Pandemiya sharoitiga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi

Pandemiya sharoitiga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilining 1-choragi uchun umumta’lim maktablarining pandemiya sharoitlariga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Mazkur dars jadvali asosida umumta’lim maktablarining navbatliligi (smenasi), o‘quvchi o‘rni, sinflar va o‘qituvchilar sonidan kelib chiqib, ushbu namunaviy jadvalga moslashtirilgan holda dars jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
Dars jadvalini tuzishda quyidagi talablarga e’tibor qaratiladi. Jumladan, bir vaqtning o‘zida o‘quvchilar ko‘p to‘planmasligi va tirbandlikni oldini olish uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish vaqtlari belgilanadi (boshlang‘ich sinflar uchun 8-00 da, 5-8 sinflar uchun 8-30 da, 9-11 sinflar uchun 9-00 da).
O‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida, jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya hamda tarbiya fanlari o‘quv yili boshida vaqtinchalik o‘tilishi tavsiya etilmaydi, ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi to‘liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi.
Tanaffus vaqtlarida sanitar-gigiyenik talablarga rioya etish, ijtimoiy masofani saqlash va o‘quvchilarning o‘zaro muloqotini cheklash maqsadida darslar oralig‘ida qo‘ng‘iroqlar chalish tavsiya etilmaydi, tanaffus vaqtlarida bir vaqtda o‘quvchilar to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Darslar orasida 5 daqiqalik tanaffus beriladi, shuningdek, boshlang‘ich sinfda 2-soat darsidan keyin, 5-11 sinflarda 3-soat darsidan keyin 10 daqiqalik katta tanaffus, smenalar oralig‘ida esa 30 daqiqa tozalash uchun vaqt beriladi.
Masofaviy shaklda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun televizion darslar jadvali joriy yilning 10 sentabridan boshlab vazirlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14 sentabr kunidan boshlanadi.


Министерством народного образования разработано типовое расписание уроков на 1-ю четверть 2020-2021 учебного года, адаптированное к условиям пандемии общеобразовательных школ.

Об этом сообщается на официальном сайте Министерства народного образования.

На основе этой программы рекомендуется составлять программу с учетом очередности (сменности) общеобразовательных школ, количества учащихся, классов и количества учителей.
При планировании урока необходимо учитывать следующие требования. В частности, время начала занятий устанавливается таким образом, чтобы одновременно не было скученности и скученности (в 8-00 для начальных классов, в 8-30 для 5-8 классов, в 9-00 для -11 классов).
В целях охраны здоровья учащихся, предотвращения чрезмерного общения при соблюдении социальной дистанции занятия физкультурой, допризывной военной подготовкой, музыкальной культурой, изобразительным искусством и рисованием, техникой и педагогическими науками временно приостанавливаются в начале учебного года. Не рекомендуется преподавание этих предметов посредством телевизионных уроков в форме дистанционного обучения. Следует отметить, что заработная плата учителей этих предметов будет полностью сохранена, и они будут заниматься организационными вопросами, связанными с организацией учебного процесса в школе.
В целях соблюдения санитарно-гигиенических требований на переменах, соблюдения социальной дистанции и ограничения взаимодействия учащихся не рекомендуется совершать звонки между занятиями, разрешать учащимся собираться в одно и то же время на переменах, не улыбаться.
Между уроками будет 5-минутный перерыв, а также 10-минутный перерыв после 2-х часов в начальной школе, 10-минутный перерыв после 3-часовых занятий в 5-11 классах и 30-минутный перерыв между сменами. .
Расписание телеуроков для студентов заочной формы обучения будет объявлено 10 сентября текущего года на официальном сайте Министерства и на страницах в социальных сетях.
2020/2021 учебный год официально начнется 14 сентября этого года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: