O‘quvchilarning bosh kiyimiga bo‘lgan talablarni muhokama qilish juda bahsli masala. Bu mavzuda juda ko‘p postlar yozishimiz mumkin. Lekin ushbu savolga mutaxassislarning o‘zlari javob bergani ma’qul.
Biz vazirlik tomonidan 2021 yilda o‘quvchilarning ro‘mol o‘rashi bilan bog‘liq masalaga javob berilgani haqida yana bir bor ma’lumot berib o‘tishimiz mumkin.
2021-2022 o‘quv yilida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, milliy qadryatlarimizga amal qilgan holda qizlar uchun istisno tariqasida maktabda (boshning orqa tomoniga o‘ralgan holatda) oq ro‘mol va ochiq ranglarda milliy ro‘mol va do‘ppida bo‘lishlariga ruxsat berilgan.
Demak, o‘quvchi-qizlarga maktabda oq va ochiq ranglarda milliy ro‘mol (boshning orqa tomonidan o‘ralgan holatda) va do‘ppida bo‘lishlariga ruxsat etiladi.
Mavzuga doir:
Maktabda o‘qituvchilarning ro‘mol o‘rab yurishiga taqiq bormi?
Maktab formasi butunlay bekor qilindimi?