimiz uchun asos boʻlib xizmat qiladi, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.
Oʻz navbatida Koreya Taʼlim statistika markazi, oliy taʼlim bandligi statistikasi jamiyati direktori Son Jiye mazkur masala boʻyicha hamkorlik qilishdan mamnun ekanliklarini taʼkidlar ekan, Janubiy Koreyadagi taʼlim statistikasining rivojlanish tarixi, hozirgi holati va rivojlanish jarayonlari haqidagi maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.
Taʼkidlanishicha, Janubiy Koreyada taʼlim statistikasini yuritish tarixi 1966-yilga borib taqaladi. Oʻsha yillarda maʼlumotlar qoʻlyozmalar shaklida jamlangan. 2010-yilga kelib, boshlangʻich, oʻrta maktab va undan keyingi taʼlim statistikasi bilan bogʻliq barcha kuzatuvlar uchun milliy taʼlim axborot tizimi (NEIS) yaratilgan. Oliy taʼlim tashkilotlari statistikasi esa har bir universitet uchun avtonom ravishda oʻrnatilgan integratsiyalashgan axborot tizimi (IIS) orqali olib boriladi. Ushbu tizim sohada maʼlumotlar bilan ishlash samaradorligining oshishiga xizmat qilgan boʻlib, u talabalar, ularning baholari va oʻqituvchilar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Universitetlardagi taʼlim statistikasi ushbu tizimdagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi. Yaqin kelajakda mazkur tizimlardagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda, bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishiga doir umumlashtirilgan statistik maʼlumotlar bazasi yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Shundan soʻng, KEDI statistika markazi tadqiqotchisi No Sangte Koreya taʼlimi statistikasini boshqarish jarayoni haqida maʼruza qildi. Ushbu maʼruzalar tomonlarni qiziqtirgan savol javob va munozaralarga ulanib ketdi. Bunda taʼlim tizimida statistik maʼlumotlarni toʻplash, haqqoniyligi taʼminlashda Oʻzbekiston va Koreya tajribasi va tomonlar oʻrtasida oʻzaro oʻrganish lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha fikr almashildi.
Muhokamalar yakunida, Taʼlim inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi Rashid Tojiboyev koreyalik hamkorlarga taʼlim statistikasi holati Oʻzbekiston tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi. Mazkur maʼlumotlar ham koreyaliklar tomonidan oʻzgacha qiziqish bilan qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, Koreya taʼlim taraqqiyoti instituti (KEDI) 1972-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi taʼlimni rivojlantirish va takomillashtirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat.
!Ma’lumotlar rus tilida:
Вчера, 7 октября, состоялся онлайн-диалог между должностными лицами Инспекции образования и представителями Корейского института развития образования (KEDI). На нем обсуждалась проводимая работа по созданию статистической базы данных в системе образования Узбекистана. Следует отметить, что Государственная инспекция по контролю качества образования тесно сотрудничает с Корейским институтом развития образования (KEDI) по изучению передового опыта и внедрению современных ИКТ в сфере. В частности, есть ряд достижений, которым можно поучиться у Республики Южная Корея в области образовательной статистики.
В частности, на встрече с представителями KEDI 7 мая этого года корейцы предложили сотрудничать в создании единой статистической базы данных, обобщающей все этапы системы образования. Проект направлен на повышение эффективности образования и статистического потенциала в Узбекистане. В рамках проекта, который будет реализован в 2020-2022 годах, делегация Кореи в сотрудничестве с соответствующими министерствами и организациями Узбекистана организует различные мероприятия, в том числе поездки, интервью, международные семинары. Кроме того, представители КЕДИ внесут предложения и рекомендации в профильные министерства и организации по изучению и анализу статистики образования в стране, а также по дальнейшему совершенствованию и проведению мероприятий.
Встреча также была посвящена обсуждению совместного проекта по созданию статистической базы данных в системе образования Узбекистана.
Улугбек Ташкенбаев, начальник Инспекции образования, поблагодарил корейских партнеров за проектное предложение по повышению потенциала для поддержания качества образования и статистики в Узбекистане, несмотря на пандемию коронавируса, и подчеркнул важность зарубежных партнеров.
— Корейский опыт является одним из лучших примеров для Узбекистана в повышении качества образования и ведении статистики в сфере. Во время нашего визита в Республику Корея в марте 2018 года мы несколько раз встречались с представителями учебных заведений, министерств и промышленности.
Не секрет, что наши совместные планы немного затягиваются из-за карантинных ограничений и эпидемиологической ситуации. Организационная деятельность должна осуществляться в режиме онлайн. Мы ценим вашу оценку ситуации и вашу поддержку в этом отношении.
Нам важно знать статус корейской статистики образования и ценную информацию об управлении системой. Сегодняшние обсуждения послужат основой для нашей будущей совместной работы, — сказал начальник Инспекции образования.
В свою очередь, Корейский центр статистики образования,Сон Джие, директор Общества статистики занятости в высшем образовании, сказал, что рад сотрудничеству по этому вопросу, обмену информацией об истории, текущем состоянии и развитии статистики образования в Южной Корее.
Отмечается, что история статистики образования в Южной Корее восходит к 1966 году. В те годы данные собирались в рукописном виде. К 2010 году была создана Национальная информационная система образования (NEIS) для всех наблюдений, связанных со статистикой начального, среднего и послесреднего образования. Статистика вузов ведется через интегрированную информационную систему (ИИС), которая создается автономно для каждого вуза. Система помогла повысить эффективность обработки данных на местах и ​​включает информацию об учениках, их оценках и учителях. Статистика университетского образования основана на данных этой системы. В ближайшее время планируется создать обобщенную статистическую базу данных по трудоустройству выпускников, обобщив данные в этих системах.
После этого Но Сангте, исследователь Статистического центра KEDI, выступил с презентацией о процессе управления корейской статистикой образования. Эти доклады сопровождались вопросами и ответами, а также дискуссиями. Состоялся обмен мнениями об опыте Узбекистана и Кореи по сбору статистических данных в системе образования, достоверность которых следует изучить между сторонами.
В завершение обсуждений начальник отдела инспекции образования Рашид Таджибаев поделился с корейскими партнерами информацией о состоянии статистики образования и опыте Узбекистана. Эта информация также была с большим интересом воспринята корейцами.
Для сведения, Корейский институт развития образования (KEDI) был создан в 1972 году с основной целью разработки государственной политики в области развития и совершенствования образования.
[/spoiler]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: