Maktab darsliklari masalasida takliflar

Maktab darsliklari masalasida takliflar

So‘ngi vaqtlarda darsliklar masalasi kun tartibidagi asosiy mavzulardan biriga aylandi. Baʼzida ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar shuningdek, pedagoglarning o‘zi ham darsliklar borasida munosabat bildirmoqda.

Darsliklar bo‘yicha ko‘plab eʼtirozlar bildirib kelayotgan, ta’lim masalalari bo’yicha ekspert Komil Jalilov ham o‘ziga xos asoslarni keltirmoqda. Bu orada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ham Kun.uz nashriga intervyu berdi. (suhbatni ko’rish)

Bu masalada vazirlik yaxshi yurish qildi deb aytolaman. Lekin bahsli mavzuga to‘liq nuqta qo‘yish uchun soha mutaxassislari, ekspert, pedagog hamda jamoatchilik faollarini bir nuqtaga jamlab, eng kamida bir haftalik uchrashuv tashkil qilish kerak deb o‘ylayman.

Chunki darsliklar masalasi kichik mavzu emas. Bu butun bir jamiyatimiz taqdiri. O‘nlab suhbatlar ushushtirmaylik, maqolalar chiqarmaylik hamma bir joyda yig‘ilib masalaga oydinlik kiritib olmasa, kim haq, kim nohaq ekanligini bilmay yana vaqtdan yutqazishda davom etamiz.

Darsliklar yangiligi sababli uni ko‘pchilik jamoatchilik faollari (ota-ona, pedagoglar) noto‘g‘ri talqin qilayotgan bo‘lsa, unda darsliklar muhokamasi uchun alohida «Call-markaz» xizmatini yo‘lga qo‘yaylik. O‘qituvchi va ota-onalar darslikdagi tushunmovchiliklarni ijtimoiy tarmoqdan emas aynan mutaxassislarning o‘ziga bevosita qo‘ng‘iroq qilib bilib olsin.

O‘quv seminarlari tashkilladik, trenerlar tayyorladik, ular buni qolganlarga tushuntiradi degan o‘ylarimiz noto‘g‘ri. Har qanday maʼlumot quloqdan-quloqqa o‘tganda mazmuni o‘zgaradi. Shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan bo‘lardim.

Bu juda katta mavzu, uni bir kun, bir soat yoki birgina maqolaning o‘zida muhokama qilib, yechim berish mushkul. Hamma bir-birini eshitishi kerak. Menimcha, barchamizning maqsadimiz bitta – u ham bo‘lsa sifatli taʼlim.

Manba: Xalq ta’limi info

Mavzuga doir:
Darsliklar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, qanday yo‘l tutish lozim?

Bu yil maktab darsliklariga kiritilgan yangiliklar

Yangi darsliklarning o‘ziga xosligi nimada?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: