Metodik kun yoki fan oyliklari o‘qituvchiga kerakmidi?

Metodik kun yoki fan oyliklari o‘qituvchiga kerakmidi?

✍ Isroil Tillaboyev, matematika fani o‘qituvchisi:

Bugun xalq ta’limi vazirligi juda muhim, aytish mumkinki salmoqli buyruqni e’lon qildi. Metodika yo‘nalishimizning kelajak yo‘nalishi belgilandi, unda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lib, ulardan eng katta yangiligi bu Metodik kunlar va fan oyliklari bekor qilish, bo‘ldi desam adashmayman.

Bu ikki narsani vazirlik 6-7 oy davomida o‘rganildi, men bu jarayonda vazirlik xodimi emas, 19 yillik matematika o‘qituvchisi sifatida qatnashdim, ruhan har bir masalasida o‘qituvchi sifatida fikrimni aytdim, buyruqning har bir bandi va so‘zini shu roldan turib qaradim.

Hozir ham o‘qituvchi sifatida o‘z fikrlarimni aytmoqchiman, o‘ylaymanki hamkasb ustozlarimiz ham shu fikrda:
Eng avvalo men metodik kun va fan oylik bo‘lgan payti qanday qatnashganman? Metodistimizga iltimos qilib, tayanch maktabga bormaganman, lekin nima o‘zgargan? Men bilimsiz bo‘lib qolmaganman. Metodik kunimda dars qo‘ydirganman, o‘z ustimda ishdamay qo‘yganmanmi: yo‘q.
Demak qarshingizda metod kundan foydalanmagan o‘qituvchi turibdi.

Lekin shu bilan birga kundalik turmushimizdagi ustozlar metod kundan ikki maqsadda foydalangan: yoki bechora metodistni qiynab javratib majburan tayanch maktabga borib 70% xollarda befoyda «darsga» qatnashgan, vaqti va puli, asabi ketgan, 2-si, biron yo‘lini qilib uyda ishlarini qilgan…

Fan oyligi… Fan oylikdagi tanlov, ochiq darslar qilganmiz, fevralda. Mart yoki sentyabrdamas, fevralda, tamom! Axir vazirlik belgilagan. Yil davomida shug‘ullanishga miyamizga singigan ushbu tartib yo‘l qo‘ymagan. Kamiga reja, xujjat tayyorlash kerak edi.

Xullas, fan oylikning o‘zida emas, yilning ixtiyoriy paytida qilishga ruxsat bu buyruq.Tadbiringizni, ijodingizni qilaverasiz, lekin majburiyatsiz, istagan paytingizda.Bir xaqiqat: ishlagan o‘qituvchi fan oyliksiz ham qilaveradi, uning zardasi ijod bulog‘i qaynayveradi, xavotirlanmang.

Xullas, ushbu ikki narsani yo‘qotish oson bo‘lmadi, har safar 50/50 fikrlar chiqaverdi, yo‘qotsak ta’lim tizimi katta yo‘qotish bo‘ladi, deb ham aytildi, mana shunda menga bu ish ichidagi odam sifatida katta mas’uliyat bo‘ynimda bo‘ldi, o‘qituvchi sifatida ko‘rib.

Shundan so‘ng ta’lim tizimi muntazam yangi qon kirishi, dogma bo‘lmasligidan, va kamiga sizlarga maslahat solib fikrlaringizni olgan xolda bu qarorga kelindi. Bunday uzoq yillik ishga qarshi borish uchun katta yurak kerakligini ham his qildim, chunki bu haqida har bir odamni o‘z munosabati bor.

Lekin men o‘qituvchi sifatida yaxshi bo‘ldi, degan fikrda qolaman. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi, buning o‘rnini qoplaydigan metodikalarimizni taqdim etishda davom etamiz, Xurmatli ustozlar, o‘qituvchi sifatidagi mening fikrlarim shular edi.

Telegramda blogi👇

Isroil Tillaboyev blogi

———————————————-

✍ Ulug‘bek Po‘latov, Xalq talimi info kanali ta’sischisi:

Ko‘pchilik o‘qituvchilar ularga yengillik yaratilib, «Metodik kun» va «Fan oyliklari» tartibining bekor qilinganidan xursand. Ammo ayrimlar bunga e’tiroz ham bildirmoqda.

E’tiroz bildiruvchilarning aytishicha, fan oyliklarida o‘qituvchilar ochiq dars va turli xil seminarlar o‘tkazar, metodik kunida esa qo‘shni maktablarga borib tajriba almashar, hamkasblarining darslarini tahlil qilar ekan.

Shu yerda bir savol tug‘ilmoqda: xo‘sh, metodik kun va fan oyliklari bekor qilingan bo‘lsa, kim ularga ochiq dars yoki seminar tashkillashga halal beradi? Metodik kun bo‘lmasa o‘qituvchi hamkasbining darsini tahlil qilolmaydimi?

O‘qituvchi o‘z ustida ishlayman desa unga hech kim to‘sqinlik qilmaydi. Menimcha, o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va o‘zining tajribasini boshqalarga ulashish uchun ochiq dars yoki seminar qilib berishini alohida buyruq bilan tartibga solish shart emas.

Hamma narsa ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Hech kimni majburlab, ulardan sanoqsiz hisobotlar talab qilib o‘z ustida ishlashga jalb qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun hamma narsa ixtiyoriylik tamoyili asosida bo‘lishi lozim.

Telegramdagi kanali👇

Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Metodik kunlar va fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilindi

Metodik xizmat ko’rsatish bo’yicha muhim buyruq qabul qilindi

Metodbirlashma rahbarlari vazifalari o’zgartirildi


✍ Исроил Тиллабоев, учитель математики:

Сегодня Министерство народного просвещения озвучило очень важное, можно сказать, весомое поручение. Определено будущее направление нашего методического направления, в нем много изменений, самая большая новость из которых — отмена Методических дней и месячников науки, я не ошибаюсь.

Эти две вещи изучались Министерством в течение 6-7 месяцев, я участвовал в этом процессе не как сотрудник Министерства, а как 19-летний учитель математики, я высказывал свое мнение как учителя по каждому вопросу, каждому пункт и слово приказа от этой роли я стоял и смотрел.

Я и сейчас, как учитель, хочу высказать свое мнение, думаю, что и наши коллеги-учителя тоже такого же мнения:
Прежде всего, как я участвовал в Дне методологии и Месяце науки? Я просил нашего методиста не ходить в основную школу, но что изменилось? Я не невежа. Преподавал ли я в свой методический день, перестал ли я работать над собой: нет.
Итак, перед вами учитель, который не использовал этот метод.

Но при этом учителя в нашей повседневной жизни использовали методический день с двумя целями: либо они истязали бедного методиста и заставляли его идти в основную школу и посещать бесполезный «урок» в 70% случаев, он потерял время и деньги, вышел из себя, 2, дома как-то поработал…

Месяц науки… В феврале мы провели конкурсы и открытые занятия в рамках месячника науки. Не в марте или сентябре, а именно в феврале! Ведь так решило министерство. Эта рутина, укоренившаяся в нашем мозгу, не позволяла нам заниматься делами в течение всего года. Как минимум нужно было подготовить план и документ.

Итак, это приказ о том, что вам разрешено заниматься наукой не в течение самого месяца, а в произвольное время года.Вы можете заниматься своим мероприятием, своим творчеством, но без обязательств, когда захотите.Один факт: рабочий учитель может заниматься наукой и без месяца, в его сердце закипит весна творчества, не переживайте.

Таким образом, было нелегко потерять эти две вещи, каждый раз, когда были мнения 50/50, также говорилось, что если мы это потеряем, система образования будет большой потерей, поэтому, как инсайдер, это много значит для Ответственность лежала на мне, как на учителе.

После этого было решено, что система образования будет регулярно получать новую кровь, не будет догм и, по крайней мере, вы получите свое мнение. Я также чувствовал, что нужно много мужества, чтобы пойти против такой давней работы, потому что у каждого свое отношение к ней.

Но я думаю, что он был хорош как учитель. Время покажет, мы продолжим представлять наши методы, которые компенсируют это.Дорогие учителя, это были мои мысли как учителя.

Telegram-блог

Блог Исраэля Тиллабоева

————————————————————-

✍ Улугбек Полатов, основатель инфоканала «Народное образование»:

Многие учителя рады тому, что их полегчало и отменили «Методический день» и «Месячники науки».Но некоторые возражают против этого.

Противники говорят, что в месячники науки учителя проводят открытые уроки и различные семинары, а в методические дни выезжают в соседние школы, чтобы обменяться опытом и проанализировать уроки своих коллег.

Здесь возникает вопрос: ну а если методический день и месячник науки отменили, то кто им позволит организовать открытое занятие или семинар? Если нет методического дня, учитель не может проанализировать урок своего коллеги?

Если учитель говорит, что будет работать над собой, его никто не остановит. На мой взгляд, не стоит регламентировать особым порядком, что учитель может работать над собой и делиться своим опытом с другими в виде открытого урока или семинара.

Все должно быть добровольно. Никого нельзя заставить работать над собой, требуя от него бесчисленных отчетов. Поэтому все должно быть основано на принципе осмотрительности.

Телеграм-канал

Улугбек Полатов

Предмет:
Отменены методические дни и месячники науки

Получен важный заказ на методическую службу

Изменены задачи руководителей методического объединения

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: