Deputat kontrakt to‘lovlarini kamaytirishni taklif qilmoqda

Deputat kontrakt to‘lovlarini kamaytirishni taklif qilmoqda
Telegramda o'qish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmaxamatova oliy ta’lim muassasalarida barcha oilalarda bo‘layotgan iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt narxlarini ham pasaytirish, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari kontrakt-to‘lovlaridan ozod qilinishi joizligini bildirdi.

“Hammamizga ma’lumki, yurtimizda karantin davrida iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan zarur chora-tadbirlar belgilab berilishiga qaramasdan ming afsuski, pandemiya holati jiddiy davom etmoqda. Ayniqsa, bu holat fuqarolarimiz daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani kishini tashvishlantiradi. Ushbu sinovli kunlarda xalqimiz ham ma’naviy, ham iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga har qachongidan-da muhtojdir.
OTMlarda bu yilgi o‘quv jarayonlari yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha katta ehtimol bilan masofaviy usulda olib borilishi rejalashtirilmoqda. Ta’lim berish masofaviy bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ta’lim muassasalaridagi xarajatlar ham bir muncha kamayishi tayin.
Bundan tashqari, bugungi kundagi pandemiya vaqtida barcha oilalarda bo‘layotgan iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt narxlarini ham pasaytirish lozim. Ta’lim onlayn shaklda olib borilsa, talabalar va ularning ota-onalariga internet to‘lovlari ham albatta qo‘shimcha xarajat hisoblanadi. To‘g‘ri onlayn shaklda ta’lim olish talabalar uchun yo‘l kira xarajatlari, viloyatlardan kelib Toshkent shahrida va viloyat markazlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun yotoq, turar-joy xarajatlari tejalishiga olib keladi. Lekin hozirgi vaziyatni hisobga oladigan bo‘lsak, bu tejamkorlik yetarli emas. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda OTMda kontrakt to‘lovlarini kamaytirish yoki karantin o‘tgunga qadar imtiyozli vaqt berish lozim.
Katta umid bilan aytamizki, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari OTMda to‘lanadigan kontrakt-to‘lovlaridan ozod qilinsa, bu ularga berilgan katta ishonch va imkoniyat bo‘lardi.
Ikki yoki undan ortiq farzandlari to‘lov — kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarimiz bor. Xuddi shunday oila farzandlari uchun ham kontrakt to‘lovlariga chegirmalar qilib berilsa, qanchadan-qancha oilalarning mushkuli oson bo‘lardi. Yoki farzandi super-kontraktda tahsil olayotgan va bugungi kunda pandemiya tufayli daromadidan ayrilgan oilalarga ko‘mak va imtiyozlar joriy etilsa, xalqimizning og‘iri yengib bo‘lib, erkin nafas olardi.
Chunki hozirgi pandemiya sharoitda o‘g‘il-qizlarimizni ilmli, hunarli bo‘lish uchun qancha ko‘p imkoniyat hamda sharoit yaratib bera olsak, yurtimiz kelajagi va taraqqiyotiga shuncha ko‘p hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Zero, bugungi talabalar ertangi olimlar, shoirlar, rahbarlar yoki vazirlar ekanini unutmasligimiz lozim”, — deya o‘z takliflari bildirgan deputat.


Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса Шахноза Холмахаматова заявила, что в связи с экономической ситуацией во всех семьях в высших учебных заведениях необходимо снизить плату за контракт и освободить детей из малообеспеченных семей, нуждающихся в социальной защите. .

«Все мы знаем, что, несмотря на принимаемые главой государства и правительством меры по обеспечению стабильности экономики и социальной поддержки населения в период карантина, к сожалению, ситуация с пандемией продолжает оставаться серьезной», — сказал он. Особую тревогу вызывает то, что такая ситуация негативно сказывается на доходах наших граждан. В эти трудные дни наш народ как никогда нуждается в моральной и экономической поддержке.
В этом году обучение в вузах планируется проводить дистанционно, скорее всего, до стабилизации эпидемиологической ситуации в стране. Если обучение дистанционное, стоимость самообразования может быть снижена.
Кроме того, в связи с экономической ситуацией во всех семьях во время сегодняшней пандемии необходимо снизить стоимость выплат и договоров. Если обучение онлайн, онлайн-обучение для студентов и их родителей также будет дополнительным расходом. Прямое онлайн-обучение экономит транспортные расходы студентов, а также проживание и проживание студентов, обучающихся в Ташкенте и областных центрах из регионов. Но с учетом текущей ситуации этих сбережений недостаточно. Исходя из вышеизложенного, вуз должен снизить плату за контракт или предоставить льготное время до окончания карантина.
Мы надеемся, что если дети из малообеспеченных семей и нуждающиеся в социальной защите будут освобождены от платы за высшее образование, это станет для них большим доверием и возможностью.
У нас есть семьи с двумя и более детьми, которые учатся на платной основе. Точно так же, если бы детям из одной семьи давали скидку на оплату контракта, многим семьям было бы легче. Или если бы поддержку и льготы ввели семьям, дети которых учатся на суперконтракте и которые сегодня потеряли свой доход из-за пандемии, то бремя нашего народа было бы преодолено, и он смог бы вздохнуть свободно.
Потому что в условиях нынешней пандемии, чем больше возможностей и условий мы сможем создать для наших сыновей и дочерей, чтобы они стали образованными и профессиональными, тем больший вклад мы внесем в будущее и развитие нашей страны. Мы не должны забывать, что сегодняшние студенты — это завтрашние ученые, поэты, лидеры или министры», — сказал он.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: