Taʼtil davrida yotoqxonaga kelgan talabalarga sharoit yaratiladi

Taʼtil davrida yotoqxonaga kelgan talabalarga sharoit yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan taʼtil yakuniga yetmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Ayni damda qishki taʼtil uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish boʻyicha individual ishlar olib borilmoqda.

Havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga koʻra zarur sharoit yaratib berish choralari koʻriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan mazkur topshiriq barcha taʼlim muassasalari rahbarlariga berilgan. Shuningdek, talabalarning taʼtillarini samarali tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Shu oʻrinda, oʻz yashash hududlarida qolgan talabalarga oʻz ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.

Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari soʻraladi.

Bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sogʻligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda OTMlar rahbariyatiga har bir talaba uchun qoʻshimcha qishki hordiqni samarali tashkil qilish va bunda insoniylik tamoyillariga rioya qilib, masalaga yechim topish qatʼiy belgilandi. Mazkur topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida ekanini eslatib oʻtamiz.

Mavzuga doir:
Rasmiy xabar: qishki ta’til uzaytirildi

Uzaytirilgan qishki ta’til xususiy ta’lim tashkilotlariga ham taalluqlimi?

Nodavlat ta’lim muassasalarida ham ta’til uzaytirildimi?


Министр высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан Ибрагим Абдурахманов дал поручение ректорам и проректорам всех высших учебных заведений нашей республики по созданию надлежащих условий для студентов, прибывших в университет до окончания продленного отпуск.

На данный момент зимние каникулы продлены, но студентам, прибывшим в общежитие досрочно, для подготовки к учебе или приехавшим в образовательные учреждения из регионов для другой целенаправленной работы, рекомендуется эффективно провести дополнительные зимние каникулы со своими близкими в на руках родителей, и ведется индивидуальная работа по созданию для этого всех условий.

Объяснено, что вспышка сезонных инфекционных заболеваний высока в результате резкого понижения температуры воздуха, и принимаются меры по созданию необходимых условий для каждого студента исходя из реальной ситуации.

Министр высшего образования, науки и инноваций издал приказ руководителям всех учебных заведений. Также ведется работа по эффективной организации каникул студентов.

На данный момент он организован для студентов, которые остаются в своих жилых помещениях, чтобы улучшить свои знания и навыки с помощью домашних заданий, чтения книг и онлайн-классов.

Студентам предлагается обращаться в ректорат вуза, в котором они учатся, в любых проблемных ситуациях.

Все эти меры реализуются для того, чтобы не допустить серьезного ущерба здоровью студентов в результате резкого перепада температуры воздуха.

В этот момент перед руководством высших учебных заведений была поставлена ​​задача эффективно организовать дополнительные зимние каникулы для каждого студента и найти решение проблемы в соответствии с принципами гуманизма. Напоминаем, что эта задача находится на личном контроле у ​​министра.

Предмет:
Официальное объявление: зимние каникулы продлены

Распространяются ли продленные зимние каникулы и на частные учебные заведения?

Продлили ли каникулы в негосударственных образовательных учреждениях?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: