Ushbu savolga AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboeva quyidagicha javob qaytardi:
» Vazirlar Mahkamasining 250-sonli Qaroriga muvofiq har bir sektor kesimida mahallabay «Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
• ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar);
• boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
• ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar;
• uy-joyini ta’mirlashga muhtoj 2 guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar);
• noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar;
• qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud yolg‘iz ayollar;
• tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
• huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar);
• psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).
!Ma’lumotlar rus tilida:
На этот вопрос на брифинге в АОКА ответила начальник информационной службы Минюста Севара Уринбаева:
«В соответствии с Постановлением Кабинета Министров № 250 в «Женскую книгу» махалли в каждом секторе включены следующие категории женщин старше 30 лет:
• Безработные женщины, нуждающиеся в социальной защите (женщины, которые не трудоустроены, желают работать, не имеют источника дохода, в том числе частично утратившие трудоспособность, но готовы работать);
• малообеспеченные женщины, лишившиеся кормильца;
• женщины с инвалидностью 1 и 2 группы, нуждающиеся в социальной помощи;
• 2 группы женщин с инвалидностью, нуждающихся в ремонте дома (те, кто полностью потерял трудоспособность, живут одни, не имеют возможности ремонтировать свое жилье);
• Женщины, проживающие в нежилых районах, которым негде жить на имя себя или совместно проживающих членов семьи;
• одинокие женщины с ребенком на попечении;
• женщины, нуждающиеся в медицинской защите;
• женщины, нуждающиеся в юридической помощи (обратившиеся за юридической консультацией, чьи права и законные интересы были нарушены);
• Женщины, нуждающиеся в психологической помощи (женщины с социальными проблемами, жертвы угнетения и насилия).
[/spoiler]