Emlanmaganlarni cheklov kutmoqda

Emlanmaganlarni cheklov kutmoqda

Avvalroq, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan “Covid-19” yuqish darajasini pasaytirish va ijtimoiy immunitetni tashkil etish maqsadida aholini vaksinasiya qilish ishlarini jadallashtirish taklifi bildirilgan edi.

Ushbu taklifdan kelib chiqib, tegishli qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda partiya Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Fraksiya yig‘ilishida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Qonun loyihasida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun 28-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq norma kiritilmoqda. Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligi ko‘zda tutilmoqda.
Buning natijasida koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqinlari oldini olish uchun aholi o‘rtasida ommaviy vaksinasiyani tashkil etishning qonuniy asoslari yanada mustahkamlanadi. Yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik emlash o‘tkazishni joriy etish yuzasidan amaldagi qonunchilikdagi mavjud ziddiyatlar bartaraf etiladi.
Bugun bu ofatdan himoyalanishning yagona yo‘li emlanish ekani e’tirof etilayotgan bo‘lsada, fuqarolarning vaksinalarga bo‘lgan ishonchsizligi oqibatida emlashdan faqat 1 mln. 27 ming kishi o‘tgan, xolos. Bu 18 yoshdan oshgan aholining 4,8 foizini tashkil qilmoqda. Jamoaviy immunitetni shakllantirish uchun esa aholining 60-80 foizi emlanishi talab etiladi.
Xitoyda vaksinalarga bo‘lgan ishonch 90 foiz, Braziliyada 80, Hindiston, Indoneziya va Tailandda 70, Turkiya va Meksikada esa 60 foizni tashkil etmoqda. Fransiya, Gresiya, Avstraliya, Italiya, Latviya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlarda majburiy vaksinasiya amaliyoti joriy etilgan.
Deputatlar ushbu qonun loyihasining ayni kundagi ahamiyatini hamda kasallikning yuqumlilik ko‘lami oshib borayotganligini e’tiborga olib, qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qulladilar.
Tavsiya qilamiz: O‘zbekistonda kimlar majburiy emlanishi shart bo‘ladi?


Ранее Демократическая партия «Миллий Тикланиш» предложила ускорить вакцинацию населения, чтобы снизить уровень заражения Covid-19 и установить социальный иммунитет.

На основании этого предложения вносятся изменения и дополнения в соответствующие законы. Об этом сообщает пресс-служба партии.
На заседании фракции депутаты рассмотрели в первом чтении законопроект «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан, направленных на обеспечение санитарно-эпидемиологического благополучия населения».
Законопроектом предусмотрено, что в соответствии со статьей 28 Закона «Об общественном здравоохранении» в случае возникновения опасности распространения карантинных и других инфекционных заболеваний, опасных для человека, население Республики Узбекистан на основании решения Главный государственный санитарный врач Вводится четкая норма о том, что можно вводить профилактические прививки. Статья 113 Трудового кодекса гласит, что работодатель имеет право не принимать на работу работника, если он отказывается от вакцинации при наличии риска распространения инфекционных заболеваний.
В результате будет еще более укреплена правовая база для организации массовой вакцинации населения для предотвращения новых волн коронавирусной инфекции. В случае возникновения риска распространения инфекционных заболеваний существующие противоречия в действующем законодательстве о введении профилактической вакцинации будут устранены.
Сегодня признано, что единственным способом защиты от этой напасти является вакцинация, но из-за отсутствия доверия населения к вакцинам привит только 1 миллион человек. Прошло всего 27 000 человек. Это 4,8 процента населения старше 18 лет. Для формирования коллективного иммунитета необходимо вакцинировать 60-80% населения.
Доверие к вакцинам составляет 90 процентов в Китае, 80 процентов в Бразилии, 70 процентов в Индии, Индонезии и Таиланде и 60 процентов в Турции и Мексике. Обязательная вакцинация введена во Франции, Греции, Австралии, Италии, Латвии, России, Казахстане, Таджикистане и других странах.
Депутаты, принимая во внимание актуальную актуальность законопроекта и рост заболеваемости, концептуально одобрили законопроект в первом чтении.
Рекомендация: Кто будет обязан проходить вакцинацию в Узбекистане?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: