O‘quvchilar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat tashkil etilmoqda

O‘quvchilar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat tashkil etilmoqda

2–10 yanvar kunlari «Yoshlar turizmi haftaligi» doirasida «Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» tadbiri tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» hamda «Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarning ta’til davridagi vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylari, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yoshlarni tarbiyalashdir.
Ta’kidlash kerakki, ta’til davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan o‘quvchi yoshlar o‘z hududlaridagi, Toshkent shahrining 400 nafar o‘quvchi yoshlari esa Samarqand viloyatidagi ziyoratgoh va qadamjolar, tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda.
Xususan, bugun Surxondaryoda o‘quvchilar viloyat tarixi va madaniyati muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi, Termiz hayvonot bog‘i, «Al-Hakim at-Termiziy» va «Sulton Saodat» majmualari kabi diqqatga sazovor hamda ekoturizm hududlariga sayohat qilishmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa o‘quvchilar Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyi bilan yaqindan tanishishdi. Buxoroda 500 nafarga yaqin o‘quvchilar qadimiy Ark qo‘rg‘oni va boshqa obyektlar, shuningdek, eski shaharning ertaknamo ko‘chalari bo‘ylab sayohat qilishdi. Toshkent shahar yoshlari esa ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun Samarqandga yo‘l olishdi.

Mavzuga doir:
Nega sayohat – ta’lim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Qoyil, dunyoning eng boy muzeylariga vertual sayohat endi bepul

Tafakkurning 64 nuqtasi — bilimlar olamiga olib boruvchi eng jozibali yoʻl


Со 2 по 10 января в рамках «Недели молодежного туризма» организовано мероприятие «В Новый год – тур по новому Узбекистану».

Данное мероприятие направлено на обеспечение реализации решений Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по диверсификации услуг внутреннего туризма» и «О мерах по развитию сферы услуг в музеях» в стадии реализации.
Основная цель – содержательно организовать время школьников в каникулярный период, познакомить их с историческими и интересными местами нашей страны, проводимыми творческими работами, воспитать молодежь, которая создаст основы Третьего Возрождения.
Следует отметить, что в период каникул школьники из Республики Каракалпакстан и областей выезжают к местам паломничества, святыням, историческим и интересным местам в своих регионах, а 400 школьников из Ташкента выезжают в Самаркандскую область.
В частности, сегодня в Сурхандарье студенты выезжают в краевой музей истории и культуры, Термезский археологический музей, Термезский зоопарк, комплексы «Аль-Хаким ат-Термизи» и «Султан Саодат» и зоны экотуризма.
В Республике Каракалпакстан школьники познакомились с Каракалпакским художественным музеем имени Савицкого. В Бухаре около 500 студентов осмотрели древнюю крепость Арк и другие объекты, а также сказочные улочки старого города. Молодежь Ташкента отправилась в Самарканд, чтобы содержательно провести отпуск.

Предмет:
10 причин, почему путешествия — лучшая форма образования

Вау, виртуальный тур по богатейшим музеям мира стал бесплатным

64 точки медитации — самый привлекательный путь в мир знаний

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: