Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham to’lov qiladimi?

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham to'lov qiladimi
Telegramda o'qish

Kimlar to’lovni amalga oshiradi?

Ma’lumki, test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 122 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.
O‘tgan yillarda ushbu to‘lovdan faqat kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar ozod qilinar edi. Ammo joriy yilda qaysi yo‘nalishga hujjat topshirganidan qat’i nazar, barcha abituriyentlar 3 ta fandan majburiy test topshiradi.
Shunga ko‘ra, faqat kasbiy (ijodiy) imtihoni bor yo‘nalishga topshirgan abituriyentlar ham 122 ming 500 so‘mlik to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan

— joriy yilda maktab, kollej, liseyni tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar.

To’lovni qayerga to’lash kerak

To’lovni amalga oshirish usullari haqida ushbu sahifada batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari quyidagi video yo’riqnoma orqali ham o’rganib olish mumkin:

❗️ESLATMA: to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 22 iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lansa bo‘ldi.


Кто производит оплату?

Известно, что в годы, предшествующие испытанию, выпускники школ, колледжей и лицеев должны заплатить за участие в испытании половину базовой ставки — 122 500 сумов.
В предыдущие годы от этого сбора освобождались только абитуриенты, зарегистрировавшиеся на профессиональный (творческий) экзамен. Однако, вне зависимости от области, в которой они претендуют в этом году, все абитуриенты сдают обязательный тест по 3 предметам.
Соответственно, только абитуриентам, сдавшим профессиональный (творческий) экзамен, придется заплатить 122 500 сумов.

Кто освобожден

— Выпускники школ, колледжей, лицеев в этом году;
— Выпускники Дома милосердия и Детского городка;
— лица, полностью охваченные государством;
— Инвалиды.

Где платить

Способы оплаты подробно описаны на этой странице. Вы также можете изучить следующее видео-руководство:

❗️ПРИМЕЧАНИЕ: абитуриенты, которые не заплатят, не будут допущены к тесту. Эту оплату можно произвести в рассрочку, но только до 22 июля (в тот же день).

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: