DTM test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi

DTM test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi

2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021 yil 5 avgustdan 16 avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlab olingan 53 ta ochiq maydon (stadion va xiyobon) da o‘tkazildi.
Unda ishtirok etishi belgilangan 948 211 nafar abituriyentdan 892 242 nafari (94,1 foizi) ishtirok etgan bo‘lsa, 55 969 nafari (5,9 foizi) turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.
Test sinovlarida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahri (172 400 nafar), Qashqadaryo (91 855 nafar) va Samarqand (85 987 nafar) viloyatlarida ishtirok etdi.
Jami 563 nafar (948 211 nafardan) abituriyent, jumladan 328 nafari (892 242 nafardan) test sinovi jarayonida, 235 nafari (55 969 nafardan) hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.
Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30 avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Hududga kirishda barcha abituriyentlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri) orqali shaxsi tasdiqlangan holda test sinovlariga kiritildi. Test sinovi jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, test2021.uz sayti orqali onlayn translyasiya qilib borildi.
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq my.dtm.uz sayti orqali o‘zlari ishlagan javoblar varaqasining rangli skaner qilingan holatini yuklab olishlari va test sinovida to‘plagan ballarini bilishlari mumkin bo‘ldi.
Shuningdek, test sinovlarida shaffoflikni yanada oshirish maqsadida mandat.dtm.uz  sayti ishga tushirilib, mazkur sayt orqali abituriyentlarga boshqa abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.
Test natijalariga ko‘ra, 75 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Eng ko‘p maksimal ball olgan abituriyentlar Toshkent davlat yuridik universiteti (22 nafar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (13 nafar) hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (11 nafar) ni tanlaganlar orasida kuzatildi.
Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.


На 2021/2022 учебный год вступительные испытания на бакалавриат в высшие учебные заведения проводились в 2 смены в день в течение 12 дней с 5 по 16 августа 2021 года.

Испытания проводились на 53 открытых площадках (стадионах и аллеях), отобранных в Республике Каракалпакстан, областях и городе Ташкенте.
Из 948 211 абитуриентов, которые должны были принять участие, 892 242 (94,1%) приняли участие, а 55 969 (5,9%) не прошли тестирование по разным причинам.
Наибольшее количество абитуриентов приняло участие в испытаниях в Ташкенте (172 400 человек), Кашкадарье (91 855 человек) и Самарканде (85 987 человек).
Всего в ходе тестирования было дисквалифицировано 563 (из 948 211) абитуриентов, в том числе 328 (из 892 242) и 235 (из 55 969) – за нарушение правил приема.
В связи с тем, что у 110 абитуриентов на момент тестирования была обнаружена температура тела выше 37ºC, остальным абитуриентам была выдана справка о состоянии здоровья и они не были включены в тестирование. Дополнительные испытания запланированы на 30 августа.
При входе на территорию все абитуриенты включались в тест с удостоверением личности (видеозапись, сканер отпечатков пальцев). Тест проводился под полным видеонаблюдением и транслировался в режиме онлайн на test2021.uz.
Абитуриенты смогут загрузить отсканированную версию листа ответов, который они использовали, на my.dtm.uz на следующий день после сдачи теста и узнать свои баллы за тест.
Также в целях дальнейшего повышения прозрачности тестирования запущен сайт mandat.dtm.uz, через который абитуриенты имеют возможность ознакомиться с результатами других абитуриентов.
По результатам тестирования 75 абитуриентов набрали максимум 189 баллов. Абитуриентами, набравшими наибольшее количество максимальных баллов, стали Ташкентский государственный юридический университет (22 человека), Университет мировой экономики и дипломатии (13 человек) и Узбекский государственный университет мировых языков (11 человек).
В настоящее время объявлены результаты тестирования всех абитуриентов, принявших участие в тестировании, а после проведения дополнительных тестов для абитуриентов с повышенной температурой тела и коронавирусом будут оглашены окончательные результаты отбора и проведена э.лон.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: