Maktablarda erkak o‘qituvchilar soni yana kamaymoqdami?

Maktablarda erkak o‘qituvchilar soni yana kamaymoqdami?

2016-2020 yillar davomida xalq ta’limi tizimiga 44 ming nafardan ortiq erkak o‘qituvchi qaytgandi. Chunki, shu yillar oralig‘ida maoshlar oshirildi, tizimda sezirarli islohotlar amalga oshirildi.

2021-2022 o‘quv yili holatiga ko‘ra, maktablardagi erkak o‘qituvchilar soni 157 ming 212 nafar ya’ni, 31,7% ni tashkil qilgan. Rasmiy statistika 2016-2022 yillar oralig‘ida maktablarda erkak o‘qituvchilar salmog‘i ortganligini ko‘rsatgan. Ammo, 2023 yil holatiga ko‘ra bu son biroz qisqargan bo‘lishi mumkin.

Sababi, o‘qituvchilar oylik maoshlari ancha yillardan buyon oshirlmadi. Tizimda yana byurokratiya, qog‘ozbozlikning boshqa ko‘rinishdagi shakllari ya’ni — jadvalbozlik avj oldi. Pedagoglarga norasmiy yuklamalar hajmi yana orta boshladi.

Shu sababli, erkak o‘qituvchilar o‘zlarini boshqa sohalarda sinab ko‘rish uchun maktablardan ketayotganini ko‘p eshityapmiz. Ularning aksariyati boshqa davlatlarga ishlagani ketmoqda. Natijada esa O‘zbekiston maktablarida erkak o‘qituvchilari soni yana kamayotganini sezish mumkin.

Sizning maktabingizda erkak o‘qituvchilar salmog‘i qancha? Izohlarda yozib qoldiring…

Mavzuga doir:
Eng yaxshi kadrlar maktablarni tark etyaptimi?

O‘qituvchilar oyligi ko‘tarildi, lekin…

Zudlik bilan topshiriqni bajaring — pedagoglar muammosi

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: