DTM milliy sertifikat boʻyicha savollar tarqab ketganiga izoh berdi

DTM milliy sertifikat boʻyicha savollar tarqab ketganiga izoh berdi

2021-yil 9-10-iyun kunlari kimyo, matematika, biologiya hamda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihonlar o‘tkazilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda biologiya fanidan test savollari chiqib ketganligi, turli o‘quv markazlari tomonidan test savollari ma’lum miqdor evaziga sotilganligi to‘g‘risida turli fikrlar bildirilganligi sababli Bilim va malakalarni baholash agentligi murojaatiga asosan mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu sababli biologiya fanidan test natijalari huquqni muhofaza qilish o‘rganlari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari yakunlangandan so‘ng, ularning xulosasi asosida e’lon qilinadi.

Bu haqda DTM xabar berdi.

Bunda, milliy sertifikat natijalari oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘xatga olish jarayoni yakunlangandan so‘ng e’lon qilingan taqdirda ham, biologiya fanidan sertifikatga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash imkoniyati beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kimyo, matematika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test natijalari va talabgorlarning test sinovida ko‘rsatgan natijalari hududlar kesimida e’lon qilingan (kimyo, matematika, ona tili va adabiyot).


9-10 июня 2021 года были проведены испытания на национальную аттестацию по химии, математике, биологии и родному языку и литературе (узбекский язык и литература, русский язык и литература, каракалпакский язык и литература).

В связи с тем, что после экзаменов в соцсетях появились тестовые вопросы по биологии, разные учебные центры высказывали разные мнения о том, что тестовые вопросы были проданы за определенную сумму, по запросу Государственного тестового центра об этом случае сообщили правоохранительные органы. агентств.

Поэтому результаты тестов по биологии будут объявлены исследователями правоохранительных органов на основании их выводов после завершения соответствующих исследований.

Об этом сообщает ДТМ.

В этом случае, даже если результаты национального аттестата будут объявлены после завершения онлайн-регистрации абитуриентов в высшие учебные заведения, вступительные испытания на программы бакалавриата по биологии и высшие учебные заведения возможность подтвердить использование сертификата.

Следует отметить, что результаты тестирования по химии, математике и родному языку и литературе, а также результаты тестирования кандидатов были опубликованы по регионам (химия, математика, родной язык и литература).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: