Darsliklar ta’minoti yuzasidan maxsus bot ishga tushirildi

Darsliklar ta’minoti yuzasidan maxsus bot ishga tushirildi

O‘quv yilining boshida maktablarning kontingentidagi o‘zgarishlar, ya’ni bir maktabdan boshqa maktabga o‘tish tufayli o‘quvchi sonining o‘zgarishi, o‘quvchilar ta’lim olib kelgan maktabida ham, kelayotgan maktabida ham o‘quvchilar soni, ayrim holatlarda hattoki ta’lim tilini o‘zgartirishi holatlarini kuzatamiz.

O‘quvchi soni o‘zgarishi (ko‘payishi va kamayishi) maktabda mavjud bo‘lgan darslik fondini ham qayta taqsimlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Ma’lumki, darsliklar har yili chop etilmaydi va chop etilgan yilda, maktab buyurtmasiga qarab, foydalaniladigan ijara davri uchun maktabda ta’lim oladigan o‘quvchilar soniga hamda ta’lim tiliga qarab taqsimlanadi. Maktab kontingenti o‘zgarishi o‘z-o‘zidan avvaldan o‘quvchi soni o‘zgarishi dinamikasini aniqlash imkoniyati yo‘qligi sababli, yuzaga kelgan yetishmovchilikni bartaraf etish maqsadida boshqa hududda saqlanayotgan darsliklarni qayta taqsimot qilishga va ehtiyoj yuzaga kelgan maktabga yetkazishga olib keladi.

Misol uchun o‘tgan 2021 yilning sentabrida mamlakatimiz bo‘yicha minglab o‘quvchilarning maktabini o‘zgartirishi sababli shuncha songa mos ravishdagi darsliklarni qayta taqsimlash zaruriyati yuzaga kelgan.

Albatta, yuzaga keladigan vaziyatda xalq ta’limi vazirligidan boshlab, bevosita hududlarda va maktablarda darslikni taqsimotiga mas’ullarning boshqa hudud (maktab)lardan kerak bo‘ladigan darslik komplektlarini yetkazib berishda tezkorlik bilan harakat qilishlari o‘ta muhim.
Shu bilan birga hurmatli ota-onalarning ham bevosita Vazirlikning botiga murojaat qilib, muammoli holat bo‘yicha ma’lumot berishlari orqali o‘z farzandlari uchun kerak bo‘ladigan komplektlarni yetkazib berilishida yordam berishlari mumkin.
Buning uchun, maxsus telegramm-botga — @bookedu_bot murojaat yuborish mumkin.
Murojaatda aniq qilib, maktabni, yuzaga kelgan masalani bayon etish so‘raladi.

Shu o‘rinda, ayrim manbalarda 3-, 6-, 7-, 10-sinf yangi darsliklarni o‘quv yili boshidan berilishi yoki berilmasligi bo‘yicha turli talqinlar va fikrlar yuzaga kelganligidan kelib chiqib, bu masalaga ham oydinlik kiritsak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dastur”ga asosan darsliklarni xalqaro ekspertlar ishtirokida yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi belgilangan.

Farmonga asosan, 2022 yil yakuniga qadar darsliklarni yangilash vazifasi 4 ta sinfni qamrab olishi belgilangan. Bundan tashqari, 2022 yilda ingliz, nemis va rus tillaridan Kembridj, Klett nashriyotlari va Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universitetining yurtimiz ta’lim tizimi talablariga mos ravishda mahalliylashtirilgan darsliklarini joriy qilish belgilangan.

Hozirga qadar, qator yangi darsliklar maktablarga chop etilib, o‘quvchilar uchun foydalanishga tayyor qilib qo‘yilgan.

Barcha sinf o‘quvchilariga maktab kutubxonasida mavjud tegishli sinf darsliklaridan komplektlarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bu borada 6-, 7- va 10-sinf darsliklarini yangilash jarayoni muddati dastlab belgilanganidek yil yakuniga qadar emas, balki oktabr oyi yakuniga qadar ta’minlanadi.


Изменения контингента школ на начало учебного года, то есть изменения количества учащихся в связи с переводом из одной школы в другую, количества учащихся как в школе, где учащиеся получали образование, так и в школу, в которую они приходят, у некоторых в некоторых случаях мы даже наблюдаем случаи смены языка обучения.

Изменение количества учащихся (увеличение и уменьшение) создает необходимость перераспределения имеющегося в школе фонда учебников.

Известно, что учебники издаются не каждый год, а в год издания распределяются в зависимости от заказа школы, количества учащихся, обучающихся в школе, и языка обучения на используемый период проката. В связи с тем, что заранее определить динамику изменения численности учащихся не представляется возможным, изменение школьного контингента приводит к перераспределению учебников, хранящихся в другом районе, и доставке в школу, где возникает необходимость в с целью устранения недостачи.

Например, в сентябре 2021 года в связи со сменой школы тысяч учащихся в нашей стране возникла необходимость в перераспределении соответствующих этому количеству учебников.

Конечно, в сложившейся ситуации очень важно, чтобы ответственные за распределение учебников в регионах и школах, начиная с Министерства народного просвещения, оперативно действовали по доставке необходимых комплектов учебников из других регионов (школ).
При этом уважаемые родители могут напрямую связаться с ботом Министерства и предоставить информацию о проблемной ситуации, помочь в доставке необходимых наборов для своих детей.
Для этого вы можете отправить запрос специальному телеграм-боту — @bookedu_bot.
В заявке просят четко описать школу и возникшую проблему.

На данный момент, исходя из того, что в некоторых источниках существуют разные толкования и мнения о том, были ли выпущены новые учебники для 3, 6, 7 и 10 классов с начала учебного года, внесем ясность в этот вопрос. Согласно «Национальной программе развития народного образования на 2022-2026 годы», утвержденной Указом Президента Республики Узбекистан № ПФ-134, поставлена ​​задача создания и поэтапного внедрения учебников с участием международных экспертов. было установлено.

Согласно постановлению, задача по обновлению учебников до конца 2022 года охватит 4 класса. Кроме того, в 2022 году планируется внедрение локализованных учебников с английского, немецкого и русского языков издательств Cambridge, Klett и РГПУ им. Герсена в соответствии с требованиями системы образования нашей страны.

К настоящему времени для школ отпечатано несколько новых учебников, которые готовы к использованию учащимися.

Учащимся всех классов были даны инструкции по формированию комплектов из соответствующих классных учебников, имеющихся в школьной библиотеке.В связи с этим процесс обновления учебников для 6-х, 7-х и 10-х классов будет обеспечен не до конца года, как было намечено изначально, а до конца октября.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: