Fizikadan DTM testlar Turkiyadan shundayligicha ko‘chirilganmi?

Fizikadan DTM testlar Turkiyadan shundayligicha ko‘chirilganmi? - kabi iddaolarga DTM munosabat bildirdi

Fizika fanidan test topshiriqlari yuzasidan DTM bayonot berdi.

Telegram kanallarda Bilim va malakalarni baholash agentligining fizika fanidan ekspertlari tanqid qilinib, fizika fanidan ayrim test topshiriqlari Turkiyadan shundayligicha ko‘chirib olingani aytilgan.

Qayd etish kerakki, fizika fanidan keltirilgan test topshiriqlari turk tilidagi test topshiriqlaridan yoki boshqa manbalardan ko‘chirib olinmagan. Balki xorijiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan test topshiriqlari o‘rganilib, ulardan g‘oya olingan holda yangi test topshiriqlari shakllantirilgan. Bu testologiya qoidalariga va mualliflik huquqiga zid emas.

Bilim va malakalarni baholash agentligining ekspertlari tomonidan tuzilgan test topshiriqlari xorijiy manbalardagi savollar bilan bir xil emas va ular O‘zbekistondagi davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.


DTM сделал заявление относительно тестовых заданий по физике.

В Telegram-каналах критиковались специалисты по физике Государственного испытательного центра и говорилось, что некоторые тестовые задания по физике скопированы из Турции.

Следует отметить, что данные тестовые задания по физике не скопированы с тестовых заданий по турецкому языку или других источников. Возможно, были изучены тестовые задания, созданные зарубежными организациями, и на основе их идей были созданы новые тестовые задания. Не нарушает правил тестологии и авторского права.

Тестовые задания, созданные экспертами Государственного центра тестирования, не идентичны вопросам из зарубежных источников, и они созданы на основе государственных образовательных стандартов и учебных программ Узбекистана.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: