Chet tilidan ijodiy ta’lim yo‘nalishlariga qabul oxirgi muddati

Chet tilidan ijodiy ta’lim yo‘nalishlariga qabul oxirgi muddati
Telegramda o'qish

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul 10 iyul kuni yakunlanadi.

Joriy yildan boshlab, 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan. Bular:

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📆 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

❕ Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10 iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: