Bugunning gapi: siz qachon emlanasiz?

Bugunning gapi: siz qachon emlanasiz?

Hayrat degan tuygʻu bashariyatga tobora begonalashib bormoqda.

Ilgari togʻni koʻrsak ham, bogʻni koʻrsak ham ogʻzimiz lang ochilib qolavergan. Chunki olamni shunday taniganmiz. Borliqni shunday idrok etganmiz. Globallashuv degan gʻalati jarayon shundan ham mosuvo qilayotganga oʻxshaydi bizni. Innovatsiyalar asrida bir uyum temir-tersakdan gapiradigan robot yasab berishsa ham, hozir koʻpchilik ajablanib oʻtirgani yoʻq. Nega shunday? Chunki ongimizda maʼlumot koʻp. Yangilikni, voqelikni idrok qilishimiz jadallashgan. Internet tom-tom ensiklopediyalarda yoʻq maʼlumotlarni, rostu yolgʻon axborotni bir zumda bizga muhayyo qilmoqda. Xoʻsh, bularni aytishdan muddao ne?
Gap shundaki, hozirgi sinovli kunlarda xuddi shu — idrok etish xususiyatimiz pasaygandek. SOVID-19 degan mitti virus tarqaldi-yu, tutumlarimizu instinktlarimizni oʻzgartirib yuborgandek… Toʻgʻri, hozir bu xastalik — katta dushmanimiz. Ammo odamzodni mahv etayotgan bundanam xatarli yov bor. Bu — vahima!
Yolgʻonga buncha oʻchmiz?
Esingizda boʻlsa, oʻtgan yilning ayni shu pallalarida butun dunyo bir xushxabarni intiq boʻlib kutayotgandi. Hammaning koʻnglidan oʻtgan savol bitta: vaksina qachon yaratiladi? Shundan boshqa ilinjimiz ham, umidimiz ham qolmagandi aslida. Lekin odam bolasining tabiati qiziq: na issiqqa chidaydi, na sovuqqa…
Nihoyat oʻsha intiq kutilgan vaksina yaratildi ham. Muqobil turlari bilan. Lekin yana gap-soʻzlar, shubhayu gumonlar urchidi. Ijtimoiy tarmoqlar fisqu fasodning uyasiga aylandi. Falon davlatniki sinovdan yaxshi oʻtadi, falon mamlakatda vaksina tajribasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, deguvchi bashoratgoʻylar paydo boʻldi.
Mana, endi-chi? Vaksina boru talabgor kam. Yaqin-yaqingacha virusni yuqtirishdan qanchalik choʻchigan boʻlsak, hozir vaksinaning salbiy taʼsiri ehtimolidan shunchalik qoʻrqyapmiz. Tafakkur qilishga kelganda ongimiz xuddi xotirasiga virus tushgan kompyuter singari qotib-qotib ishlayotir…
Hammamizga tanish bir holatni aytay: yaqinda “Telegram” kanallari, ijtimoiy tarmoqlarda bir notavon chiqib “vaksina tarkibida allaqanday chip bor ekan, emlansangiz, tanangizga singib, ongingizni boshqarishlariga imkon berib qoʻyasiz”, deya ayyuhannos soldi. Eng alam qiladigan jihati, oramizda ana shu uydirmaga chippa-chin ishonadiganlar topildi. Qarang, ongimizni boshqarishlaridan qoʻrqib, goʻyoki ogohligimiz oshyapti-yu, oxir-oqibat bir qallobga idrokimiz jilovini oʻzimiz qoʻshqoʻllab tutqazib qoʻymoqdamiz. Yana shunday uydirmalardan biri: nima emish, vaksina bilan emlangan odam ikki yilda jon taslim qilarmish… Tavba! Buncha yolgʻonga, vahimaga oʻch boʻlmasak?!
Notanish bir kimsaning gapi mutlaq haqiqat deb qabul qilinsa-yu, bunga qarshi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oʻzi rasmiy bayonot bersa ham, shubha bilan qarasak… Biz kimga ishonamiz oʻzi, ogʻaynilar?
Biz nimani kutyapmiz?
Statistik maʼlumotlarga tayanilsa, shu kungacha yurtimizda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1,1 million nafarga ham yetmaydi. Bu jami aholimizning atigi 1,7 foiziga teng koʻrsatkich. Zaxirada esa 2 yarim million dona vaksina turibdi. Kuni kecha davlatimiz rahbari Amerikadan yana 3 million dona vaksina keltirilayotganini aytdi. Bular chetdan qaraganda oson ishdek tuyulishi mumkin. Biroq xazinamiz koʻrayotgan ziyon milliardlab dollarga teng. Maqsad esa bitta — bu baloni eson-omon daf qilish.
Lekin shunday sharoitda, shukr qilish, xalqimizni bu ofatdan xalos etish oʻrniga, odamlar oʻrtasiga nifoq solayotganlar borligi achinarlidir. Mana, bir necha hafta oldin Kubada kunlik kasallanish koʻrsatkichlari 7 ming kishiga chiqib, rekord qayd etilgach, minglab odamlar gurra-gurra koʻchalarga chiqishdi. 30 yil ichidagi eng yirigi deb taʼriflangan ushbu norozilik namoyishida aholi hukumatdan koronavirusga qarshi vaksinalar talab qildi. Koʻryapsizmi, Kuba xalqi vaksinaga zor, davlat esa bu imkoniyatni muhayyo qilishga toʻliq qodir emas.
JSST bosh direktori maslahatchisi Bryus Eylvardning qayd etishicha, hozirgi kunda 30 —40 mamlakatda aholini ikkinchi bosqichda emlash uchun vaksina yetishmayapti. Xususan, bunday tanqislik Janubiy Afrika, Lotin Amerikasi, Oʻrta Sharq davlatlarida koʻproq kuzatilayotir. Baʼzi davlatlarda esa vaksina olish uchun aholi oʻz hisobidan pul toʻlashga majbur boʻlmoqda. Yana bir qiziq maʼlumot: Armanistonda xorijiy davlat fuqarolari uchun SOVID-19 ga qarshi emlash bepul qilib qoʻyilgan. Faqat yagona shart bilan: bepul vaksina olishni istovchilar mamlakatda kamida 10 kun qolishlari shart. Shu orqali Armaniston hukumati mamlakatda yangi yoʻnalish — vaksina turizmini rivojlantirmoqchi. Ayni paytda ana shu imkoniyatdan qoʻshni Eron Islom Respublikasining minglab fuqarolari bajonidil foydalanishayotir.
Bizda esa, afsuski, vaziyat borgan sari taranglashmoqda. Antirekord koʻrsatkichlari kun sayin yangilanyapti. Masalan, 23-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 773 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 507 nafarga yetgan. Shunda ham negadir vaksina olishga shoshilmayapmiz? Nimani kutyapmiz, azizlar?
Qaysi vaksina yaxshi?
Bu savol shu kunlarda “trend”ga chiqqan. Telekanallar, gazetalarda tinimsiz bong urilyapti, mutaxassislar aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bormoqda. Biroq goʻyoki qulogʻimizga paxta tiqilgan. Ilmiy asosga ega gaplarni, yaʼni asl haqiqatlarni eshitishga toqatimiz yoʻq. Mish-mishlar, uydirmayu yolgʻon axborotga esa juda “tashna”miz.
Yaqinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vaksinalar va immunoprofilaktika boʻlimi boshligʻi Dilorom Tursunova bu haqda juda kuyinib gapirdi. Uning aytishicha, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq dunyodagi pandemik vaziyatni barqarorlashtirish, unga qarshi samarali kurashishda vaksinadan koʻra ishonchliroq vosita yoʻq. Toʻgʻri, emlangandan soʻng virusni yuqtirmaslikka 100 foiz ishonch bilan javob berish qiyin. Biroq aynan emlangan fuqarolar kasallik alomatlarini yengil oʻtkazayotir. Taʼkidlanishicha, “ZF-UZ-VAC2001” vaksinasini olganlar orasida virusni yuqtirish holatlari taxminan 0,004 foizga teng.
— Asosan, vaksinaning 1-dozasi bilan 2-dozasi oraligʻida emlangan fuqarolarda virusni yuqtirish holatlari kuzatildi. Biroq 3-dozani qabul qilgan aholi oʻrtasida virusga chalinganlar deyarli qayd etilmadi, — deydi Dilorom Tursunova.
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov esa emlanishdan qoʻrqib, bu jarayondan bosh tortayotganlarga gapning indallosini aytdi:
“Bugun Oʻzbekistonda 13 turdagi kasallikka qarshi ommaviy emlanadi. Bu vaksinalarni olmaslik oʻlimga olib kelishi mumkin. Bu vositalar qachon, qaysi davlat tomonidan yaratilgan, qanchalik effekt beradi, degan savollar berilmaydi. Lekin koronavirusga qarshi yagona chora boʻlib turgan vaksinalar haqida turli asossiz mish-mishlarga odamlarning ishonib qolayotgani tushunarsiz holat…”
Yana statistikaga qaytamiz. Shu kungacha jahon boʻyicha qariyb 3,79 milliard doza vaksina qabul qilingan. Shundan asosiy qismi Xitoy hissasiga toʻgʻri keladi — 1 milliard 510 million doza. Keyingi oʻrinlarda Hindiston (423 mln. 417 ming), AQSH (339 mln. 760 ming), Braziliya (130 mln. 250 ming), Germaniya (qariyb 88 mln.), Buyuk Britaniya (83 mln. 20 ming), Yaponiya (salkam 74 mln.) turibdi. Fransiya, Turkiya, Italiya ham peshqadamlar safida. Va xuddi shunday choralar natijasida mazkur davlatlarda shiddat bilan oʻsayotgan koronavirusga chalinish holatlari borgan sari kamayishiga erishilmoqda. Bu — fakt!
Cheklov — yagona chora emas
2020-yil — butun dunyo uchun ogʻir keldi. Pandemiya “manaman” degan davlatlar iqtisodiyotini ham tiz choʻktirib qoʻyganiga hammamiz guvohmiz. Oʻzbekistonda ham bir yil avval juda qatʼiy cheklovlar joriy etilgandi. Koʻplab tashkilotu muassasalar eshigiga qulf osildi. Bir korxona ishi toʻxtasa, qancha odam maoshsiz qoladi axir? Bizda esa oldi-berdi, savdo-sotiq uchun chegaralar taqa-taq yopildi. Davlatimiz, hukumatimiz uyda oʻtirgan asosiy aholi qatlami oziq-ovqatga, osh-nonga zoriqib qolmasin, deb muhtojlarni toʻliq himoyasiga oldi. Yaxshi umid bilan biznes boshlagan tadbirkorlar “sinib qolmasin”, deya kreditlar muddatini uzaytirdi, bankrotlikka tushib qolmasligi choralari koʻrildi. Ammo tajriba shuni koʻrsatdiki, cheklov — yagona chora emas. Aksincha, bunday yoʻl tutish mamlakatda iqtisodiy inqirozni kuchaytirib yuboradi.
Shu bois mutaxassislar koronavirusni yengish uchun “domino effekti”ni misol qilib keltirdi. Zanjir halqalari uzilishiga qiyos etishdi karantinni. Qoidalar esa juda oddiy: masofa saqlang, tibbiy niqob taqing, tozalikka rioya eting… Bor-yoʻgʻi shu! Ammo shungayam amal qila olmayapmiz.
Hozir poytaxt koʻchalarida odamlarimizni kuzating. Koʻpchiligida niqob yoʻq. Borlari ham azbaroyi jarima solishmasin, deb iyagiga tushirib olgan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarga kirsangiz, aql oʻrgatadiganlar koʻp. Ommaviy tadbirlarni butunlay cheklash, odamlarni avvalgiday uyga “qamash” tarafdorlari bor. “Hukumat qayoqqa qarayapti?”, “Nega cheklovlarni kuchaytirmayapmiz?” deya bong urayotganlar koʻpaymoqda.
Ammo bir haqli savol tugʻiladi: salomatligimizni, avvalo, oʻzimiz qadrlamas ekanmiz, majburiy cheklovlardan nima naf?! Yoki aksincha, karantin bilan bogʻliq taqiqlarni butunlay olib tashlash kerak, deguvchilarga JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening quyidagi soʻzlarini eslatmoqchimiz.
— Pandemiya bizning ruhiyatimizga va salomatligimizga zarar yetkazdi, — deydi u. — Shu bois odamlar qiyin davrdan keyin dam olishni xohlashi tabiiy. Biroq biz oʻtgan yilning yozida shunday holatni boshdan oʻtkazganimizni unutmasligimiz kerak. Cheklovlar tezda olib tashlanganidan keyin mintaqada yangi holatlar va oʻlimlar soni juda tez oʻsdi. Natijada bu holat yana cheklovlarga qaytishga majbur qilgan edi.
Yaʼni mutaxassis tavsiyasi shunday: pandemiya hali tugagani yoʻq. Shuning uchun koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni tezda bekor qilishga shoshilmaslik zarur.
Nima demoqchimiz bu bilan? Aytmoqchimizki, oʻzimizni ehtiyot qilishimiz shart. Davlatimizga esa hozir bizdan madad kerak. Madad shuki, koronavirusga qarshi kurashishda aql-idrokimiz, maʼnaviyatimiz va tarbiyamizga mos ish tutaylik. Vaksina olishni paysalga solmaylik!
Farrux BOʻTAYEV,
jurnalist.

Manba: XS.uz


Чувство чуда становится все более и более чуждым человечеству.

В прошлом, когда мы видели гору или сад, наши рты были широко открыты. Потому что так мы познавали мир. Так мы воспринимаем существование. Странный процесс глобализации, кажется, ведет нас еще дальше. В век инноваций многих это не удивляет, хоть куча из них и создала робота, говорящего из железа. Почему это? Потому что у нас в голове много информации. Наше восприятие новизны, реальности ускоряется. Интернет моментально предоставляет нам информацию, которой нет в энциклопедиях, правда это или ложь. Так какой смысл говорить это?
Дело в том, что в эти дни испытаний то же самое — наше познание, похоже, снизилось. Как будто крошечный вирус под названием СOVID-19 распространился и изменил наши взгляды и инстинкты… Правда, эта болезнь теперь наш самый большой враг. Но есть более опасный зверь, который уничтожает человечество. Это паника!
Как сильно мы ненавидим ложь?
Если помните, в это же время в прошлом году весь мир с нетерпением ждал хороших новостей. Один вопрос, который интересует всех: когда будет создана вакцина? На самом деле, у нас не было никакой другой надежды или надежды. Но интересна природа человеческого ребенка: он не переносит ни жару, ни холод…
Наконец, долгожданная вакцина была создана. С альтернативными типами. Но опять слухи, подозрения и подозрения изобиловали. Социальные сети стали рассадником разлома коррупции. Были прогнозы, что некоторые страны пройдут испытание, а эксперименты с вакцинами в некоторых странах потерпят неудачу.
А сейчас? Вакцины в дефиците. Как бы мы до недавнего времени боялись вируса, теперь мы боимся возможных побочных эффектов вакцины. Когда дело доходит до мышления, наш разум работает как компьютер с вирусом в памяти…
Расскажу общеизвестный факт: недавно в Telegram-каналах и соцсетях поднялась шумиха: «Пока в вакцине есть чип, если вы привиты, он впитается в ваш организм и позволит вам контролировать свой разум». Самое печальное, что среди нас есть люди, которые верят в эту выдумку. Видите, из-за боязни управлять своим умом наше сознание как бы увеличивается, и в конце концов мы держим бразды нашего восприятия в руках мошенника. Еще один миф, что привитый человек через два года умрет… Покайтесь! Если мы не отомстим за столько лжи и паники?!
Даже если заявление незнакомца будет принято за абсолютную истину, даже если сама Всемирная организация здравоохранения сделает официальное заявление против него, мы настроены скептически… Кому мы верим, братья?
Что мы ждем?
По статистике, на сегодняшний день количество привитых от коронавируса в нашей стране составляет менее 1,1 миллиона человек. Это только 1 из нашего общего населения,Этот показатель составляет 7%. На складе имеется 2,5 миллиона вакцин. Вчера глава нашего государства сообщил, что из США ввозится еще 3 миллиона вакцин. Со стороны это может показаться легкой задачей. Однако ущерб нашей казне исчисляется миллиардами долларов. Цель состоит в том, чтобы легко оттолкнуть воздушный шар.
Однако очень жаль, что в такой ситуации вместо того, чтобы благодарить и спасать наш народ от этой беды, находятся те, кто сеет рознь среди народа. Несколько недель назад, когда ежедневный показатель заболеваемости на Кубе достиг рекордного уровня в 7000 человек, тысячи людей вышли на улицы. Описанный как крупнейший за 30 лет, население потребовало от правительства вакцин против коронавируса. Видите ли, кубинский народ нуждается в вакцине, а правительство не в состоянии предоставить такую ​​возможность.
По словам советника генерального директора ВОЗ Брюса Эйлуорда, в настоящее время в 30-40 странах не хватает вакцин для второго раунда вакцинации. В частности, такой дефицит чаще встречается в Южной Африке, Латинской Америке и на Ближнем Востоке. В некоторых странах люди должны платить за вакцину за свой счет. Еще одним интересным фактом является то, что в Армении вакцинация против СOVID-19 для иностранных граждан проводится бесплатно. Только при одном условии: желающие получить бесплатную вакцину должны находиться в стране не менее 10 дней. Таким образом, правительство Армении намерено развивать в стране новое направление – вакцинный туризм. В настоящее время этой возможностью с удовольствием пользуются тысячи граждан соседней Исламской Республики Иран.
В нашем случае, к сожалению, ситуация становится все более напряженной. Антирекордные цифры обновляются ежедневно. Например, по состоянию на 23 июля в Узбекистане выявлено 773 случая заражения коронавирусом, пневмонией – 507 человек. И все же, почему мы не торопимся с вакцинацией? Чего мы ждем, дорогие?
Какая вакцина лучше?
Этот вопрос стал тенденцией в наши дни. Телеканалы и газеты постоянно звонят в колокола, а специалисты проводят разъяснительную работу среди населения. Но у нас в ушах как будто вата застряла. Нам невыносимо слышать научно обоснованные заявления, то есть реальные факты. Мы очень «жаждем» слухов и вымыслов.
Недавно об этом с большой грустью говорила Дилором Турсунова, заведующая отделом вакцин и иммунопрофилактики Службы санитарно-эпидемиологического надзора и общественного здоровья. Он говорит, что нет более надежного способа стабилизировать глобальную пандемию коронавирусной инфекции, чем вакцина. Правда, сложно со 100-процентной уверенностью сказать, что вы не заразитесь после вакцинации. Однако именно привитые граждане более восприимчивы к симптомам. Отмечается, чтоСреди получивших вакцину ZF-UZ-VAC2001 заболеваемость вирусом составила примерно 0,004%.
— В целом случаи заражения вирусом наблюдались у граждан, привитых между 1 и 2 дозами вакцины. Однако случаев заражения вирусом среди населения, получившего третью дозу, практически не было, — сообщила Дилором Турсунова.
Амрилло Иноятов, первый заместитель министра здравоохранения, сказал тем, кто отказался от прививки, опасаясь вакцинации:
«Сегодня в Узбекистане прививают от 13 видов болезней. Несоблюдение этих вакцин может привести к летальному исходу. Нет никаких вопросов о том, когда эти инструменты будут созданы, каким государством и в каком объеме. Однако непонятно, почему люди продолжают верить всем беспочвенным слухам о вакцинах, которые являются единственным средством против коронавируса…»
Вернемся снова к статистике. На сегодняшний день во всем мире было введено около 3,79 миллиарда доз вакцины. Основная часть этого приходится на Китай — 1 миллиард 510 миллионов доз. Далее следуют Индия (423 млн 417 тыс.), США (339 млн 760 тыс.), Бразилия (130 млн 250 тыс.), Германия (около 88 млн), Великобритания (83 млн 20 тыс.) и Япония ( почти). 74 миллиона). Франция, Турция и Италия также входят в число лидеров. И в результате этих мер заболеваемость коронавирусом, который стремительно растет в этих странах, снижается. Это факт!
Ограничение — не единственное средство
2020 год был трудным для всего мира. Мы все видели, как пандемия поставила на колени экономики так называемых «манаманских» стран. В Узбекистане тоже год назад были введены очень жесткие ограничения. Двери многих организаций заперты. Сколько человек останется без работы, если одно предприятие перестанет работать? В нашем случае границы для торговли закрыты. Наше государство и правительство полностью защитили нуждающихся, чтобы большая часть населения, проживающего дома, не уставала от еды и крова. Предприниматели, которые начинали свой бизнес с большими надеждами, продлили свои кредиты, чтобы избежать банкротства, и были приняты меры, чтобы не допустить их банкротства. Но опыт показал, что сдержанность — не единственное решение. Наоборот, такой подход усугубил бы экономический кризис в стране.
Поэтому в качестве примера преодоления коронавируса эксперты приводят «эффект домино». Цепные петли сравнивали с карантином. Правила очень просты: соблюдайте дистанцию, носите медицинскую маску, следите за чистотой… Вот и все! Но мы до сих пор не можем пройти.
А теперь посмотрите на наших людей на улицах столицы. У большинства нет маски. Он также снял деньги с подбородка, чтобы его не оштрафовали. Но если вы заходите в социальные сети, там много людей, которые вас учат. Есть сторонники полного ограничения массовых мероприятий, «запирания» людей в доме по-прежнему. «Куда смотрит правительство?»«Почему бы нам не ужесточить ограничения?» Все больше и больше людей кричат.
Но возникает закономерный вопрос: что толку от обязательных ограничений, если мы не дорожим своим здоровьем в первую очередь?! Или, наоборот, хотим напомнить тем, кто говорит, что карантинные запреты должны быть сняты вообще, как выразился Ханс Клюге, директор Европейского регионального бюро ВОЗ.
«Пандемия нанесла ущерб нашей психике и нашему здоровью», — сказал он. — Поэтому естественно, что люди хотят отдохнуть после тяжелого периода. Но нельзя забывать, что такая ситуация была у нас прошлым летом. С немедленным снятием ограничений количество новых случаев и летальных исходов в регионе стремительно росло. В результате ситуация была вынуждена снова вернуться к ограничениям.
Иными словами, рекомендация эксперта заключается в том, что пандемия еще не закончилась. Поэтому важно не торопиться со снятием ограничений, введенных из-за коронавируса.
Что мы подразумеваем под этим? Мы должны быть осторожны. И нашему государству сейчас нужна наша помощь. Помогите нам бороться с коронавирусом нашим интеллектом, нашим моральным духом и нашим воспитанием. Не будем откладывать вакцинацию!
Фаррукс БО`ТАЕВ,
журналистка.

Источник: XS.uz

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: