Kunni qanday qilib boshlash

Kunni qanday qilib boshlash
Telegramda o'qish

Dunyo qiziqda, kun hamma uchun bir xil berilgan, hammaning o’ziga yarasha tasavvuri va shu tasavvur asosida o’zini cheklab turuvchi haqiqatlari bor. Insonda xarakter har xil, ammo orzu bir xil: Qani edi baxtli bo’lsam, qani edi yaxshi yashasam, qani edi ertangi kunim bugungidan muvaffaqiyotliroq bo’lsa, qani edi orzularimga yetsam…

Orzu qilish hammaga xos bir ko’nikma, orzusiz yashab ham bo’lmaydi. Insonlar bor orzu qiladi, maqsadni belgilaydi, reja tuzadi va qat’iy harakatlar bilan orzu tomon intiladi. Ba’zi insonlar esa orzu qilishning o’zini kifoya hisoblaydi. Ular men orzu qilyapman, bu insoniy fazilat, insoniy tuyg’u mening tafakkurimda mavjud, u yog’I esa taqdirimga bog’liq deb o’zlariga tasalli berishadi. Men taqdir deb ataluvchi ilohiy qarashlarni inkor etmayman, lekin ikkinchi toifadagi kishilarning ham xuddi birinchi toifa insonlar qatori orzu qilishdan tashqari maqsadni belgilab, aniq rejalar asosida harakatlar qilmay turib orzuga yetish taqdirimga bitilmabdi deyishlariga tushuna olmayman. Inson atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo’lishni istar, yuqori marralarni zabt etishni ko’zlar ekan quyidagi savollarni o’z-o’ziga tez-tez berib turishi lozim:
— Mening bor imkoniyatim shumi, bundan ortig’I qo’limdan kelmaydimi?
— Kun davomida nimalarga ulguryapman, oltinga teng vaqtimni behuda narsalarga sarflab yubormayapmanmi?
— Yaqinlarimning ko’nglini ola bilyapmanmi, qachon oilamni madaniy hordiq ulashuvchi joylarga olib bordim, yoki bunday joylar men uchun emasmi?
— Atrofdagilar qaysi fazilatlarim uchun meni hurmat qilishyapti, men bunga naqadar arziyman?
— Yaxshi iz qoldirishni xohlar ekanman nega yomon illatlarni tashlay olmayman, mening irodam ne chog’lik kuchli?
Bu savollarga o’zingizdan ijobiy javob olgan bo’lsangiz demak siz allaqachon muvaffaqiyatga erishgansiz, o’zgalarning havasiga sazovor bo’lgansiz, maqolani esa hoziroq tark etishingiz mumkin. Agar o’zingizga berilgan savollar o’ylantirib qo’ygan bo’lsa demak o’z ustingizda ishlashingizga to’g’ri keladi. Ishni esa avvalambor o’z-o’zingizga ishonishdan boshlang. Ruhiyatingizni sodir bo’ladigan o’zgarishlarga, yangiliklarga, atrofdagilarning o’zgacha munosabatlariga tayyorlab oling.
Amaliy harakatga o’tar ekansiz eng birinchi galda kun tartibini yo’lga qo’yib oling. Kun esa barvaqt turishdan boshlanadi. Erta turishda hikmat ko’p. Xalqimiz “Kechning xazinasidan, ertaning nasibasi yaxshi”, “Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar”, “Ertalabki ish, ko’ngilni qilar xush” – deb bejizga aytmagan. Nima, “Ee, erta turish…, bu qo’limdan kelmaydi-daa” – deb o’ylayapsizmi? Siz oily maqsadlarni ko’zlar ekansiz o’zingizni yengishingiz kerak. Odatda ko’pchilikning kuni shunday boshlanadi: kech yotadi, ertalab budilnik uyg’otganda tura olmaydi, yana ozroq uxlagisi kelib uni o’chirib qo’yadi, ishga yoki o’qishga boorish bosimi tufayli istamaygina o’rnidan turadi, ertalab qilishga rejalashtirib qo’ygan ishlarini yana qolib ketayotganini o’ylab diqqati oshadi, nonushtani chala qilgan holda ko’chaga chiqadi va hokazo… Holbuki, boshqacha ham bo’lishi mumkin edi.
Erta tongda xush kayfiyat bilan uyg’onish uchun quyidagi amallarga rioya qilib ko’ring:
1. Har kuni bir xil vaqtda uyg’oning. Ertalab soat 4:00 da yoki o’zingizga ma’qul bo’lgan vaqtda uyqudan turishni organism uchun shart qilib belgilang. Nari-beri bir hafta qiynalarsiz, qat’iylik qilsangiz organizmingiz uchun ko’nikma hosil bo’ladi.
2. Kechki ovqatni ko’p yemang, u xazm bo’lmay oshqozoningizni qiynaydi, shuning uchun ertalab lanj va loxas bo’lib uyg’onishingiz mumkin.
3. Uxlashdan oldin ertangi kun uchun kiyimlaringizni, iloji bo’lsa nonushtani ham tayyorlab oling. Xonangizni tartibga solib, narsalarni o’z o’rniga joylashtirib qo’ying. Bu ham sizni ertalab xotirjam va xush kayfiyatda uyg’onishingizga omil bo’ladi.
4. Uyquga ketishdan oldin albatta tishingizni yuvib ertangi qiladigan ishlarni o’ylab yoqimli kayfiyat bilan uxlasangiz shunday kayfiyat bilan tongni qarshilaysiz.
Tongda, ochiq havoda 10 daqiqalik yengil badantarbiya bilan shug’ullaning. O’pkangizni to’ldirib nafas oling. Bunday badantarbiya mashg’uloti sizni jismonan chiniqtiribgina qolmay miya faoliyatini ham ravonlashtiradi.
Har bir yangi kun bu – yangi sahifa demak. Har bir insonda yaratguvchining yashirin qudrati mavjud bo’ladi. Siz o’zgarishlar haqida ko’p o’ylagansiz, vaqti kelganda men o’zimning nimalarga qodirligimni ko’rsataman deb xayolingizdan o’tkazgansiz. Yana qancha kutmoqchisiz, qayerda to’siq ko’ryapsiz? Siz xohish etgan o’zgarishlar o’ylaganingizchalik murakkab ham emas. Muhimi dastlabki qadamning dadil qo’yilishi. Birinchi qadam ishning yarmiga teng. Bashang kiyim, yarim tabassum, atrofingizdagi voqea-hodisalarning yaxshi tomonini ko’ra bilish, samimiylik va xushyorlik sizning imijingizga aylansin. O’zingiz yoqtirmaydigan narsalar yoki insonlar haqida bir daqiqa ham o’ylab o’tirmang. Ertaga ham tong otadi. Mulohaza qiling, siz ertaga kunni qanday boshlamoqchisiz?


Мир интересен, день дан всем одинаково, у каждого свое воображение и самоограничивающие истины, основанные на этом воображении. У людей разные характеры, но мечты одни и те же: я хотел бы быть счастливым, я хотел бы жить лучше, я хотел бы быть более успешным завтра, чем я сегодня, я хотел бы осуществить свою мечту…

Мечтательность — универсальный навык, и без него не прожить. Люди мечтают, ставят цели, строят планы и стремятся к мечтам. И для некоторых, когда ребенок становится старше, он или она перерастают это. Они утешают себя тем, что мне снится, что это человеческое качество, это человеческое чувство есть в моем уме, и что жир зависит от моей судьбы. Я не отрицаю так называемой судьбы, но я не понимаю, что вторая категория людей, как и первая группа людей, говорят, что мне не суждено достичь мечты, не ставя цели и не действуя по четким планам. Если человек хочет, чтобы его уважали другие, он должен часто задавать себе следующие вопросы, чтобы добиться высоких результатов:
«Это все, что я могу сделать? Разве я не могу сделать больше?»
«Что я делаю днем, не трачу ли я время на золото?»
— Умею ли я радовать родных, когда водил семью в места культурного отдыха или такие места не для меня?
— За какие качества меня уважают люди и насколько я этого заслуживаю?
«Если я хочу получить хорошую оценку, почему я не могу получить плохую оценку? Насколько сильна моя воля?»
Если вы получите от себя положительный ответ на эти вопросы, значит, вы уже добились успеха, завоевали восхищение окружающих и можете сейчас покинуть статью. Если вопросы, которые вам задают, заставляют задуматься, значит, вам нужно работать над собой. И начните с уверенности в себе. Подготовьте свой разум к изменениям, инновациям и особым отношениям.
Приступая к действию, сначала определите повестку дня. День начинается с раннего подъема. В том, чтобы рано вставать, есть большая мудрость. Не зря в нашем народе говорят: «Из сокровища вечера порция утра хороша», «На три дня раньше, на один день ласточки», «Утренняя работа, приятно делать». Вы думаете: «Эй, вставай пораньше, я не могу этого сделать»? Вам просто нужно быть более разборчивым в помощи, которую вы оказываете другим людям. Обычно день большинства людей начинается так: они поздно ложатся спать, не могут встать, когда просыпаются утром, выключают его, когда хотят меньше спать, встают неохотно из-за необходимости идти спать. на работу или в школу, планируют сделать это утром, его отвлекает мысль, что он все еще делает уроки, идет куда-то завтракать и т. д.… Впрочем, могло быть и по-другому.
Чтобы проснуться рано утром, попробуйте следующее:
1. Просыпайтесь в одно и то же время каждый день. Поставьте себе условие, чтобы организм вставал в 4 часа утра или в удобное для вас время. Примерно через неделю напряженной работы настойчивость поможет вашему телу развить навыки.
2. Не ешьте слишком много ужина, это расстроит ваш желудок без пищеварения, поэтому вы можете проснуться ленивым и вялым утром.
3. Перед сном приготовьте одежду на завтра и, по возможности, завтрак. Наведите порядок в комнате и расставьте вещи по своим местам. Это также поможет вам проснуться утром, чувствуя себя спокойно и расслабленно.
4. Перед сном обязательно почистите зубы и ложитесь спать в хорошем настроении, думая о том, что делать завтра.
Утром сделайте 10-минутную легкую разминку на свежем воздухе. Наполните легкие и дышите. Этот тип упражнений не только укрепляет ваше тело, но и улучшает работу мозга.
Каждый новый день означает новую страницу. В каждом есть скрытая сила Творца. Вы много думали об изменениях, и когда придет время, вы подумаете, что я покажу вам, на что я способен. Сколько еще ты хочешь ждать, где ты видишь преграду? Изменения, которые вы хотите, не так сложны, как вы думаете. Главное – уверенно сделать первый шаг. Первый шаг — половина дела. Носите красивую одежду, полуулыбайтесь, смотрите на происходящие вокруг вас события с хорошей стороны, искренность и бдительность станут вашим имиджем. Даже на минуту не думайте о вещах или людях, которые вам не нравятся. Завтра будет утро. Подумайте об этом, как вы хотите начать день завтра?

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: