Test yuzasidan apellyatsiya berish tartibi va muammolari haqida

Test yuzasidan apellyatsiya berish tartibi va muammolari haqida

Har yili test sinovlari jarayonida norozilar ko‘p bo‘ladi. Atigi 15% abituriyent talaba bo‘lgandan keyin, ko‘pchilik orasidan norozilar chiqishi tabiiy.

Kamroq ball olgan aksariyat abituriyentlarning aytadigan gapi bir xil: «men zo‘r tayyorlangandim, lekin DTM noto‘g‘ri hisoblagan, aslida balim baland chiqishi kerak edi».

Boz ustiga ballarni e’lon qilishda xatolikka yo‘l qo‘yilgani haqida berilgan kechagi e’lon olovga sepilgan kerosin bo‘ldi. «Ana, aytmadimmi, menikini ham past chiqardi, qaytadan hisoblasin» degan gaplar ko‘paydi.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Hozir shu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyevning mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Dastlabki muammo, apellyatsiya berish muddatida. Nizomga ko‘ra, apellyatsiya shikoyatlari 21 avgustdan 30 avgustgacha berilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab test sinovlari sentabr oyiga qoldirildi. Xo‘sh, bunday vaqtda apellyatsiya vaqti ham suriladimi? Rasman qachondan boshlanadi va qachongacha davom etadi? Bu haqida biror tayinli gap yo‘q. Buni tezroq belgilash va e’lon qilish kerak.

Ikkinchi muammo, apellyatsiya shikoyatlari yozma yoki elektron shaklda berilishi aytilgan. Ammo elektron ariza berishning aniq tartibi yo‘q. O‘tgan yili info@dtm.uz orqali qabul qilamiz deyishgandi. Ammo bu yaxshi qaror emasligi, apellyatsiyani shaxsiy kabineti orqali yuborish imkoniyatini berish kerakligi haqida avval ham yozgandim.

Uchinchi muammo, apellyatsiyada quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
• uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lug‘at, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilish yoki olib kirish;
• apellyatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish;
• test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtish.

Telefon yoki noutbuk olib kirsa nima bo‘pti? U o‘zining haqligini isbotlash uchun kerakli manbalardan qidirsa, buning nimasi yomon? Abituriyent geniymasku, hammasini so‘zma-so‘z yoddan biladigan. Axir bu shunchaki apellyatsiya jarayoni-ku, qayta test topshirish emas!

Apellyatsiyaning umumiy tartiblari:

apellyatsiya shikoyatini berish uchun Toshkentga kelish shart emas, DTMning hududiy bo‘limlari manzili mana bu yerda;

abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart;

abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test topshiriqlari kitobi beriladi;

abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi;

abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi DTMga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi;

apellyatsiya shikoyati faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Ilgari ota-onasi yoki ustozlariga ruxsat berilardi, keyinchalik buni taqiqlab qo‘yishdi;

abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, shikoyatni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;

abituriyent murojaat qilganda unga qarordan ko‘chirma beriladi;

abituriyent qaror ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

Taklif:

Umuman olganda apellyatsiya tartibi xuddiki DTM xatosi chiqib qolishidan qo‘rqib, atayin abituriyentlarni qiynash uchun yozilganga o‘xshaydi.

Menga qolsa, test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin, abituriyentlarning shaxsiy kabinetida unga tushgan savollarni to‘liq e’lon qilish kerak. Shunda abituriyentlar qaysi savolga to‘g‘ri belgiladi, qaysiga noto‘g‘ri, o‘qituvchisi bilan birga tekshirib ko‘radi va agar o‘zi xato qilganini ko‘rgach, apellyatsiya berib ham o‘tirmaydi. Bu minglab asossiz shikoyatlarning oldini oladi, DTMning ham ishi kamayadi.

O‘z navbatida xato savollarni aniqlash ham osonlashadi. Xatoni tan olish esa mardlik belgisi.

Bu ish ochiqlik va shaffoflikka qo‘yilgan navbatdagi katta va dadil qadam bo‘lar edi.


Каждый год в процессе тестирования проходит множество протестов. Поскольку только 15% абитуриентов являются студентами, естественно, что большинство протестует.

Большинство абитуриентов с более низкими баллами говорят одно и то же: «Я был хорошо подготовлен, но DTM ошибся, на самом деле мой балл должен был быть выше».

Кроме того, вчерашнее сообщение о том, что в объявлении результатов была допущена ошибка, было керосином подброшенным в огонь. — Слушай, я же тебе говорил, он и меня снес, пусть пересчитывает.

Кандидаты, недовольные результатами, могут подать апелляцию. Обращаем ваше внимание на комментарий Хушнудбека Худойбердиева.

Первая проблема – сроки подачи апелляции. Согласно регламенту, апелляции должны были быть поданы в период с 21 по 30 августа. Но из-за пандемии испытания перенесли на сентябрь. Будет ли отложена апелляция на это время? Когда это официально начнется и сколько продлится? В этом нет ничего определенного. Его нужно отметить и объявить как можно скорее.

Вторая проблема заключается в том, что апелляции, как утверждается, подаются в письменной или электронной форме. Однако четкой процедуры подачи электронного заявления не существует. В прошлом году нам сказали принять через info@dtm.uz. Но я уже писал ранее, что это не очень хорошее решение, что обращение нужно отправлять через личный кабинет.

Третья проблема заключается в том, что апелляция не позволяет:
• попытки ввозить или ввозить мобильные телефоны, компьютеры, телекоммуникационное оборудование и шпаргалки (за исключением словарей, таблиц);
• передавать тестовые материалы другому абитуриенту, оказывать им помощь или получать помощь в процессе апелляции;
• Оторвите лист тестовой тетради.

Что случилось с вашим телефоном или ноутбуком? Что плохого в том, что он ищет правильные источники, чтобы доказать свою правоту? Абитуриент — гений, который знает все наизусть. Ведь это всего лишь процесс апелляции, а не повторная проверка!

Общие процедуры подачи апелляции:

не нужно приезжать в Ташкент для подачи апелляции, адрес региональных отделений ДТМ здесь;

заявитель должен прийти со своим паспортом и разрешением заявителя в день, указанный в уведомлении;

абитуриенту выдается копия листа ответов, список неправильных ответов на тестовые задания и книга тестовых заданий;

абитуриент представляет в письменной форме свои ответы на каждое тестовое задание, которое он считает неверным, и передает его в апелляционную комиссию;

если лист ответов абитуриента, тестовая тетрадь не доставлены в ДТМ в установленном порядке, порваны, а также апелляция абитуриента, который был исключен из тестирования или не изложил свои ответы в письменной форме, рассматриваться не будет;

обращение будет рассмотрено только в присутствии заявителя, на основании его письменных ответов. Раньше это разрешалось делать родителям или учителям, но позже это было запрещено;

если письменные ответы заявителя не подтверждаются, принимается решение об отклонении жалобы;

при обращении заявителя ему выдается выписка из решения;

заявитель может обжаловать решение в суд.

Предложение:

В общем, процедура апелляции, кажется, была написана специально для пыток заявителей из-за боязни ошибки DTM.

Мне кажется, что после завершения теста необходимо опубликовать весь спектр вопросов в личном кабинете абитуриента. Затем абитуриенты проверят у преподавателя, какой вопрос правильный, а какой неправильный, и если увидят, что допустили ошибку, то даже не будут обжаловать. Это предотвратит тысячи необоснованных жалоб, а также сократится работа DTM.

Это облегчит выявление неправильных вопросов. Признание ошибки — признак мужества.

Это был бы еще один большой и смелый шаг к открытости и прозрачности.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Tursunboyev DILSHODBEK Dilmurodjon o‘g‘li

    Nogronligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratiladigan kvota berilmadi

  2. Saidqulov Abbos

    Assalomu alaykum meni ijodiy imtixonga chaqirilamdim xamma bosh tortyabdi

  3. Diyorbek

    Assalomu alaykum singlim òqishga topshirgandi imtiyoz bn lekin imtiyoz inobatga olinmabdi nima uchun

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: