Mashhur blogerlarning kanallarida reklama qancha turadi?

Mashhur blogerlarning kanallarida reklama qancha turadi?
Telegramda o'qish

Bugun blogerlar jamiyat hayotining eng faol a’zolari, xalq va hukumat o‘rtasidagi ko‘prikka aylandi desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Blogerlik ular uchun nima — ishmi, biznesmi, xobbimi? Ular blogingdan daromad topadimi? Kim qancha topadi?

Ko‘pchilik blogerlar uchun bu asosiy daromad manbai emas. Shunga qaramay, reklamadan ma’lum daromad deyarli hamma blogerga kelib turadi. Ularning kanallarida reklama joylashtirish qanchaga tushadi? Bugun shu haqda gaplashamiz.
Bugungi reytingimizni Telegram kanali orqali daromad qilayotgan blogerlarning reklama narxlari bo‘yicha tuzishga qaror qildik. Bunda narxlar QQS bilan birgalikda ko‘rsatilgan.
Dastavval reklama narxlari bir milliondan yuqori bo‘lgan Telegram kanallar bilan tanishing.

`Reytingda birinchi o‘rinda «Xushnudbek.uz» kanali (320 mingdan ortiq obunachi) muallifi, huquqshunos, O‘zA bosh direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev turibdi. Blogerning kanalida reklama joylashtirish narxi QQSni qo‘shib hisoblaganda 4 million so‘m atrofida.
Muallifning qayd etishicha, kanalga chiqarilgan reklama 30 daqiqa top xabar sifatida turadi va kanaldan o‘chirilmaydi. Rasman ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari reklamalari va kanal mazmuniga mos bo‘lmagan reklamalar chiqarilmaydi.

Bloger Umid Gafurovga tegishli «Troll.uz» Telegram kanalida (83 ming obunachi) reklama joylashtirish narxi QQS bilan 4 million so‘m atrofida. Bloger asosan ijtimoiy muammolarni tanqid va kinoya qilishi bilan mashhur.

O‘zbekistondagi eng ko‘zga ko‘ringan va mashhur kanallardan biri — «Davletovuz»da (57 ming obunachi) reklama joylashtirish narxi QQS bilan hisoblaganda 3 million so‘m atrofida. Bloger va jurnalist Qobil Xidirovga tegishli ushbu kanal «qaynoq» siyosiy va ijtimoiy xabarlarni berib borishi bilan ancha tanilgan.

Rus tilida ijod qiladigan jurnalist Nikita Makarenkoga tegishli «Effekt Makarenko» kanalida (21,4 ming obunachi) reklama joylashtirish narxi 2 million so‘m atrofida. Muallif kanalida turli jurnalistik surishtiruvlarini hamda o‘z fikrlarini berib boradi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimovning «Iqtisodchi kundaligi» Telegram kanalida (13,7 ming obunachi) reklama joylashtirish narxi 2 million so‘m turadi. Muallif kanalida iqtisodiyotga oid maqolalar berib boradi.

Jurnalist, «Daryo.uz» internet nashri bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayevga tegishli «Muhrim» kanalida (12,4 ming obunachi) reklama narxi 1,7 million so‘m. Muallif jamiyat hayotining turli sohalariga aloqador o‘z shaxsiy fikrlarini berib boradi.

Nihoyat, jamoatchi ayollardan filolog, adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatovaga tegishli «Bloger Shahnoza» Telegram kanali (8 ming obunachi) uchun reklama narxi QQS bilan 1,4 million so‘mni tashkil etadi.

Endi esa reklama narxlari bir milliongacha bo‘lgan kanallarni ko‘rib chiqamiz.

«Human.uz» sayti jurnalisti Xurshid Daliyevning «Muxbir Daliyev» kanalida (25 ming obunachi) narxlar 800-1 million so‘m atrofida.

Jurnalist, teleboshlovchi Hamza Jumayevning ajoyib yumorga boy «Tag‘o Taym» kanali (5,2 ming obunachi) 900 ming so‘mga bitta reklama chiqaradi.

Publitsist Nozim Safarovga tegishli «Safari”» Telegram kanali (17,5 ming obunachi) ham 900 ming so‘mga reklama oladi.

Kanadada istiqomat qiladigan bloger Farhod Fayzullayevning «Zambarakning o‘qi» kanalida (13 ming obunachi) ham narxlar shu atrofda.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning “Bakiroo” Telegram-kanalida (19 ming obunachi) reklama biroz arzonroq turadi – 850 ming so‘m atrofida.

Xalqaro munosabatlar eksperti, bloger Nurbek Alimovga tegishli «Alimoff» kanali (28,8 ming obunachi) 800 ming so‘mga reklama oladi.

Huquqshunos Zafarbek Solijonovning Telegram kanalida (27 ming obunachi) reklama 800 ming so‘m turadi.

Bloger Temurmalik Tojiddinzodaning «Fayzboguz» kanali (25,7 ming obunachi) ham 800 ming so‘mga reklama oladi.

Jurnalist Qahramon Aslanovning “«Aslanovdan iqtiboslar+» Telegram kanalida (7 ming obunachi) reklama joylashtirish narxi 750-800 ming so‘m.

Filolog, tarixchi, jurnalist Eldar Asanovning «Asanov formati» kanalida (10 ming obunachi) ham narx shu atrofda.

O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayevning Telegram kanali (13,7 ming obunachi) 700 ming so‘mga reklama oladi.

Diniy voiz, olim, «Qaqnus Media» va «AzonTV» asoschisi Alisher Tursunovning «Mubashshir Ahmad» kanali (35 ming obunachi) 300 mingga reklama joylashtiradi.

O‘qituvchi bloger Isroil Tillaboyevning Telegram kanali (8 ming obunachi) ham shu narxga reklama oladi.

Manba: teznews.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: