⚡️2023/2024 o‘quv yilidan boshlab maktab ta’limi tizimida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi.
❕Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich:
👉boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi;
👉baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda o‘quvchining o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko‘nikmalari baholanadi;
👉barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi;
👉maktablarning 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi.
Mavzuga doir:
O‘qituvchilarni xursand qiladigan yangiliklar bor
Xalq ta’limi tizimining avvalgi va hozirgi holati
Kelgusi yil maktab ta’limida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 2023-2024