Subsidiya olish uchun daromad qancha bo‘lishi kerak?

Subsidiya olish uchun daromad qancha bo‘lishi kerak?

Subsidiya olish uchun daromad qancha bo‘lishi kerak va bunga kimlarning daromadini kiritish mumkin?

Subsidiya olish uchun daromad miqdori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan «Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM»ga asosan Fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat budjetidan subsidiya ajratilishi uchun ariza beruvchi va/yoki oilaning daromadi:

    👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKM (980 000 so‘m)ning 2,7 baravari (2 646 000 so‘m) dan kam bo‘lmasligi va 8,0 baravari (7 840 000 so‘m)ga teng yoki kam bo‘lishi kerak;

    👉 Toshkent shahrida — MHTEKM ning 2,7 baravari (2 646 000 so‘m)dan kam bo‘lmasligi va 9,2 baravari (9 016 000 so‘m)ga teng yoki kam bo‘lishi zarur.

Agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qo‘shilgandan so‘ng o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Subsidiya arizasi rad etilish sabablari

Qaysi holatda Subsidiya olish uchun topshirilgan ariza rad qilinadi?

Subsidiya olish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

    1) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

    2) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;

    3) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

    4) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

    5) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
    Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.

© yuristlar_maslahati

Mavzuga doir:
Issiqxona qurish uchun subsidiya kredit olish tartibi qanday?

Ichki sayohat uchun subsidiya ajratish tartibi ochiqlandi

Yaxshi loyiha uchun talabalarga 100 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratiladi

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: