Nega o‘qituvchilar majburiy obunaga hali ham jalb qilinmoqda?

Nega o‘qituvchilar majburiy obunaga hali ham jalb qilinmoqda?

Tan olib aytish kerakki, 2020 yilga kelib o‘qituvchilar o‘z lavozim vazifalariga kirmaydigan juda ko‘plab ishlardan ozod qilindi.

Paxtaga chiqish, ko‘cha tozalash, uyma-uy yurish (to‘liq emas albatta), odam soni uchun o‘tkaziladigan sanoqsiz yig‘ilishlardan halos bo‘lganligini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.

Lekin afsuski, mana shu majburiy obunadan hecham qutilolmayapti. Mutasaddilarga nisbatan shuncha taqiqlov, jarimalar qo‘llanishiga qaramasdan ko‘p joylarda majburiy obuna hali ham davom etayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Aslini olganda gazeta va jurnallarning bunday majburiy tarzda tiqishtirilishini men o‘ta sharmandali holat deb hisoblayman.

Shu gazeta va jurnallarda biroz bo‘lsada qiziqarliroq, tanqidiy, odamni o‘ziga jalb qiladigan ma’lumotlar berilsa, majburlanmasa ham unga ko‘pchilik ixtiyoriy ravishda obuna bo‘laveradi. Qarang o‘qituvchilar ayrim mutasaddilarga «Nimaga men bu gazetaga obuna bo‘lishim kerak desa, o‘qituvchi gazeta o‘qishi kerak! Gazeta o‘qimasa qanday qilib o‘quvchilarga dars beradi» deyishar ekan. Mantiqsizlikni qarang.

Fikrimcha, o‘qituvchi gazeta yoki jurnal o‘qimasa ham yaxshi dars o‘tishi mumkin. Internet rivojlangan bo‘lsa, undan tashqari darslikdarda ma’lumotlar yetarli bo‘lsa, yangiliklarni shundoq ham televizorda ko‘rsa, unda nima keragi bor bir hafta oldin eshitgan yangiligini yana gazetadan o‘qishni?

«Tesha tegmagan» yangiliklarni topish uchun ba’zi bir ilg‘or tahririyatlarga o‘xshab ishlash kerakda.

Yoki eshitganmisiz, «Darakchi», «Sug‘diyona», «Ma’rifat» kabi gazetalarga obuna bo‘lish majburiy ekanligini? Yo‘q eshitmagansiz.

Chunki bu gazeta tahririyatlari o‘zini ustida ishlaydi, reklamalarga pul sarflaydi, kreativ muharrirlar tinimsiz qiziqarli ma’lumotlarni chop etish haqida qayg‘urishadi. Hatto «Ma’rifat» tahririyati gazetaning mobil ilovasini ham ishga tushurishga ulgurdi.

Ular ba’zi bir gazeta va jurnallar tahririyatiga o‘xshab hokimlar, XTB mudirlarini oldiga borib, o‘qituvchilarni majburiy obunaga jalb qilib bering deb yalinmaydi. Ular shunchaki o‘z ustida ishlaydi xolos.

Meni hayron qoldirayotgan bir jixati shuki, nega haligacha shu majburiy obunaga jalb qilganligi uchun mutasaddilarga ta’sirchan chora qo‘llanilmaydi? Nega ular osongina jarima to‘lab qutilib qolishi kerak? Nima uchun mutasaddilar shu qilmishi uchun ishdan olib tashlanmaydi?

Majburiy obuna masalasida korrupsiya borligi aniq. Obunadan tushadigan tushumdan «kimlardir» mazza qilib foydalanib yuribdi. Qo‘lga tushsa olgan foydasidan bir qismini jarima to‘lab qutilib qolaveradida.

Meni taklifim, majburiy obuna bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentiligi shug‘illanishi kerak. Bu ishga jalb qilgan mutasaddi darhol ishdan olinishi kerak. Zarur bo‘lsa ular davlat ishlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilinishi kerak. Qisqasi jarima to‘lab qutilmasligi kerak.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsam, majburiy obunaning tag zamirida «Mutasaddilar ixtiyoriy ravishda targ‘ib qilishlari mumkin» degan jumlaning hali ham mavjudligida. Shuning uchun yuqori tashkilotlar «ixtiyoriy, tavsiya etamiz» degan jumlalar bilan o‘qituvchilarni obunaga jalb qilishmoqda.

Bu borada o‘qituvchilar ham o‘z huquqini talab qilsa yaxshi bo‘lardi. Chunki qars ikki qo‘ldan chiqadi.

Muallif: Ulug‘bek Po‘latov


Правда, к 2020 году учителя будут освобождены от большого количества работы, не входящей в их должностные обязанности.

Примеры включают сбор хлопка, уборку улиц, хождение от дома к дому (конечно, не все) и бесчисленное количество собраний для большого количества людей.

Но, к сожалению, избавиться от этой обязательной подписки невозможно. Несмотря на столько запретов и штрафов на чиновников, мы видим, что во многих местах еще продолжаются обязательные подписки.

На самом деле, я считаю позором, что газеты и журналы вынуждены закрываться.

Эти газеты и журналы предоставляют немного более интересную, критическую и привлекательную информацию, но многие люди подписываются на нее добровольно, даже если их к этому не принуждают. Видите, некоторые учителя говорят некоторым чиновникам: «Зачем учителю читать газету, если он говорит, что я должен подписаться на нее?» Как он может учить студентов, если не читает газету?» Посмотрите на абсурд.

Я думаю, что учитель может хорошо учить, даже если он не читает газет и журналов. Если интернет развит, если в учебниках достаточно информации, если новости еще по телевизору, то зачем снова читать новости в газете, которые вы слышали неделю назад?

Вам нужно работать как некоторые продвинутые редакторы, чтобы найти «нетронутую» новость.

Или вы слышали, что подписка на такие газеты, как «Даракчи», «Согдиена», «Марифат» обязательна? Нет, вы не слышали.

Потому что редакторы газеты работают над собой, тратят деньги на рекламу, а креативные редакторы постоянно беспокоятся о том, чтобы опубликовать интересную информацию. Даже редакция «Марифата» запустила для газеты мобильное приложение.

Как некоторые редакторы газет и журналов, они не идут к губернаторам, директорам ИОП, и просят их заставить учителей подписаться. Они просто работают над собой.

Одна из вещей, которая меня поражает, это то, почему чиновники до сих пор не привлечены к ответственности за участие в этой обязательной подписке. Почему они должны легко уйти от уплаты штрафа? Почему чиновников за это не увольняют?

Понятно, что в вопросе обязательной подписки есть коррупция. «Кто-то» пользуется выручкой от подписки. Если его поймают, он может уйти, заплатив часть прибыли.

Мое предложение состоит в том, что Агентство по борьбе с коррупцией должно заниматься обязательными подписками. Должностное лицо, замешанное в этом деле, должно быть немедленно уволено. В случае необходимости они должны быть лишены права работать в правительстве. Короче штраф платить не надо.

В заключение, тег обязательной подписки по-прежнему содержит фразу «Чиновники могут продвигать добровольно».Именно поэтому высшие учебные заведения проводят набор преподавателей с формулировкой «добровольно, рекомендуем».

Было бы хорошо, если бы учителя могли отстаивать свои права в этом отношении. Потому что снег идет с обеих рук.

Автор: Улугбек Пулатов

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: