Abituriyentlar to’lov amalga oshirilganini qanday bilish mumkin?

Abituriyentlar to’lov amalga oshirilganini qanday bilish mumkin?

DTM abituriyentlar to’lovni amalgam oshirganini qanday tekshirish mumkinligini izohlab o’tdi.

📋 Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

🔖 Qayd varaqasining quyi qismida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

🔗 Invoysning quyi qismida onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan bo‘lib, ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

💳 Umuman olganda to‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

👨🏻💻 To’lovni amalga oshirgan abituriyentlar to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”laridan “Qabul-2020” bo’limiga kirib bilib olishlari mumkin.

✅ Bunda, ularning qayd varaqasining quyi qismidagi invoys o’rnida “To’lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

❕Izoh: To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 4
  1. Nurmetova Bekposhsha

    O’zimga zarur ma’lumotlarni bilib oldim. To’g’ri qilibsizlar. Zarur ma’lumotlarni joylashtirib . Rahmat

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Yordamimiz tekkan bo’lsa xursandmiz

      1. Mohina Qurbonova

        Assalomu alaykum. Men abitur.dtm.uz sayti orqali hujjat topshirdim. Ammo tushunmovchilik (kod kelmadi va account ni o’chirib tashladim) sababli hujjatlarim va ma’lumotlarimni bir nrcha marta kiritdim. Bu holatda xatolik bo’lmaydimi. Hujjatim qabul qilingan bo’ladimi?

        1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

          Kabinetingiz orqali barchasini to’g’ri kiritganingizni yana bir bor tekshirib ko’ring

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: