Hamma ta’lim, o‘qituvchi haqida gapiradi, aslida bizning maqsadimiz xalq ta’limini isloh qilishmi?

Hamma ta’lim, o‘qituvchi haqida gapiradi, aslida bizning maqsadimiz xalq ta’limini isloh qilishmi?

Ko‘p mamlakatlarning rahbarlari ta’lim ular uchun eng muhim vazifa ekanini ta’kidlashadi. Biroq bu haqiqatdan ham shundayligiga ishonch hosil qilish uchun ularga bir necha oddiy savollar berish mumkin. Masalan:

1.O‘qituvchilik kasbining maqomi qanday?

2.Ta’lim darajasiga ega boshqa mutaxasislarning ish haqi bilan solishtirganda o‘qituvchining ish haqi qanaqa?

3.Sizning farzandingiz o‘qituvchi bo‘lishini istarmidingiz?

4.OAV maktab va ta’lim haqidagi axborotlarni tez-tez e’lon qilib turadimi?

5.Nima muhimroq: mamlakatning sport ligalaridagi o‘rnimi yoki uning akademik reytingimi?

© Andeas Shlayayxer — PISA tadqiqoti asoschisi

————————————————————

Xo‘sh, O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish eng muhim vazifa hisoblanadimi? Agar shunday bo‘lsa yuqoridagi savollarga asosli javoblar mavjudmi? Unda ushbu savollarning ayrimlariga javob izlab ko‘ramiz:

1.Hozirgi kunda pedagog xodimlarning maqomi belgilab berilmagan. «Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgandan keyin negadir buni hech bir hukumat vakili esga ham olmadi. Qonun loyihasi izsiz yo‘qoldi.

2.Hozirgi kunda o‘qituvchilar ayrim soha mutaxasislari bilan solishtirganda unchalik yuqori maosh olmaydi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda eng kam oylik maoshni ta’lim sohasi xodimlari olmoqda. Bu aniq statistika.

3.Hozirgi kunda o‘qituvchilik kasbi afsuski ko‘pchilik yoshlar orzu qiladigan kasb emas. Qachonki ularning maqomi va oylik maoshi yuqori darajada oshirilib, ularga bir qancha imtiyozlar belgilansa, eng asosiysi jamiyatning o‘qituvchilarga nisbatan fikri o‘zgarsa shundagina yoshlar orasida ham o‘qituvchilik kasbiga qiziqish ancha ko‘payadi.

4.OAV, ayniqsa aholining aksariyat qismi kuzatadigan televideniyeda ta’lim tizimi va o‘qituvchilar faoliyati haqida deyarli ko‘rsatuvlar mavjud emas. O‘qituvchi kasbini ulug‘lovchi loyihalarni ham deyarli uchratmaymiz. Hozirgacha xalq ta’limiga oid xabarlarni asosan Xalq ta’limi vazirligidan olamiz. Televideniyelarda ta’lim tizimini yoritish uchun alohida vaqt ajratilmagan.

Beshinchi savolga esa javob aniq.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Bizda xalq ta’limi tizimiga e’tibor haqiqatdan ham kuchlimi?

O‘qituvchiga oson tutmang…

Xalq ta’limi tizimida qanday kamchiliklar bor?


Руководители многих стран подчеркивают, что важнейшей задачей для них является образование. Однако, чтобы убедиться, что это действительно так, можно задать им несколько простых вопросов. Например:

1. Каков статус профессии учителя?

2. Как зарплата учителя соотносится с зарплатой других специалистов с высшим образованием?

3. Хотели бы вы, чтобы ваш ребенок стал учителем?

4. Часто ли СМИ публикуют информацию о школе и образовании?

5. Что важнее: место страны в спортивных лигах или ее академический рейтинг?

© Андеас Шлейхер, основатель исследования PISA

————————————————— — ———-

Итак, является ли развитие системы образования в Узбекистане важнейшей задачей? Если да, то есть ли разумные ответы на поставленные выше вопросы? Попробуем найти ответы на некоторые из этих вопросов:

1. В настоящее время статус ППС не определен. Почему-то ни один представитель правительства не упомянул об этом после разработки законопроекта «О статусе педагогических кадров». Счет бесследно исчез.

2. Сегодня учителя получают не очень высокую заработную плату по сравнению с другими специалистами. По данным Госкомстата, самую низкую месячную заработную плату в Узбекистане в настоящее время получают работники сферы образования. Это четкая статистика.

3. Сегодня, к сожалению, профессия учителя – это не та профессия, о которой мечтают многие молодые люди. Когда их статус и ежемесячная заработная плата будут повышены до высокого уровня, им будет предоставлен ряд льгот, а главное, когда изменится мнение общества о учителях, то интерес к профессии учителя возрастет даже у молодежи.

4. Практически отсутствуют передачи о системе образования и деятельности учителей в средствах массовой информации, особенно на телевидении, которое смотрит большинство населения. Мы почти не находим проектов, прославляющих профессию учителя. До сих пор информацию о народном образовании мы получаем в основном от Министерства народного просвещения. Специального времени для освещения системы образования на телевидении не выделяется.

Ответ на пятый вопрос ясен.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Действительно ли мы обращаем внимание на систему народного образования?

Не облегчайте задачу учителю…

В чем недостатки системы народного образования?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: