Namanganlik maorifchilar nega Buxoroga borishdi?

Namanganlik maorifchilar nega Buxoroga borishdi?

“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan shu yilning 30-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda Prezidentimiz tomonidan Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilib, maorif sohasi mutasaddilari zimmasiga mazkur iqtidorlilar maktabi faoliyatini yaqindan oʻrganish va ilgʻor tajribalar bilan tanishish, shuningdek, ularni keng ommalashtirgan holda mamlakatimizning barcha shahar, tumanlarida hech boʻlmaganda bittadan shunday maktab tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi.

Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda viloyat xalq taʼlimi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbar va pedagoglaridan iborat 45 kishilik delegatsiya Buxoro viloyatida boʻldi. Ular amaliy safar chogʻida Qorakoʻl tumanidagi “Xalqaro matematika maktabi”da, shuningdek, Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan matematika maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad ilm muassasasida olib borilayotgan faoliyat, taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishish, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar hamda oʻqitish metodologiyasini oʻrganib, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi tajribasini Namanganda ham ommalashtirishdan iborat edi. Xalqaro maktab direktori Temir Roʻziyev hamda jamoa aʼzolari tomonidan maktabning tashkil etilishi, taʼlim-tarbiya jarayoni, oʻquvchilarning erishgan yutuqlari haqida delegatsiya vakillariga batafsil maʼlumot berildi. Bugungi kunda 420 nafar iqtidorli oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan maktab-internatda 51 nafar mahoratli oʻqituvchilardan iborat pedagogik jamoa taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Yuksak ilmu salohiyatli, tajribali muallimlarning tashabbuskorligi va izlanishlari natijasi oʻquvchilar qoʻlga kiritayotgan muvaffaqiyat marralarida oʻz ifodasini koʻrsatmoqda.
Iqtidorlilar ilm maskanining bir necha oʻquvchilari hozirga qadar respublika miqyosidagi hamda xalqaro olimpiadalar va tanlovlarda koʻp bor gʻoliblik shohsupasini egallashgan. Jumladan, bugunga qadar maktab oʻquvchilari xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishgan. 2 nafar oʻquvchi “Zulfiya” nomidagi, yana bir nafari “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Keyingi yillarda bir qator salmoqli yutuqlarga erishib kelayotgan Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan matematika maktabi faoliyati bilan tanishuv ham qiziqarli kechdi. 10 ta sinfi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabda 694 nafar oʻquvchiga 52 nafar oʻqituvchi-murabbiy taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Bir nafar oʻquvchi xalqaro olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritgani, 2020 — 2021 oʻquv yilida maktabning 60 nafar bitiruvchisidan 38 nafari oliy oʻquv yurtlari talabasi boʻlgani delegatsiya vakillari eʼtiborini tortdi.
Buxoro viloyatiga tashrif davomida ushbu taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, ikki viloyat oʻrtasida taʼlim sohasida tajriba almashish yoʻlga qoʻyilib, 2020-yil dekabr oyida Namangan viloyati pedagog xodimlari oʻrtasida (biologiya, matematika hamda informatika) fanlari boʻyicha sammit tashkil etish, 2020-2021 oʻquv yili davomida oʻqituvchilarning tajriba almashishlari, ikki viloyat taʼlim sohasi bilan yaqindan tanishish maqsadida 10 nafardan oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro Namangan va Buxoro shaharlariga tashrifi hamda oʻqituvchilarning malaka oshirishlari belgilab olindi. Bundan tashqari joriy oʻquv yili davomida taʼlim muassasalari bilan oʻzaro aloqani mustahkamlash, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishish maqsadida muntazam ravishda videokonferensiyalar tashkil etib borish rejalashtirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)


На торжественном мероприятии по случаю «Дня учителя и тренера» 30 сентября Президент Ислам Каримов особое внимание уделил деятельности Каракольской международной школы математики.В задачу входило создание хотя бы одной такой школы во всех городах. и районов страны. По инициативе администрации Наманганской области Бухарскую область посетила делегация в составе 45 человек в составе руководителей и преподавателей областного управления народного образования, профильных учебных заведений и областного института переподготовки и повышения квалификации педагогов народного образования. В ходе выездной экскурсии они посетили Международную школу математики в Каракульском районе, а также 49-ю специализированную школу математики в Жондорском районе.
Основной целью визита было ознакомление с деятельностью научного учреждения, учебным процессом, достижениями и успехами, а также методикой преподавания, а также популяризация опыта Каракольской международной школы математики в Намангане. Директор международной школы Темир Розиев и члены сообщества ознакомили делегацию с организацией школы, учебным процессом и достижениями учеников. Сегодня в школе-интернате, в которой обучаются 420 одаренных учащихся, работает педагогический коллектив из 51 квалифицированного педагога. Инициатива и исследования высококвалифицированных и опытных преподавателей находят свое отражение в успехах студентов.
Несколько студентов Талантливого научного центра стали победителями многочисленных национальных и международных олимпиад и конкурсов. В частности, на сегодняшний день школьники завоевали 4 золотые, 7 серебряных и 5 бронзовых медалей на международных соревнованиях. Двум студентам была присуждена Государственная премия имени Зульфии, еще одному – Государственная премия имени Марда Оглона.
Также было интересно познакомиться с деятельностью 49-й специализированной математической школы Жондорского района, добившейся за последние годы ряда значительных успехов. В 10-классной математической школе работают 52 учителя и 694 ученика. Один из учеников завоевал бронзовую медаль на Международной олимпиаде, а в 2020-2021 учебном году 38 из 60 выпускников школы были студентами вузов.
В ходе визита в Бухарскую область с данными учебными заведениями были подписаны соглашения о сотрудничестве, между двумя регионами налажен обмен опытом в сфере образования.В декабре 2020 года 10 учителей и студентов из Намангана и Бухары организовали саммит по педагогике (биология, математика и информатика) в Наманганской области, выезды в города и обучение учителей. Кроме того, в течение текущего учебного года планируется организация регулярных видеоконференций для усиления взаимодействия с учебными заведениями, ознакомления с новыми педагогическими технологиями.
Кудратилла НАДЖМИДДИНОВ
(«Народное слово»)

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: