Qiz talashgan ota va o’g’il (rivoyat)

Qiz talashgan ota va o’g’il (rivoyat)
Telegramda o'qish

🕯Rivoyat qilishlaricha bir yigit otasining yoniga kelib shunday debdi:

— Otajon, men bir go’zal qizni uchratdim. Unga uylanishni istayman. U shu qadar dilbarki, ko’zlariga mahliyo bo’lib to’ymaydi kishi.
— Bu juda yaxshi holku, o’g’lim. Avval uning qo’lini so’rab ko’ramiz. Qizga ma’qul kelsang, unga uylanasan, — debdi otasi kuvonib. Ertasi kuni ota-bola qiznikiga sovchilikka borishibdi.
O’g’li ta’rif etgan go’zalni ko’rgach, ota aynib qolibdi. O’g’liga bu qizga u nomunosibligini, bu dilbarga o’zi uylanishini aytibdi.
«U mendek ko’pni ko’rgan va uning qadriga yeta oladigan insonga munosib», — debdi ota.
Otasining munosabatidan hayratga tushgan o’g’il padari bilan talashib ketibdi. Nafs ko’yida telba bo’lgan jigarlar muammoga murosa izlab, qozining xuzuriga borishibdi.

Ularning arz-dodini tinglagan qozi dilbar to’g’risidagi ta’riflardan so’ng bu jononni ko’rmoq istagida qizni mahkamaga chaqirtiribdi.
Mahkamaga yal-yal tovlanib kirib kelgan qizni ko’rib, qozi ham aql-xushidan ayrilibdi va ota bilan o’g’ilga dag’dag’a qilib, ularni mahkamadan haydab yuboribdi.
— Bu go’zal senlarga o’xshagan ahmoqlar uchun yaratilmagan. U mendek nufuzli odam uchun yaratganning hadyasidir, — debdi ularning ortidan. Qozining kilig’idan jahli chikkan ota-bola yechim izlab vazirning oldiga borishibdi.

Vazir ularni dardini tinglagach, qozi bilan kizni ham mahkamaga chaqirtiribdi va uning ham qizga ishqi tushib, xudbin oshiqlarni pokiza kiz nomiga dog’ tushirishda ayblab, jazoga buyuribdi.
— Bu oychexraga faqatgina vazir bilan yashamok yarashadi. Sen yalangoyoklarga unga uylanishga yo’l bo’lsin, — debdi.
Ammo bu gap-so’zlardan xabar topgan shaxzoda vazirni ham qo’shib, jazoga tortibdi.
— Bunday go’zallar fakatgina shaxzodalarga yarashgay, — deya vazirni ham dog’da qoldiribdi shaxzoda.

Bu bahs-munozaraga guvoh bo’lgancha, sukut saqlab turgan go’zal esa to’satdan qah-qah otib kulib yuboribdi.
— Kimga turmushga chiqishni o’zim hal kilaman, — debdi so’ng ayyorona ko’z suzib.
— Mayli, shunday qil, parichexra, — deyishibdi telba oshiqlar.
— Mening shartim bor. Hozir men yuguraman,agar ortimdan kim menga yetib olsa, men o’shanikiman! — debdi qiz.
Uning ishqida ko’zi ko’r bo’lgan oshiqlar darhol rozi bo’lishibdi. Qiz esa yugurib ketibdi. Nafs va xudbinlik quli bo’lgan, bir-birini bosib yanchib chopayotgan ota-o’g’il qozi, vazir va shaxzoda ko’p o’tmay chuqur bir o’raga tushib ketishibdi.
Shunda kiz o’raning tepasiga kelibdi va ularga jilmayib shunday debdi:
— Ex siz g’o’r insonlar! Mening kimligimni so’ramay ortimdan yugurdingiz. Mening ismim mol-dunyo. Angladimki, menga erishish uchun xatto ota o’g’ilni, jigar jigarni o’ldirishga,odamlar bir-birini yo’q qilishga tayyor ekan. Lekin oxir-oqibat ularning bu xohish-istaklari mana bu qabr. Men esa yana odamlarni aldashda davom etaveraman…

Qissadan xissa shuki, mol-dunyo vaqti kelsa, qon-qarindoshlarni bir-biridan ayiradi. Fakat qalbida ezgu xislatlar jo bo’lgan insonlargina qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi bebaho qadriyatlarni o’tkinchi xoyu-havaslarga almashtirmaydi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: