Onalar haqida sahna ko’rinishi

Onalar haqida sahna ko’rinishi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

8-mart ayollar bayrami va boshqa turli tadbir dasturlarida namoyish etish uchun tayyorlangan sahna ko’rinishi

Ushbu sahna ko’rinishi onalarni ezozlash, qadriga yetish mazmunida tayyorlandi. Sahna ko’rinishini ijro etish uchun olib boruvchi, ona, o’g’il, journalist, o’g’ilning xotini, o’g’ilning singlisi kabi obrazlar ishtirok etadi. Siz 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etayotgan bo’lsangiz, bizda shu bayram dasturlariga atalgan senariylar, she’rlar va qo’shiqlar to’plami bor.

Ona ulug’ siymo sahna ko’rinishi

Sahna chiroyli qilib bezatilgan mungli kuy taralmoqda. Sahnaga olib boruvchi chiqadi va katta korxona rahbarini tanishtiradi:

Olib boruvchi: Assalomu alaykum azizlar, biz sizlarga ona haqida juda ta’sirli sahna ko’rinishi tayyorlaganmiz. Ushbu inson poytaxtimiz Toshkent shaxrida obro-e’tibor qozonib kataa firma ochgan. Bu kishini biznesmen sifatida hamma taniydi. Foziljon Qobiljonovichning hamma narsasi bor. Faqat o’zi tug’ilib o’sgan viloyatida yashayotgan onasini ko’rib kelgani vaqti yo’q. Onaizor uni sog’inadi, tinmay qo’ng’iroq qiladi.
Foziljon Qobiljonovich bo’lib bir o’quvchi ish stolida qog’ozlarni ko’zdan kechirib o’tiribdi. Shu paytda ona paydo bo’lib, o’g’liga qo’ng’iroq qiladi:

Ona: Hormang boy o’g’lim, yaxshimisiz, dunyo ishlari sizni charchatib qo’ymayaptimi?
O’g’il: Assalomu alaykum onajon, yaxshimisiz, bardam-tetik yuribsizmi? Men ham yaxshiman, ishlarim zo’r, faqat shu desangiz biroz vaqtim ziqroq edi, hozir televideniyadan bir journalist keladi.
Ona: O’g’lim ishlaring yaxshi ekan, seni juda sog’indim, vaqting bo’lsa ertaga bir kelgin. Anchadan beri diydor ko’rishmaymiz, bir kelib ketgin…
O’g’il:Oyijon, , men ham sizni sog’inganman, men ham sizni ko’rgim kelyapti, faqat ertaga emas. Ertaga biznes hamkorlarimiz bilan uchrashuvimiz bor edi. Lekin oyijon hafa bo’lmang, tez orada borib qolaman.
Ona: Mayli bolam, sog’-omon bo’lsang bas, o’zingni ehtiyot qilib yur bolam…
O’g’il: Xo’p oyijon, qishloqdagilarga salom ayting

Olib boruvchi: Foziljon Qobiljonovich onasi qo’ng’irog’iga ko’pincha ana shunday javob berar edi. Bugun ofisga televideniyadan journalist qiz kirib kelishi kerak. Ana yetib ham keldi.
Jurnalist qiyofasida bir ishtirokchi kirib keladi.

Jurnalist: Assalomu alaykum – men – televideniyadan tashrif buyurgan jurnalistman, siz haqingizda ko’rsatuv tayyorlashga keldim.
O’g’il: Valeykum assalom, xush kelibsiz, marhamat har qanday savollaringizga javob berishga tayyorman.
Jurnalist: Men barcha savollarimni syomka jarayonida bermoqchiman, ertaga shu ko’rsatuvni syomka qilamiz. Ishqilib ertaga vaqtingiz bo’ladimi?
O’g’il: Ertaga biznes-hamkorlarimiz bilan uchrashuvimiz bor edi, mayli bu uchrashuvni boshqa kunga qoldirib syomkaga boraman.
Jurnalist: Bo’lmasa ertaga Mustaqillik maydoniga keeling, ko’rsatuvni shu yerda tayyorlaymiz.
O’g’il: xo’p bo’lmasa

Olib boruvchi: Foziljon Qobiljonovich onasi uchun topolmagan vaqtini televideniya uchun topdi. Onasi uchun biznes-hamkorlar bilan uchrashuvni bekor qila olmadi, televideniya uchun bekor qildi. Oradan 10 kunlar o’tib onasi yana qo’ng’iroq qildi:

Onasi: O’g’lim tuzukmisan, biroz mazam bo’lmayapti, ertaga kela olasanmi?
O’g’il: Assalomu alaykum onajon, sog’ligingiz yaxshimi, hozir ishlarim ko’p-u lekin ertaga albatta borishga harakat qilaman.
Onasi: O’g’lim albatta kelgin.

O’g’il: Onamni ham ko’rib kelganimga ancha bo’lib qoldi, ertaga bir borib qo’ysam bo’larkan.

Olib boruvchi: Shu orada Foziljon Qobiljonovichga xotini qo’ng’iroq qildi:
Xotini: Assalomu alaykum dadasi, ishlab turibsizmi
O’g’il: Valeykum assalom onasi o’zinglar tinchmisizlar?
Xotini: Ha tinchmiz, ertaga tug’ilgan kunim ekanligini yodingizga solib qo’ymoqchi edim, ertaga shaxar aylantirgani olib chiqasiz-a?
O’g’il: Ertaga onamlarni ko’rib kelgani bormoqchi edimku
Xotini: Mening tug’ilgan kunimda tashlab ketasizmi, boshqa kuni borarsiz?
O’g’il: Mayli bo’lmasa, ertaga shaxar aylantirganim bo’lsin

Olib boruvchi: Foziljon Qobiljonovich Bu safar ham onasini ko’rgani bora olmadi. Oradan 2 hafta o’tib Onasi yana qo’ng’iroq qildi:
Onasi: O’g’lim tuzukmisan, kelaman deb kelolmayapsan, ishlaring ko’p bo’lsa kerak, Seni juda sog’inganman bolam
O’g’il: Assalomu alaykum oyi, bilasizku ishlarim juda ko’p yaxshi bo’lib qoldingizmi? Oldingizga bora olmayotganim uchun o’zim ham xijolatdaman.
Onasi: Yo’q, xijolat qilma o’g’lim, sog’-omon bo’lib yursang bas. Diydoringni ko’rolmay o’tib ketamanmi deb qo’rqyapman.
O’g’il: Yog’e oyijon unday demang, siz hali uzoq yashaysiz, bunday xayollarni boshingizdan chiqarib tashlang
Onasi: Vaqting bo’lsa ertaga bir kelarsan jon bolam
O’g’il: Xop oyijon, ertaga albatta boraman.

Olib boruvchi: Ertasi kuni farzand onasini ko’rib kelgani endi taraddud ko’rib turganda savdo vazirligidan qo’ng’iroq qilishib bugun vazirning uyida yubiley bayram bo’layotgani tez yetib kelmasa bo’lmasligini aytishdi. – Vazirning nazaridan tushib qolmaslik uchun onasining huzuriga emas, Vazirning yubiley bayramiga bordi. Oradan 2 kun o’tib qishloqdan singlisi qo’ng’iroq qildi:
Singlisi: Alo, alo – meni eshityapsizmi, onamiz, onamiz…
O’g’il: Nimalar deyapsan, nima bo’ldi onamga gapir gapir!
Singlisi: Aka, onamizdan ajrab qoldik, onamiz endi yo’q, sizni so’ray-so’ray vafot etdilar akajon…
O’g’il: Yo’-o’q, yo’q! Nega unday bo’ldi? Hali tetik edilarku?! Yo’-o’q, yo-o’’q…
Foziljon Qobiljonovich shunday deya ko’zda yosh bilan Muhammad Yusufning ushbu she’rini ijro etadi:
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni koʻrib yorugʻ dunyoda,
Toshkanni koʻrmagan bechora onam,
Bolang boʻlib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga oʻgʻil boʻldimmi!..

Garchi bisotingda “bayram” soʻzi yoʻq,
Bilaman, kutasan sandal toʻla choʻgʻ,
Menda yurak deganlarin oʻzi yoʻq:
Men sovgʻa bermagan qiz yoʻq bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga oʻgʻilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yoʻqlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas…
Axir, mening dardim Sheʼr emas faqat,
Men mashhur shoirmas – mashhur beshafqat,
Endi men ham senga oʻgʻilmanmi, ayt?..

Shaʼningga sheʼr bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz choʻkib, qoʻlingni oʻpsin.
Undan ham ulugʻim borligin koʻrsin,
Men uchun ham aziz holingni soʻrsin,
Sensiz gʻarib koʻnglim koʻngilmi, onam,
Endi men ham senga oʻgʻilmi, onam!..

Olib boruvchi: Mana azizlar, sahna ko’rinishimiz o’z nihoyasiga yetdi. Istagimiz bugunoq onajonlaringiz oldiga borib ularni yaxshi ko’rishingizni ayting. E’tiboringiz uchun rahmat.
Sahna ko’rinishi shu bilan tamom bo’ladi. Yakunda Malika Ravshanovaning “Bu mening onam” qo’shig’ini aytish ham mumkin.
Ushbu sahna ko’rinishini PDF shaklda yuklab olishni istaysizmi? – Marhamat!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: