Bola nega duduqlanadi?

Bola nega duduqlanadi?

Ko‘plab kasalliklarning shakllanishi insonlarning bolalik davri bilan bevosita bog‘liq. Xususan, o‘g‘il-qizlardagi duduqlanish yoki nutqiy buzilishlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilmasa, bir umrlik nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, duduqlanish qanday xastalik? Uning oldini olish uchun nima qilish lozim?

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining shu kabi savollariga 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavluda Tabibova javob berdi:

— Duduqlanish — bolalarda ko‘p uchraydigan psixofiziologik murakkab nutq buzilishi, — deydi shifokor. — Bu holat tovushlar, bo‘g‘inlar yoki so‘zlarning takrorlanishi hamda cho‘zilishi shaklida namoyon bo‘ladi. Nutqda tez-tez to‘xtash yoki qat’iyatsizlik kuzatiladi.

Xususan, bola ayrim so‘zlarni aytishdan oldin unli tovushlarga ko‘proq to‘xtaladi. So‘z va gaplarni aytayotganda o‘zi sezmagan holda majburan tutiladi. Gap boshida so‘zning birinchi bo‘g‘ini yoki o‘zini to‘liq qaytaradi. Gap boshlashdan oldin esa so‘zning birinchi harfini takrorlab qiynaladi. Qolaversa, ularda ichki duduqlanish ham uchraydi. Bunday paytda bola nima deyish kerakligini biladi-yu, ammo tiliga chiqara olmaydi.

Nutq buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lib, asosan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoylarda uchraydi. Shu bilan birga, bu muammo o‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda uch baravar ko‘proq tashxis qilinadi.

Duduqlanishning rivojlanishida genetik moyillik muhim rol o‘ynaydi. Biroq homiladorlik paytida ayollarning o‘z salomatligiga yetarlicha e’tibor bermasligi, ayniqsa, gripp va shamollash kabi virusli kasalliklardan to‘liq davolanmaslik, turli dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish, onalarning zararli illatlarga ruju qo‘yishi, tug‘uruq davrida bola miyasining lat yeyishi ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek:

— bola tug‘ilganidan keyin to uch yoshga to‘lgunga qadar og‘ir infeksion va endokrin kasalliklarga chalinishi;
— qattiq qo‘rquv;
— ota-onalarning yosh farzandi oldida baland ovozda janjallashishi;
— jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar;
— turli miya shikastlanishlari va boshqalar ham bu muammoni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, oiladagi qat’iy nazorat, kichkintoylarga haddan ortiq talabchanlik qilish ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim ota-onalar esa jajji o‘g‘il-qizlariga kichikligidan aqliy yuklamlarni ko‘paytirib, uzundan uzun she’rlar yodlashga, qiyin so‘z va bo‘g‘inlarni talaffuz qilishga, xorij tillarini o‘rganishga majburlashadi. Bu ham kichkintoylarda nutqning buzilishiga olib keladi.

Agar bolada duduqlanish kuzatilayotgan bo‘lsa, logoped yoki psixonevrolog kabi mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilish lozim. Davolash muolajalari qancha erta boshlansa, kichikintoy shuncha tez va asoratsiz shifo topadi.

Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar, oilada esa ota-onalar duduqlanuvchi bolaga to‘g‘ri, mustaqil va ravon so‘zlashi uchun imkon yaratib berishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, farzandning nutqi rivojlanayotgan davrda ularga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, salomatligiga doimiy e’tibor qaratish muhim.
!Ma’lumotlar rus tilida:
Формирование многих заболеваний напрямую связано с детским периодом людей. В частности, заикание или нарушения речи у мальчиков и девочек могут стать причиной инвалидности на всю жизнь, если вовремя не принять меры.

Так что же такое заикание? Что нужно сделать, чтобы предотвратить это?

На аналогичные вопросы пресс-службы Минздрава ответила главный врач Детской клинической больницы города Ташкента №1 Мавлюда Табибова:

«Заикание — это психофизиологическое сложное речевое расстройство, часто встречающееся у детей, — говорит врач. — Это состояние проявляется в виде повторения и удлинения звуков, слогов или слов. В речи часты паузы или нерешительность.

В частности, ребенок больше останавливается на гласных звуках перед произнесением определенных слов. Произнося слова и предложения, его ловят силой, не осознавая этого. Возвращает первый слог слова или самого себя в начале предложения. Перед началом речи с трудом повторяет первую букву слова. Кроме того, у них также есть внутреннее заикание. В такой момент ребенок знает, что сказать, но не может этого сказать.

Нарушения речи могут быть врожденными или приобретенными и возникают в основном у детей в возрасте от 2 до 5 лет. При этом у мальчиков данная проблема диагностируется в три раза чаще, чем у девочек.

Генетическая предрасположенность играет важную роль в развитии заикания. Однако во время беременности женщины не уделяют должного внимания своему здоровью, особенно не получая полноценного лечения от вирусных заболеваний, таких как грипп и простуда, самовольный прием различных лекарственных препаратов, подверженность матерей вредным заболеваниям, а у ребенка во время родов поражение головного мозга может также вызывают их заикание.

Также:

— тяжелые инфекционные и эндокринные заболевания после рождения ребенка до трехлетнего возраста;
— сильный страх;
— громкая ссора родителей на глазах у маленького ребенка;
— физические и умственные нагрузки;
— различные черепно-мозговые травмы и другие также вызывают эту проблему.

Кроме того, строгий контроль в семье и чрезмерная требовательность к детям также могут стать причиной их заикания. Некоторые родители с раннего возраста увеличивают интеллектуальную нагрузку на своих маленьких мальчиков и девочек, заставляя их заучивать наизусть длинные стихотворения, произносить трудные слова и слоги, учить иностранные языки. Это также вызывает нарушения речи у детей.

Если ребенок заикается, необходимо обратиться к логопеду или психоневрологу. Чем раньше будет начато лечение, тем быстрее и легче выздоровеет ребенок.

При этом воспитателям в дошкольном образовательном учреждении, а родителям в семье целесообразно создать возможность заикающемуся ребенку говорить правильно, самостоятельно и бегло. Особенно,Важно быть осторожным с детьми в период развития их речи, уделять постоянное внимание их здоровью.
[/spoiler]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: